Kapitalning xalqaro harakati – bu kapitalning chet elda joylashtirilishi va harakat qilish. U chet elga quyidagi shakllarda chiqariladi:
Xususiy yoki davlat kapitali shaklida;
Pul va tovar shaklida;
Qisqa va uzoq muddatli kreditlar shaklida;
Ssuda va tadbirkorlik kapitali shaklidа.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ancha murakkab jihatlaridan biri ishchi kuchinig xalqaro migratsiyasi bo’lib, u ishchi kuchini ish bilan ta‘minlash maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko’chib o’tishida namoyon bo’ladi.
Xalqaro migratsiya ikkita asosiy tarkibiy qismini o’z ichiga oladi: emigratsiya va immigratsiya. Emigratsiya - mamlakatlardan doimiy yashash oyiga chiqib ketishni, immigratsiya - mamlakatda doimiy yashash uchun kirib kelishini bildiradi.
Xalqaro migratsiya shuningdek repatriatsiya ya‘ni fuqarolarni ilgari chiqib ketgan mamlakatlariga qaytarilishi jarayonini ham o’z ichiga oladi.
Xalqaro migrantlar 5 ta asosiy toifaga ajratiladi:
1) Immigrantlar va noimmigrantlar; 2) Shartnoma bo’yicha ishlashga kelgan mingratlar; 3) Nolegal, yashirin immigrantlar; 4) Boshpana so’rovchi shaxslar; 5) Qochoqlar.
Fan–texnika yutuqlari bilan xalqaro ayirboshlash bir qator shakllarda amalga oshiriladi. U ilmiy-texnikaviy axborotlar, mutaxassislar, fan sohasi xodimlari bilan ayirboshlashni, tadqiqot va yangiliklarni litsenziya asosida berishni, ilmiy-tadqiqot ishlari o’tkazishni, umumiy fan-texnika va texnologiyani ishlab chiqarish bo’yicha qo’shma tadbirkorlik o’z ichiga oladi.
Ilmiy-texnikaviy hamkorlikning muhim shakllaridan biri xalqaro injenering hisoblanadi. Xalqaro injenering bir davlat tomonidan boshqasiga san‘at va boshqa ob‘ektlarni loyihalashtirish va qo’rish jarayoniga kerakli hisob-kitob loyihalarini berish hamda injenerlik-qurilish xizmati kursatishdan iborat bo’lib, loyihaga binoan ob‘ektlar quriladi.