Mavzu: Jamiyatning ijtimoiy,siyosiy va ma’naviy tizimi


Jamiyat va davlat, jamiyatning mexanistik, organik va boshqa tarzlarda ta’riflanishi



Yüklə 35,11 Kb.
səhifə3/3
tarix21.10.2023
ölçüsü35,11 Kb.
#158755
1   2   3
Falsafa fanidan mustaqil ish

Jamiyat va davlat, jamiyatning mexanistik, organik va boshqa tarzlarda ta’riflanishi.


Jamiyat – kishilar hayotiy faoliyatining tarixiy rivojlanish shakli bo‘lib, o‘z tuzilishi jihatidan murakkab tizimni tashkil qiladi. Bizning hozirda yashab turgan jamiyatimiz sotsial tizimining muayyan konkret shakli sifatida, uning funksional va rivojlanish qonuniyatini, har bir bo‘lakchalarining o‘ziga xos tomonlarini, o‘zaro munosabatlarini ilmiy jihatdan o‘rganib, to‘g‘ri boshqarish muhim ahamiyatga egadir.Chunki, o‘z vaqtida keyingi oqibati o‘ylanmagan, oldindan sotsiologik asosda tahlil qilinmagan va oldi olinmagan nuqsonlar jamiyat taraqqiyotida salbiy asoratlar qoldiradi.Dunyoda 3 ta sektor mavjud
1. Davlat sektori
2. Xususiy sektor
3. Nodavlat sektori
Shundan “davlat” tushunchasi odatda ma’lum bir hududda oliy hokimiyatga ega tashkilotni anglatadi. Davlatning mohiyatini yanada chuqurroq va har tomonlama anglash uchun uning muhim belgilarini bilish lozim. Davlatning belgilari: Boshqaruv apparatining borligi. Chegaralar (suverenitet). Huquq tizimi. Davlat – butun mamlakat miqyosidagi hokimiyatning maxsus boshqaruv va majburlov apparatiga, barcha uchun majburiy qonunlar chiqaradigan va suverenitetga ega bo‘lgan yagona siyosiy tashkilotdir. Davlat – hokimiyatning bosh instituti. Hokimiyat davlat orqali o‘z siyosatini amalga oshiradi. “Hokimiyat”, “davlat” va “siyosat” tushunchalari o‘zaro juda yaqin bo‘lib, bir-birlarini belgilab beradi.Sotsiologiya tarixda jamiyat – o‘z ijtimoiy ehtiyojlariniqondiruvchi kishilar birligi sifatida tushunilgan. Shu bilan birga, jamiyat ayrim ijtimoiy birligini emas, balki ijtimoiy munosabatlar majmuasi hamdir. Jamiyat hayotini tadqiq qilishdagi 2 asosiy yo‘nalish T.Parsons (1902-1979) amerikaning “faol harakat qiluvchi”va tizimli funksional g‘oyaga ko‘ra, faolning akter vaziyatini baholash faqatgina uning individual ehtiyojlarga aylanmasdan, mavjud madaniyat umumiy namunalariga mos keladi. Parsons sotsiologiyada tafakkurni tikladi. Bu yo‘nalishdaijtimoiy tizim o‘zgarishi tashqi kuchli ta’siri orqali tushuntirilib, ko‘proq psixologik omillarga e’tibor qaratilgan. Marksistik ta’limotga ko‘ra, ijtimoiy tizim ziddiyatlar asosida ichki ta’siri orqali tushuntirish materialistik mohiyatga bo‘lgan moddiy munosabatlarning belgilovchi roliga asosiy e’tibor qaratilgan. Hozircha jamiyat hayotini sotsiologik jihatdan tadqiq qilishasosan, ikki yo‘nalishda rivojlanib keldi. Birinchi yo‘nalish O.Kontdan fransuz sotsiologi E.Dyurkgeym orqali rivojlantirilgan amerikalik sotsiolog T.Parsonslarning sotsiologik ta’limotlarini o‘z ichiga oladi. Har ikki ta’limot ham jamiyat hayotida muhim belgilarni o‘zida mujassamlashtirib keldi. Jamiyat hayotini tadqiq qilishda 2 asosiy yo‘nalish mavjud: Marksistik nazariya.T.Parsonsning “faol harakat va tizimli funksional nazariyasi”. Marksistik ta’limotga ko‘ra, ijtimoiy tizim ichki ziddiyatlar asosida ichki kuch ta’siri orqali tushuntirilib, materialistik mohiyatga ega bo‘lgan moddiy munosabatlarning belgilovchi roliga asosiy e’tibor qaratilgan.Marksistik ta’limotning asosi 2 ta:Tarixni materialistik asosda tushunish.Qo‘shimcha qiymat nazariyasi deb talqin qilinadi.Yangi sotsialistik (kommunistik) jamiyatga borish uchun Marksizm ta’limoti (lekin g‘oyasi ham)ga ko‘ra:Revolyusion (inqilobiy, qon to‘kish, majaqlab tashlash) yo‘l bilan qurishdir.Sinfiylik: faqat ishchilar sinfi gigemon bo‘lishi kerak.Partiyaviylik (faqat kommunistik partiya bo‘lishi).Ijtimoiy mulk hukmronlik (xususiy emaC).Farovon jamiyat ma’naviy hayot uyg‘unligida emas, balki iqtisodiy farovonlikni apparat yo‘li bilan quriladi bu o‘zini oqlamadi. Prezident I.A.Karimov Farovon jamiyat asosi ma’naviy va moddiy hayot uyg‘unligida deb ma’naviyatni oldinga qo‘ydi.T.Parsons nazariyasi.T.Parsons (amerikalik: 1902-1979) sotsiologiyasida “Harakat nazariyasi” va “Tizimli – funksional nazariyasi”ni yaratadi hamda shu maktabga asos soldi. Bu g‘oyani Shilz, Olport, Sheldon va boshqalar bilan birga yozgan “Harakatning umumiy nazariyasini yaratishga doir” nomli kitobida bu nazariyani quyidagi o‘ziga xos jihatlar bilan asoslanadi.T.Parsons “Harakat nazariyasining o‘ziga xos jihatlari”. T.Parsons kitobda “faol harakat qiluvchi” (individ yoki jamoa), “Vaziyat” (dan kelib chiqib ijobiy va salbiy ob’ektlarni farqlaydi) va “faolning vaziyat (ob’ekt)ga yo‘nalganligi” (vaqt bilan o‘lchanadi) tushunchalari asosiy hisoblanadi.Shuningdek, T.Parsons “Harakatning umumiy nazariyasini yaratishga doir asarida ta’kidlanganidek, ijtimoiy sub’ektlar bir-biri bilan “o‘zaro kutish tizimi orqali bog‘langan”:Harakatning umumiy nazariyasi:Shaxs to‘laqonli psixologik tuzilma.Ijtimoiy faollikda harakat nazariyasi mavjud.Harakat tizimining formallashtirilgan modeli madaniy, ijtimoiy, shaxsli va organistik tizimchalarni o‘z ichiga oladi.Faollik individualehtiyojlargagina emas, balki madaniyatning umumiy nazariyasi, qonunlariga ham tayanadi.Harakat qadriy konfiguratsiyalar namunalarining o‘zgaruvchanligidir.Parsonsning harakat nazariyasi biologiyadan o‘zlashtirilgan tizimli tasavvurlar bilan boyitilgan bo‘lib, ijtimoiy harakatchanlik quyidagi funksional muammolar to‘plami bilan shakllantirilgan:Tizimning tashqi ob’ektlariga moslashish muammosi.Maqsadga erishish muammosi.Integratsiya muammosi.Tuzilmani qaytadan tiklash muammosi.Keskinlikni yumshatish muammosi.Parsons fikricha, organizm moslashuv vazifasini bajaruvchi tizim hisoblanadi. Bu moslashuv tizim muhiti bilan o‘zaro harakat qilishda jismoniy va energetik zaxira (resurC) kuch-quvvat beradi.T.Parsons fikricha, Ijtimoiy tizim darajasiga ko‘ra:
1. Moslashuv funksiyasini – iqtisodiy tizimcha ta’minlaydi.
2. Maqsadga erishish funksiyasini – siyosiy tizimcha ta’minlaydi.
3. Integratsiya funksiyasini – huquqiy institut va urf-odatlar ta’minlaydi.
4. Tuzilmani qayta tiklash funksiyasini – e’tiqodlar tizimi, ahloq va ijtimoiylashuv agentlari (oila, tarbiya, ta’lim institutlari) ta’minlash.
T.Parsons fikricha, murakkab tizimlarda o‘zaro ayirboshlash bevosita emas, balki bilvosita formallashtirilgan ramziy vositalar (til, qoniqish, madaniyat, pul, hokimiyat, ta’sir o‘tkazish, qadriy tarafdorlik (urf-odatlar) yordamida amalga oshiriladi.
T.Parsons XX asr 60-yillarida jamiyat evolyusiyasi muammolarini tahlil etdi va jamiyat evolyusion doktrinasi asosida differensiatsiya g‘oyasini yaratdi.
T.Parsonsning jamiyat evolyusiyasi nazariyasidagi paradigmalar:
1. Jamiyat funksional differensiya va umumlashgan moslashuvchanlik mezonida rivojlanadi.

2. Rivojlanish evolyusion umumlashmalar asosida kengayib boradi.

3. “Oraliq davr”ga o‘tish yozuvning vujudga kelishi bilan belgilanadi.

4. Iqtisodiy va siyosiy tizimlar, “sanoat inqilobi”dan so‘ng, demokratik inqilob keladi.

5. Demokratik inqilob, ijtimoiy jamiyatni siyosiy tizimdan ajratib oladi.

6. “Zamonaviy” tizimga o‘tish ma’muriy byurokratiyadan bozor iqtisodi va demokratik saylov tizimining shakllanishi bilan yuz beradi.

7. Ma’rifiy inqilob, ijtimoiy tizimni qo‘llab-quvvatlaydi.

Sotsiologiyada jamiyatning quyidagi yo‘nalishlari mavjud.





Yüklə 35,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin