JALOLIDDIN MANGUBERDI – MARD VA JASUR AJDODIMIZ
Jaloliddin Manguberdi yoki Jalol id-Diniya va-d-Din Аbu-l-Muzaffar Mankburni ibn Muhammad soʼnggi xorazmshoh, Аla id-Din Muhammad II va turkman xotin Oychechaklarning to‘ng‘ich o‘g‘li. (1199—1231) Uning burnida xoli (mank) bo‘lgani uchun Mankburni deb nom berilgan. Jaloliddin Manguberdi Buyuk sarkarda va davlat arbobi Jaloliddin Manguberdi jasorati, tarixiy siymosi xalqimiz tarixi madaniyatida, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda shu qadar beqiyoski, uni har qanday moddiy boylik bilan oʻlchab boʻlmaydi.Sulton Jaloliddin koʻrsatgan mardlik namunasi, davlat yuritishdagi odilona va oqilona siyosati asrlar davomida dunyo sivilizatsiyasining merosi sifatida oʻrganilib kelinayotgani bilan asoslash mumkin.Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan shu yilning 29-avgust kuni Xorazm viloyatining Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdi yodgorlik majmuasining ochilishi ham bu yoʻlda amalga oshirilgan muhim voqeliklardan biri boʻldi. Majmuaning tantanali ochilish marosimida Sulton Jaloliddining hayoti va faoliyatini chuqur oʻrganish, uni xalq, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida keng targʻib etish zarurligini taʼkidlagan Prezidentimiz uning tarixiy siymosi qarshisida oʻziga xos hurmat koʻrsatdi. Buning natijasida Jaloliddin Manguberdi koʻrsatgan jasorati va mardlik namunalarini ilmiy jihatdan oʻrganish yangi bosqichga chiqdi.
Jaloliddin Manguberdi – mardlik timsoli Оtasi Jaloliddinni G‘azna, Bomiyon, G‘ur, Bust, Takinobod, Zamindovar va Hindiston hududlarigacha bo‘lgan yerlarda hokim va taxt vorisi etib tayinlagan. Biroq Turkon xotun va qipchoq amirliklarining noroziligi sababli Qutbiddin O‘zloqshoh foydasiga vorislikdan mahrum etilgan. Jaloliddin otasining harbiy yurishlarida ishtirok etib, o‘zining jasur jangchi, iqtidorli sarkardalik qobiliyatlarini namoyish etgan.