Mavzu: Jahon tarbiyaviy kontsepsiyalari namunalarining qiyosiy-pedagogik tahlili. O`zbekiston Respublikasida tarbiya jarayonining hozirgi bosqich muammolari
Mavzu: Jahon tarbiyaviy kontsepsiyalari namunalarining qiyosiy-pedagogik tahlili. O`zbekiston Respublikasida tarbiya jarayonining hozirgi bosqich muammolari.
Pedagogika nazariyasida qiyosiy yo‘nalishni kuchaytirishni, turli zamon va makonlarda yaratilgan tarbiya konsepsiyalarini vertikal va gorizontal nuqtai nazaridan tahlil qilishni, xatolarni chetlab o‘tib, tarix sinovidan o‘tgan, insonparvarona mohiyatga ega bo‘lgan tarbiyaviy konsepsiyalar yutuqlaridan, texnologiyasidan samarali foydalanishni taqozo qilmoqda.

Amalga oshirilgan tahlil-sintez oldiga quyidagi vazifalarni belgilanadi:
Pedagogik nazariyalarning g‘oyaviy asoslari va mazmunining mamlakatlar taraqqiyotiga ko‘rsatgan ta’sirini qayd qilish, umumlashtirish;
Yevropaning taraqqiy etgan mamlakatlarida, Osiyo va Afrikaning milliy mustaqillikni qo‘lga kiritgan ayrim mamlakatlarida tarbiyaviy konsepsiyalar rivojining tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, milliy-madaniy shart-sharoitlarini tahlil qilish;
Tarbiya nazariyalari, konsepsiyalarini milliy tarbiya bilan nazariy aloqalarini o‘rganish:
Zamonaviy o‘zbek maktabidagi milliy tarbiya tizimining tub xususiyatlarini qiyosiy asoslash.
Boshqa mamlakatlar tarbiyaviy tizimlarini o‘rganishning xususiyatlari haqidagi ibratli fikrlarni professor P.Kapnistning 1900 yilda aytgan fikri bilan yakunlaymiz: "...tarbiyaviy ishlarda ta`lim muassasasining milliy xususiyatlarini dunyo sivilizatsiyasining tarkibiy qismi sifatida o‘rganish kerak. Bu birinchidan, har bir ilmiy muassasaning(uning qayerda joylashganligidan qat’iy nazar) asosini belgilaydi va ikkinchidan, begona o‘lkalarning ta`limiy ishlarini o‘rganish boshqa mamlakatlarda bir vaqtlar o‘tkazilgan va natijalari aniq ko‘rilgan ko‘plab tajriba va ekperimentlarni takrorlashdan bizni qutqazadi"