G‘arb sotsiologiyasida ijtimoiylik atamasi va maks veber konsepsiyasida ijtimoiy tiplar nazariyasi Sotsiallik (ijtimoiylik) deganda insonlarning birgalikda mavjud bo‘lishini harakterlaydigan hamma hodisalar tushuniladi. Bunda tabiiy-fiziologik-biologik jihatdan farq qiladigan tomon ham hisobga olinadi. Sotsial yoki ijtimoiylik odamlar o‘rtasidagi bevosita yoki bilvosita munosabatlarning o‘zaro ta’siri natijasida jamiyatning turli qatlamlarga bo‘linishidir.M.Veberning “Tushunish” nazariyasiga ko‘ra, sotsiologiyaning vazifasi – individual harakatning sub’ektiv sabablarini “tushunish”, ularni izohlab berishdan iborat. Bunday izohlash empirik jihatdan tekshirilgan bo‘limi va uning o‘zi individual hodisani sababiy tushuntirishning qismi hisoblanishi zarur. Veber individual ijtimoiy harakatlarni ularni anglash darajasiga qarab turlarga bo‘lgan. Ijtimoiy fanlar metodologiyasida M.Veber “ijtimoiy tiplar nazariyasini ilgari surdi. Movaraunnahr hududida yashagan mutafakkirlarning ijtimoiy qarashlari ham e'tiborga molikdir. Ayniqsa, Abu Mansur al-Moturidiyning xizmatlari beqiyos. Keyinchalik Moturidiya maktabi asoschisi Abu Mansur al-Moturudiy o’z asarlarida din, jamiyat, jamoa, ijtimoiy munosabatlar va shaxs haqida ta'limotlar yaratgan. Inson shaxsi va mavqei masalasi, uni turli ijtimoiy-siyosiy, diniy tazyiqlardan himoya qiluvchi konsepsiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu konsepsiya murosaviy muvozanat konsepsiyasi deb atalib, unda islomni anglash, ijtimoiy-siyosiy muxit, xalq turmushi, mintalitet va insoniy yondashuvlar sintezi deb baxolashimiz mumkin. U jamoa va jamiyatni moxiyatan asoslab berishga xarakat qiladi. Al Moturidiy axloqiy tanlov, ixtiyor erkinligi xaqida fikr yuritib, ularni jamoaga, guruxga qarshi bo’lmasligi va shaxs davlatning va aksincha shaxs oldidagi mas'uliyatni alohida e'tirof etadi. U jamoatchilik fikri bilan jiddiy shug’ullangan. Umumiy fikrga kishilarni ongli ravishda yondashishlarini da'vat etadi. Jamoatchilik fikr yuzasidan fikr bildirib, islomiy e'tiqodi ham, hayotiy – axloqiy soxalarida hyam, mafkuraviy siyosatda xam insonlarning yakdillikka erishishlarida nomoyon bo’lishini ta'kidlaydi. U murosaviy muvozanat konsepsiyasini ishlab chiqqan. Bu konsepsiyada asosan jamiyatdagi ijtimoiy fikr barqarorligi ham tazyiq va kuch vositasida emas, balki o’zaro hamjixatlik, hamkorlik negizida amal qilish g’oyasi ilgari surilgan. Ana shu konsepsiya Al Moturidiyning sunniylik mazhabining Movoraunnahrda keng yoyilishiga hissa qo’shdi. Islom dini, sunniylik, so’fiylik, shia mazxablariga biz keyingi ma'ruzalarimizda batafsil to’xtalib o’tamiz. Markaziy Osiyoning buyuk mutafakkiri Abu Nasr Forobiy o’zining «Fozil shahar ahli qarashlari haqida kitob», «Siyosat al-Madaniya» kabi asarlarida olijanob jamiyat, adolatli tuzum, odil hukmdorlar haqida o’z fikr mulohazalarini bayon qilgan. U o’zi yashagan davrning ijtimoiy4 tizimini, uning ziddiyatlari va bu ziddiyatlarning kelib chiqishidagi muammolarni nazariy jihatdan tahlil qilishga o’ringan. Davlat va jamiyat masalasida davlatni ijtimoiy tuzumini boshqaruvchi tashkilot deb, uni muvaffaqiyatli boshqaruv esa ko’p jihatdan davlat boshlig’i, hokimning xarakteriga, fazilatlariga bog’liq deb bilgan. «Fozillar shahrining birinchi boshlig’i, - deb ta'kidlagan Forobiy, shu shahar aholisiga imomlik qiluvchi oqil kishi bo’lib, u tabiatan un ikkita xislat – fazilatni o’zida birlashtirgan bo’lishi zarur». U madaniy jamiyat va madaniy shahar shunday bo’ladiki, shu mamlakatning aholisi ijtimoiy jixatlarini shaxsiy kuzatishlari, ilmiy jixatdan namunali, har bir odam kasb hunarda ozod, hamma barobar bo’ladi, kishilar o’rtasida farq bo’lmaydi, har kim o’zi istagan yoki tanlagan kasb-hunar bilan shug’ullanadi. Odamlar chin ma'nosida ozod bo’ladilar – degan fikrlari Forobiyning jamiyat hayotini chuqur tahlil qilganligidan dalolat beradi. Forobiy olamni anglashda vorisiylik omilini ham aloxida ta'kidlab o’tadi. Uning fikricha, inson barcha haqiqatlarni o’zini qisqa umri davomida anglashga, tabiat va jamiyatning barcha sir-asrorlarini tushunib, idrok eta olishga qodir emas. Shuning uchun u uzidan oldingi allomalarning fikr-xulosalarini hech ikkilanmay o’zlashtirish lozim deb ta'kidlaydi. Forobiy bo’lardan tashqari ijtimoiy fikr masalalariga ham katta axamiyat beradi. Abu Rayxon Beruniy o’zining «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Mineralogiya», «Hindiston» kabi asarlarida ijtimoiy xayot masalalari yoritilgan. «Mineralogiya» asarining muqaddimasida inson va uning ijtimoiy ahvoli, erdagi burchi, oliyjanobligi, shuningdek jamiyat xayoti, ijtimoiy adolat tugrisidagi qimmatli fikrlarni bayon etgan. Beruniy tom ma'noda o’z davri etnosotsiologi ham edi. «Etnosotsiologiya – etnos – millat, logos - ta'limot». 5«Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida turli xalqlar: forslar, yunonlar, yaxudiylar, arablar, turklar tug’risida, «Hindiston» kitobida esa hind jamiyatining ichki tuzilishi haqida ma'lumotlar yozib qoldirgan. Beruniy xindlarning bayramlari, nikoh masalasini o’rgangan. Beruniy sotsilogiyasidagi muhim soha ijtimoiy tabaqalashuv haqida ham fikr yuritib, «Tillarning turlicha bulishiga sabab bo’lgan odamlarning guruhlarga ajralib ketishi, bir-biridan uzoq turishi, ularning har birida turli hohishlarni ifodalash uchun zarur bo’lgan so’zlarga ehtiyoj tug’ilishidir. Uzoq zamonlar utishi bilan haligi iboralar ko’payib, yodda saqlanishi va takrorlanishi natijasida tarkib topib, tartibga tushgan»2. Beruniy ilmiy ijodida, jamiyat hayotini o’rganishda ilmiy kuzatish, taqqoslash, tavsiflash kabi Sotsiologiyaning emperik usullaridan keng va oqilona foydalangan. Zahiriddin Muhammad Bobur xam «Boburnoma» asarida o’z davri ijtimoiy hayoti voqeligini, inson shaxsi xususiyatlarini, yaxshi va yomon tomonlarini, Andijon-Hindistonga qadar bo’lgan ulkan hududda yashagan xalqlarning ijtimoiy jixatlarini shaxsiy kuzatishlari, ilmiy tadqiqotlari asosida o’rgangan va yozib qoldirgan. Forobiyning shogirdi Ibn Sino (980-1037) ham ijtimoiy hayotni o’rganish va tadqiq qilishga harakat qilgan. Uning aksariyat asarlari ahloqiy qarashlardan iborat bo’lgan. U o’z asarlarida bir qancha ahloqiy fazilatlarga ta'rif beradi. chunonchi, iffat, himmat, adolat, saxiylik, qanoat, sadoqat va boshqalar shular jumlasidandir. Alloma tasavvuf falsafasi va tasavvufiy axloqshunoslikka doir asarlar ham yozgan. U shuning uchun ham «Shayx-ur-Rais» ya'ni shayxlarning raisi degan nom olgani bejiz emas. Ibn Sino tabiat va jamiyat haqida fikr yurita turib, o’z-o’zini idora qilish, mustaqil boshqarish xususiyatining ishga tushishi va harakatlanishi deb ta'kidlaydi. Jamiyat a'zolarining erkin yashashlari uchun o’sha jamiyat, davlat va odamlar birgalikda faoliyat ko’rsatishi shartligini asoslaydi. Yanada oddiyroq qilib aytganda, dunyo kamoloti uchun jamiyatdagi yashaydigan odamlar erkin faoliyat qilishlari lozim. Ana shundagina ijtimoiy xayot o’z o’rniga tushishi mumkin. Jamiyat hodisalarini o’rganish, ijtimoiy jarayonlar, ijtimoiy guruhlar muammolari ham Ibn Sinoning diqqat markazida turgan. «Ibn Sino dunyoning abadiyligi har bir yuz beruvchi narsaning albatta bir kun kelib yaratilishi mumkinligi bilan izohlanishini, dunyoda gayritabiiy narsalarning yo’qligini ham ta'kidlaydi». xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Ibn Sino sotsiologiya tegrasida ancha samarali ishlar olib borgan. Buyuk vatandoshimiz savob va jazo masalasida ham mohiyatan tasavvufiy yo’nalishda fikr yuritadi. U yana inson taqdiri masalasi bilan ham qiziqqan. Temuriylar davri ilm – fan va madaniyat taraqqiyotining oltin davri sifatida hanuzgacha jahonni hayratga solib kelmoqda. Bu davrda ko’plab qomusiy olimlar, shoirlar va san'atkorlar etishib chiqdi. Ular orasida ulug’ o’zbek shoiri Alisher Navoiy (1441-1501) alohida ajralib turadi. Uning asarlaridagi badiat bilan birgalikda falsafiy-ijtimoiy qarashlar xanuzgacha o’z ahamiyatini yuqotgan emas. Navoiy o’z asarlarida inson qadr-qimmati, nomus oriyat va insoniy g’urur tushunchalari, inson erki, tafakkur tarzi kabilarga ahamiyat berib o’tadi. Shuningdek, jamiyatdagi ziyolilarga juda kup narsalar bog’liq ekanligi, uning «Agar mamlakat harob bo’lsa, shohdan xafa bo’lma, bu ziyolilarning, ilm-ahlining gunohidir».6 degan fikri ahamiyatlidir. U asarlarida adolat, ijtimoiy adolat prinsiplari haqida to’xtalib adolat mezonlarini buzilishi, jamiyat ijtimoiy hayotiga katta salbiy ta'sir ko’rsatishini o’qtirib o’tadi. Alisher Navoiy ijtimoiy guruh va tabaqalarga tavsif beradi va ularning qaysi biri yaxshi yoki yomon, qaysi biri insoniylikka, xalqqa, mamlakatga foydali yoki zararli ekanligini bayon etadi. Ulug’ mutafakkir jamiyatdagi yuzdan ortiq ijtimoiy tabaqa xususiyatlarini aniqlab, ularning mamlakat ijtimoiy tizimdagi o’rni va faoliyat imkoniyatlarini ravshan ifodalab beradi. Bu sotsiologik tavsiflashdan maqsad, ularning ijtimoiy foydalilik darajalarini oshirish ekanligini sezib olish qiyin emas. Navoiy jamiyatning miqdor va sifat jixatidan bo’linganligini ijobiy hodisa ekanligini asoslab beradi.Musulmon sharqi mintaqasida turkiy tilda ijod qilgan Yusuf Xos Hojib ham inson, inson erki, tafakkuri, yashash tarzi, siyosatga oid ko’plab qimmatli fikrlar bildirgan. «Qo’tadgu bilig» asarida axloq, siyosatshunoslikka doir ma'lumotlar bor. Bu asarni turkiy xalqlarning axloqiy, ijtimoiy qomusi deb atashimiz mumkin. Kitobda ezgulik va yovuzlik, halollik va haromlik singari tushunchalar obrazli qilib, misralarda, maqollarda ochib berilgan. U jamiyatning ezgu odami haqida fikr bildirdi. «Uning barcha qilmish va yo’riqlari xalqqa foyda va manfaat beradi. Ezgu odam o’z manfaatini ko’zlamaydi, boshqalar manfaatini o’ylaydi».7 Haqiqatdan ham ezgu maqsadlarni ko’zlagan insonlar jamiyat, davlat rivojlanishiga ijobiy turtki beradi. Yusuf Xos Hojib til va dil birligini xam talqin etadi. Jamiyat – aql – zakovot orqali rivojlanadi deb ta'kidlaydi. U ham jamiyat va tabiat to’g’risidagi bahslarni kuzatib boradi. U ko’proq jamiyatning rivojlanishi fan, ta'lim sohalariga bog’liq ekanligini bildirib, fan va ta'lim sotsiologiyasini asoslab yaratib beradi. UsSotsiologiyani falsafa fani kabi donishmandlik fani deb e'tirof etadi. U ijtimoiy tabaqalarni xususiyatlarini, mavjud ijtimoiy tuzum, ma'naviy-moddiy hayot jarayonlarini keng tadqiq qiladi. Davlat tuzumi qurilishi haqida ham batafsil ma'lumotlar beradi.
Xulosa qilib aytganimizda «Sharq sotsiologiya maktabi rang-barang ta'limotlar guldastasidan iborat bo’lib, bugungi kunda hayotimizga tobora mustahkam o’rin olayotgan milliy istiqlol g’oyasi uchun falsafiy, diniy va dunyoviy poydevorlar vazifasini o’taydi. Milliy istiqlol g’oyasi uchun xam mazkur ta'limotlar nazariy asos sifatida xizmat qiladi».