Mavzu:Dars jarayonida sport va harakatli o’yinlarini tashkil etishda jismoniy madaniyat vositalarining o’rni. Reja:
Kirish: 1.Xarakatli o’yinlarni qisqacha tarixi, tushunchasi, davrlari va pedagogikahamiyati. 2. Xarakatli o’yinlarni qisqacha tarixi va tushunchasi. 3.Xarakatli o’yinlarning bolani har tomonlama tarbiyalashvositasi sifatidagi ahamiyati.
4.Harakatli o’yinlarni tashkil qilish shakllari, darsdan tashqari vaqtda harakatli o’yinlarni o’tkazish metodikasi.
Xulosa:
Foydalangan adabiyotlar Kirish. Bolalarni, mehnatsevarlik va jamoat oldida o’z burchini his qilish ruhida tarbiyalash hozirgi kunning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Bolalar maktabga qadam qo’ygan birinchi kunidan boshlaboq, unda mehnatga nisbatan muhabbat uyg’otish, uyushqoqlik, ishchanlik va boshlagan ishini oxiriga etkaza bilish xususiyatini tarbiyalash kerak. Buning uchun tarbiyaning barcha vositalaridan, jumladan, bolalarning sevimli o’yinlaridan foydalanish ayni muddaodir.O’yinlar hayotdagi to’siqlarni engish hamda har xil xislat va qobiliyatlarni ro’yobga chiqarish bilan bog’liq bo’lgan jismoniy mashqlarning turli majmuasini o’z ichiga oladi. Bundan tashqari, odatda, bolalar sevib o’ynaydigan, ularga baxt va quvonch baxsh canaladigan musobaqa elementlari ham harakatli o’yinlarga kiradi.
Ma’lumki, kichik maktab yoshidagi bolalarning o’yinlarga taqlid qilish tabiati bo’ladi. Bola tevarak-atrofidagi borliqni kuzatadi, undagi ba’zi buyum narsalarni o’yinga kiritadi va shu o’yin vositasida o’zini qurshab turgan olamni bilib oladi, shunday ekan, unda turmush hodisalariga nisbatan muayyan munosabat paydo bo’ladi. Harakatli o’yinlarni tashkil qilish shakllari jismoniy tarbiya darslarida harakatli o’yinlarni o’tkazish metodikasi, sinfdan va maktabdan tashqari vaqtda harakatli o’yinlarni o’tkazish metodikasiga qiritilgan bo’lib o’yinlar har tomonlama yoritilgan. Shu maqsadlarni ko’zlab,bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi homiylik kengashining navbatdagi yig’ilishida O’zbekiston respublikasi prezidenti, bolalar sportini jamg’armasi homiylik kengashi raisi I.A Karimov ushbu tuzilmani tashkil etganidan buyon o’tgan davrda amalga oshirilgan keng ko’lamli ishlar ularning ahamiyati, mohiyati va amaliy natijalari haqida so’z yuritib, jamg’arma faoliyati rivojiga davlat va hukumat idoralari, ishlab chiqarish korxonalari, tadbirkorlik va fermerlik sub’ektlari, nodavlat tashkilotlar, keng jamoatchilik o’z hissasini qo’shayotgani, ularning bu boradagi ishlarni qo’llab- quvvatlashi tufayli bu tashkilot qisqa muddatda umummilliy harakatga aylangani qayd etildi. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ulkan ishlarni izchil davom
ettirish, jumladan, bolalar sportini yanada rivojlantirish, shahar va qishloqlarimizda
zamonaviy sport majmualari va stadionlar bunyod etish, ularni sport anjomlari, yuqori malakali sportchilar va murabbiylar bilan ta’minlash masalalariga katta e’tibor qaratildi.Bu haqida fikr yuritar ekan, Prezident I.A.Karimov masalaning yana bir o’ta muhim jihatiga e’tibor qaratdi: Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy sohada olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar, jumladan, sog’liqni saqlash, ta’lim-tarbiya, sport, onalik va bolalikni muhofaza qilish, odamlarimizning hayot darajasi va sifatini, madaniyatini oshirish, ijtimoiy muhofazani kuchaytirish masalasiga ustuvor ahamiyat berilib, kompleks yondashuv natijasida aholining, ayniqsa, bolalarning salomatligini mustahkamlash bo’yicha salmoqli natijalarga erishildi.
Yosh avlodni tarbiyalash va o’qitish nazariyasi bilan amaliyotning qanday taraqqiy qilib kelganligini bilmay turib, yoshlarni har tomonlama komil inson etib tarbiyalash masalalarini ilmiy ravishda hal qilib bo’lmaydi. Bu ajdodlarimiz tomonidan isbot qilingan ilmiy-nazariy falsafiy- tarbiyaviy haqiqatdir.O’quvchilarni jismoniy tarbiya darslarida
va darsdan tashqari mashg’ulotlarida jismonan baquvvat, ma’naviy etuk inson qilib tarbiyalash masalalari dolzarb bo’lib turibdi. bu masalarni hal qilishda jismoniy tarbiya o’qituvchilarioldida turgan vazifadir.
Keyingi yillarda jismoniy tarbiya darslarining samaradorligini oshirish o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, o’quvchilarni dars davomida etarli yuklama bilan ta’minlash, dars zichligini oshirish, darsda yangi pedogogik texnologiya uslublarini qo’llash olimlar oldida turgan asosiy vazifalardan biri.Bu sohada T.Usmonxo’jaev, F.Xo’jaev, Mahkamjonovlar kabi olimlar o’z hissalarini qo’shib kelmoqdalar.