Mavzu: Jahon xo’jaligi va uning evolyutsiyasi


Asosiy tayanch tushunchalar



Yüklə 32,97 Kb.
səhifə12/13
tarix27.04.2023
ölçüsü32,97 Kb.
#103611
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Asosiy tayanch tushunchalar:


Jahon xo’jaligi – xalqaro mehnat taqsimoti, savdo ishlab chiqarish, moliyaviy va ilmiy-texnikaviy aloqalar orqali birlashgan turli mamlakatlar xo’jaliklari tizimi.
Ishlab chiqarish yoki iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi – mamlakatlarning jahon mikyosida iqtisodiy aloqalarining kuchayishi hamda iqtisodiy munosabatlarning tobora kengroq jabholarini qamrab olishi jarayoni.
Xalqaro mehnat taqsimoti – alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarining ayrim turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi.
Globallashuv – jahon xo’jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog’ining tashkil topishi va rivojlanishi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar – jahonning turli mamlakatlari o’rtasidagi xo’jalik aloqalari majmui.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya – jahon mamlakatlari o’zaro iqtisodiy aloqalarining chuqurlashtirish va barqaror rivojlanishi hamda milliy xo’jaliklar o’rtasidagi mehnat taqsimoti asosida ular xo’jalik aloqalarining birlashish jarayoni.
Erkin savdo hududlari – iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shakli bo’lib, uning doirasida savdo cheklamlari beqor qilinadi.
Bojxona ittifoqi – yagona tashki savdo tariflari o’rnatilish va uchinchi mamlakatga nisbatan yagona tashki savdo siyosati yuritishni taqozo qiladi.
To’lov ittifoqi – milliy valyutalarning o’zaro almashishuvi va hisob-kitobda yagona pul birligining amal qilishi.
Umumiy bozor – bunda uning qatnashchilari o’zaro erkin savdoni amalga oshirish va yagona tashki savdo siyosati o’tkazish bilan birga kapital va ishchi kuchining erkin harakati ta‘minlanadi.
Iqtisodiy va valyuta ittifoqi – iqtisodiy integratsiyaning eng oliy shakli bo’lib, bunda iqtisodiy integratsiyaning barcha qarab chiqilgan shakllari iqtisodiy va valyuta moliyaviy siyosat o’tkazish bilan birga uyg’unlashadi.
Eksport – tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish bo’lib, bunda mazkur mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar mamlakatdan tashqariga chiqariladi.

Yüklə 32,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin