Мавзу: Жисмоний шахсларга бериладиган солиқ имтиёзларини такомиллаштириш йўллари


Jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olgan daromadlariga belgilangan ijara to’lovi



Yüklə 337,98 Kb.
səhifə10/21
tarix21.12.2023
ölçüsü337,98 Kb.
#188574
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Jismoniy shaxslar

Jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olgan daromadlariga belgilangan ijara to’lovi12



To’lovchilar

Bir oylik ijara to’lovining eng kam miqdori, jami maydonning 1 kv.m uchun, so’mda



Toshkent shahri



Nukus shahri va viloyatga bo’ysunuvchi shaharlar



Boshqa aholi punktlarida



Mol-mulkni ijaraga bergan jismoniy shaxslar

3000

2000




1000




Mol-mulkini ijaraga berishdan daromad olayotgan jismoniy shaxs uchun agar ushbu daromadlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining to’lov manbaida soliq solinmasa, belgilangan muddatlarda jami yillik daromad to’g’risida deklaratsiya taqdim etish bilan bir qatorda ijaradan daromadlar paydo bo’lgan kundan e’tiboran birinchi oy tugaganidan keyin besh kunlik muddatda dastlabki tarzdagi deklaratsiya ham taqdim etishadi.


Bugungi kunda jismoniy shaxslar asosiy ish joyidan tashqarida o’rindoshlik asosida qo’shimcha korxona yoki tashkilotga ishga qabul qilinadigan vaqtda o’sha korxonaga ushbu jismoniy shaxsning yashash joyidagi soliq inspektsiyasidan ruyxatdan o’tganligi to’g’risidagi identifikatsion raqamini talab qilish majburiyati yuklatilgan. Chunki jismoniy shaxsning asosiy ish joyidan tashqari qo’shimcha daromadini ya’ni o’rindoshlik asosida ishga qabul qilingan korxonasidan olgan daromadini ana shu korxona ushbu jismoniy shaxsning yashash joyidagi soliq inspektsiyasiga yuboradi. Bu esa asosiy ish joyidan tashqari qo’shimcha daromad olayotgan jismoniy shaxslarni soliqqa tortish imkoniyatini oshirmoqda.
Demak yuqoridagi tartiblarda tegishli soliq inspektsiyalarida jismoniy shaxslarning qo’shimcha daromadlari aniqlanadi.
Acociy ish joyidan boshqa joyda daromad olgan jicmoniy shaxclarning daromadlaridan daromad colig’ining uzil-kecil miqdori olingan daromadlar, qilingan xarajatlar va ushlab qolingan coliq miqdorlari to’g’ricida taqdim etilgan deklaratsiya ma’lumotlari bo’yicha coliq xizmati organi tomonidan hicoblab chiqariladi.
Shu bilan birga acociy bo’lmagan ish joyidan olinadigan (qo’shimcha) daromadlar ham acociy ish joyidan olingan daromadlarni soliqqa tortish tartibida coliqqa tortishi belgilab qo’yilgan. Biroq qo’shimcha ish joyidan olingan (qo’shimcha) daromadlarni soliqqa tortishning quyidagi xususiyatlarini e’tiborga olish lozim:
a) qo’shimcha ish joyida jismoniy shaxslarga to’lanadigan daromadlarga hech qanday imtiyoz qo’llanilmaydi;
b) qo’shimcha ish joyidan daromad oluvchi jismoniy shaxs yakuniy coliqni deklaratsiya topshirish orqali to’laydi;
v) qo’shimcha ish joyidan daromad oluvchi jismoniy shaxsning imtiyozga bo’lgan huquqi deklaratsiya topshirish paytida qo’llaniladi.
Jami yillik umumiy daromad deklaratsiyasi quyidagi bo’limlardan iborat:
-deklaratsiyaning I bo’limida fuqarolarning yil davomida olgan barcha daromadlari, bu daromadlarini olish bilan bog’liq xolda sarflangan xarajatlari shuningdek, daromadning yoki avanslarni to’lagan manbalarda bu daromadlardan ushlangan soliqlar xaqidagi ma’lumotlar ko’rsatiladi. Daromadlar olinganligi xaqidagi ma’lumotlar daromadlar olingan joyga, shuningdek, olingan daromadlar turiga qarab bo’limning tegishli jadvaliga kiritiladi;
-deklaratsiyaning II bo’limida daromadlar xaqida deklaratsiya beruvchi fuqaro chegirmalarga ega bo’lgan huquqi xaqidagi ma’lumotlar ko’rsatiladi;
-deklaratsiyaning III bo’limida hisobot yili uchun amalda soliqqa jalb etuvchi daromadlar yig’indisi ko’rsatiladi va soliq to’lovchining kelgusi yilda olish mo’jjallangan soliq to’lanuvchi daromadi ko’rsatiladi;
-deklaratsiyaning IV bo’limida jami yillik umumiy daromaddan olinadigan daromad solig’ining xisob–kitobi olib boriladi. Bu hisob-kitob o’zining yillik daromadi xaqidagi daromadni beruvchi fuqaroning o’zi va soliq organi tomonidan mustaqil amalga oshirilishi kerak.
Agar soliq to’lovchi tomonidan ko’rsatilgan deklaratsiyaning IV bo’limini to’ldirayotganda soliq hisob–kitobida xatoga yo’l qo’ygan bo’lsa, soliq organi bu bo’limdagi soliq to’lovchi tomonidan ko’rsatilgan ma’lumotlarni e’tiborga olmaydi.
Agar oshirilgan xisob–kitob soliq to’lovchining shaxsiy xisobi ochilishi va to’lov xabarnomasi ko’chirmasi uchun asos bo’lib hisoblanadi.
Soliq to’lovchi deklaratsiya blankasini olish haqida o’zi jon kuydirishi kerak. Buning uchun u deklaratsiya blankalari bepul berilishi kerak bo’lgan soliq organiga murojaat qilishi mumkun.
Soliq organlarida soliq to’lovchining hisobot yilida olingan eng kam ish xaqining 3 barobaridan ortiq miqdordagi daromadi xaqida ma’lumotlar mavjud bo’lsa, soliq organlari bu soliq to’lovchiga deklaratsiya taqdim etilishi zarurligi haqida eslatma yuborishlari shart.
Bugungi kunda asosiy ish joyidan tashqari qo’shimcha daromad topuvchi jismoniy shaxslarning qo’shimcha daromadlarining faqatgina birgina ko’rinishi, ya’ni asosiy ish joyidan tashqari boshqa tashkilotda o’rindoshlik asosida ishlash orqali topgan daromadlarinigina aniqlash imkoniyati bo’lmoqda. Shuning uchun 2005 yil boshidan jismoniy shaxslarning qo’shimcha daromadlarini tashkil qiluvchi mulkiy daromadlarining bir ko’rinishi bo’lgan o’z egaligi va tasarrufida bo’lgan transport vositalarini ijraga berish orqali daromad qiluvchi jismoniy shaxslarga ham ijaradan olgan daromadlariga qat’iy stavkada soliq to’lashlari belgilab qo’yildi.
Jami daromadlarni soliqqa tortishda jismoniy shaxslar tomonidan kalendar yili davomida olgan daromadlari to’g’risida to’ldirilgan deklaratsiyadan foydalaniladi. Biz jismoniy shaxslarning jami daromadlarini to’g’rirog’i asosiy ish joyidan tashqari manbalardan olingan daromadlari mavjud bo’lgan jismoniy shaxslarni hisobga olish va ularning daromadlariga soliq hisoblash hamda daromadlarini soliq to’lashdan yashirishga harakat qilgan va o’z vaqtida soliqlarni to’lamagan jismoniy shaxslarga nisbatan qo’llaniladigan moliyaviy hamda ma’muriy jarima choralarini qo’llashning amaldagi holatini Urgut tumani Davlat soliq inspektsiyasi misolida yoritib berishga va mavjud ma’lumotlarni tahlil qilishga harakat qilamiz.
4-jadval

Yüklə 337,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin