Mavzu: Jaloliddin Manguberdi –mard va jasur ajdodimiz bxa-4122 guruh talabasi


Jasur jangchi, iqtidorli sarkarda



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə2/3
tarix17.10.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#156468
1   2   3
Jaloliddin Manguberdi - Vatan himoyachisi (1)

Jasur jangchi, iqtidorli sarkarda
Unutilmas jasorat
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdi haykalining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi)
Jaloliddin Manguberdi xotirasiga bag‘ishlab bunyod etilgan muhtasham yodgorlik majmuasini tantanali ravishda ochmoqdamiz.
Hech shubhasiz, bunda chuqur ramziy ma’no bor. Nega deganda, dunyodagi eng ulkan qahramonlik – bu Vatan mustaqilligi va ozodligi yo‘lida ko‘rsatilgan mardlik va jasoratdir. Bunday qahramonlik aslo unutilmaydi, hamisha xalq qalbida yashaydi.
Jaloliddin Manguberdi el-yurt istiqloli uchun kurashgan, bunga o‘z hayotini bag‘ishlagan ajdodlarimizning buyuk namoyandasidir.
Chingizxon katta qo‘shin to‘plab Jaloliddin Manguberdiga qarshi shaxsan o‘zi otlangan. G‘ardiz qal’asi yaqinida Jaloliddin Manguberdi Chingizxon qo‘shinining ilg‘orini tor-mor keltiradi va kuchi ozligi sababli Sind (Hind) daryosi tomon chekinadi. Chingizxon qo‘shini Jaloliddin Manguberdini daryodan o‘tishigsa imkon bermay qurshab oladi. 1221-yil 25-noyabrda bo‘lgan tengsiz jangda (Sind daryosi bo‘yidagi jang) mag‘lubiyatga uchragan Jaloliddin Manguberdi 4000 jangchisi bilan Sindning o‘ng sohiliga suzib o‘tib, cho‘l ichkarisiga kirib ketdi (bu cho‘l bugungi kunda ham cho‘li Jaloliy deb ataladi).
Chingizxon Jaloliddin Manguberdining bu jasoratidan hayratda qolib, o‘z o‘g‘illariga qarab: “Ota o‘g‘il mana shunday bo‘lishi lozim”, degan.
Sind daryosi bo‘yidagi jang
Chingizxon va moʻgʻul qoʻshinidan qochib, tez Indus daryosidan oʻtayotgan Jaloliddin Xorazmas-Shoh.
Vatanimizning ko‘p ming yillik tarixi el-yurtimizni bosqinchi, yovuz kuchlardan himoya qilish, millatimizning erkinligi va or-nomusini asrash yo‘lidagi buyuk voqealarni, bu kurashlarda jasorat va mardlik ko‘rsatgan buyuk shaxslarning nomlarini asrlar davomida o‘zining yorqin xotirasida saqlab kelmoqda. 
Jaloliddin Manguberdi – ona yurt himoyachisi, jasur sarkarda va davlat arbobi, xalqimizning Spitamen, Muqanna, Najmiddin Kubro singari tarixda o‘chmas iz qoldirgan milliy qahramonidir. Jaloliddin Manguberdi – bor-yo‘g‘i o‘ttiz ikki yillik qisqa hayoti davomida el-yurti, xalq ozodligi uchun so‘nmas xizmat qilishga ulgurgan ulug‘ ajdodimizdir.

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin