Mavzu: “Jismoniy madaniyat ta`lim tarbiya tizimida harakatli o`yinlarning tizimi”


Maktab to’garaklarida sport turlari bo’yicha o’tkaziladigan o’yinlar



Yüklə 1,15 Mb.
səhifə11/14
tarix16.05.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#114319
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Dars jaroyonida sport va harakatli oyinlarni tashkil etish

Maktab to’garaklarida sport turlari bo’yicha o’tkaziladigan o’yinlar.


Harakatli o’yinlar, estafeta o’yinlari va maktab sport sekstiyasida etakchi o’rinlardan birini egallaydi. Harakatli o’yinlar basketbol, futbol, voleybol, qo’l to’pi, engil atletiqa va boshqa seksiyalarda ko’proq qo’llaniladi. shuningdek, gimnastika, engil atletika va suzish sekstiyalarida ham harakatli o’yinlardan foydalaniladi.Sekstiyalarda har xil o’yinlardan muntazam ravishda o’rinli foydalanish o’quvchilarning jismoniy jihatdan o’smirlarga orttirgan malakalarning takomillashuviga anchagina yordam beradi.O’quvchilarda zaruriy xislatlarni taraqqiy ettirish uchun jismoniy tarbiya darslarida ilgari o’tilgan o’yinlarni qaytarib turish mumkin. Bunda ilgari o’tkazilgan o’yinni yangi qoidalar asosida yangi variantlarda o’tkazish lozim. Qo’proq tayyorgarliq qo’rgan guruhlarda o’yinlar qamroq o’tkaziladi. Bizning respublikamizda bahor, yoz, kuz fasllarida ayniqsa voleybol, basketbol, futbol, qo’l to’pi, tennis va engil atletika sekstiyalari ishlab turishi lozim. Bunday vaqtlarda “Chillak” o’yini, “Qoziq” o’yini, “Oqtosh” o’yini singari milliy xalq o’yinlaridan foydalanish mumkin. Turli harakatli o’yinlar va sport harakatlaridagi o’yinlardan, shuningdek, har xil engil atletika mashqlaridan foydalanish paytida o’quvchilarda musobaqalarga qiziqish uyg’otish lozim. Bunda eng muhimi, yaxshi yutuqlarga erishishga yordam beradi. O’quvchilar ko’pincha o’yinga berilib ketib, uni o’zgartiradilar, eski qoidalarni yig’ishtirib qo’yib, yangilarini o’ylab chiqaradilar, maqsadga erishishni qiyinlashtiradilar va shu tariqa
yangi o’yinni vujudga keltiradilar. Ana shuning uchun ham o’yinni qaytarish (ayniqsa bu qaytarish bolalarning istagi bilan bogliq bo’lgan hollarda) sira ham qo’rqmaslikkerak.
FUTBOLCHILAR ESTAFETASI” O’YINI

O’yin tavsifi. o’ynovchilar bab-baravar ikki -uch jamoaga bo’linadilar. Jamoalar 1-2 m oralikda bittadan bo’lib qatorda saflanadilar. Qator bir-biriga parallel holda turadi. Qatorlar oldidan bitta uzun chiziq o’tkaziladi. O’ynovchilar yugurishni shu chiziqdan boshlaydilar. Har bir jamoa ro’parasiga bir metr uzoqliqda beshtadan g’o’lacha terib qo’yiladi. Oldinda birinchi bo’lib turgan o’yinchilarga bittadan futbol to’pi beriladi. Ular to’pni tepib-tepib g’o’lachalar orasidan olib o’tadilar va yana tepib-tepib gulachalar yonidan o’z jamoalariga qaytib qeladilar. O’yinchilarning hammasi ana shu ishni bajaradilar. To’pni tepib g’o’lchalar atrofidan aylantirib olib, yurishning sifatinigina emas, balki yugurish tezligi ham hisobga olinadi. bunda o’yinchilarning hammasi to’pni g’o’lachalar orasidan olib yurishni oldin tugatgan va shu bilan birga kamroq xatoga yo’l qo’ygan jamoa g’alaba qozonadi.



Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin