Mavzu: “Jismoniy madaniyat ta`lim tarbiya tizimida harakatli o`yinlarning tizimi”


Zamonaviy milliy harakatli o’yinlarning turkumlari



Yüklə 1,15 Mb.
səhifə5/14
tarix16.05.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#114319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Dars jaroyonida sport va harakatli oyinlarni tashkil etish

Zamonaviy milliy harakatli o’yinlarning turkumlari.


Boshda izohlanganidek juda ko’p harakatli o’yinlar chetdan kirib kelib, ular milliylashib ketgan. Chunki, ularning mazmun, maqsad va mohiyatlari yurtimizning iqlim sharoitlari, aholining ijtimoiy mehnat va turmush madaniyatiga mos keladi. Shu sababdan milliy harakatli o’yinlar tarkibida uchraydigan boshqa millatlarning harakatli o’yinlari haqida fikr-mulohazalar yuritilsa ajablanmaslik zarur.
Atoqli olimlar M.Murodov, U.Qoraboev, M.Jabborov, J.Toshpo’latov, A.Atoev, R.Abdumalikov, T.Usmonxo’jaev kabilarning ilmiy-nazariy mulohazalari hamda o’yinlarning mazmunlari asosida milliy harakatli o’yinlarini quyidagi turkumlariga ajratish mumkin:

  1. Tabiat manzaralari, fanlar bilan bog’liq o’yinlar. Bunga “Ko’chat o’rnat”, “Kartoshka ekish”, “Yomg’ir”, “Ayoz bobo” kabilarni namuna qilib ko’rsatish mumkin. Ularning mazmuni va o’yin holatlari (joylar, bajarilish tartiblari, qoidalar). Tabiatning go’zalligi, ob-havoning o’zgarishi, sovuq va yomg’irlardan saqlana bilish kabi harakatlar asosida shug’ullanuvchilarning hushyorlik, epchillik, chidamlilik kabi jismoniy sifatlari va insonning aqliy fazilatlarini tarbiyalashda xizmat qiladi.

  2. Hayvonot olami bilan bog’liq o’yinlar, “Qushlar pr...r etib uchdi”, “Kalhat keldi, qoch bolam”, “Bo’rilar va ovchilar”, “Zovurdagi bo’rilar”, “G’ozlar”, “Tulki bilan xo’roz”, “It va qarg’a” va shu kabi juda ko’p o’yinlarda o’zaro munosabatlar, yaxshilik va yomonlik, o’zini ehtiyot tutish kabi fazilatlar bilan birgalikda barcha jismoniy sifatlarni tarbiyalash amalga oshiriladi. Shu asosda bolalarda hayvonot olamiga bo’lgan qiziqish, parrandalarni asrash kabi his-tuyg’ular uyg’onishi mumkin.

  3. Mehnat bilan bog’liq o’yinlar. Inson faoliyati aqliy va jismoniy mehnat bilan belgilanadi. Ularni harakatli o’yinlar mazmunida ham uchratish mumkin. Aqliy mehnatga doir o’yinlar turkumiga “Sanash o’yinlari”, “Sonlarni yozish va o’ylab top”, “Ism yoki buyumlarni ketma ket va aralash turib aytish”, “Sakrab qo’shiq aytish”, “Rasmlarni tez chizish”, “Shakllarni (kubok) joylashtirib o’z holiga keltirish” (shakl yasash) va shunga o’xshash faoliyatlarni aks ettiruvchi o’yinlar kiradi.Jismoniy mehnatni aks ettiruvchi harakatli o’yinlar ham juda ko’p. Ularga “O’tin yorish”, “Poda to’p” (cho’pon), “Qo’sh haydash” (erni haydash, chopish), “Osilib chiqish”, “Tortilish”, “Yuk ko’tarish”, “Eshak mindi”, “Piyoda poyga”, “Poezd” va b.q. kiradi. Ularning mazmunida mehnat qilish yo’llari, bajarish usullari hamda chidamlilikni ifoda etuvchi hislatlar mujassamlanadi.

Umuman olganda milliy harakatli o’yinlarning barchasida aqliy va jismoniy mehnatlar uyg’unlashib, asosan jismoniy barkamollikni tarbiyalashda xizmat qiladi.

  1. Ommaviy madaniy tadbirlarda (bayramlar, to’ylar, turli xil marosimlar, sport musobaqalari va h.k) qo’llaniladigan, ya’ni namoyish va musobaqalashish maqsadida murakkab va oddiy harakatli o’yinlar qo’llaniladi. Ular tarkibiga kurash qismlari (elementlari, ot o’yinlari, ko’pkari-uloq, poyga), dorboz, tosh ko’tarish, arqon tortishish, elka urishtirish, xo’rozlar jangi va h.k. kiritiladi.

  2. Jismoniy sifatlarni tarbiyalashda xizmat qiluvchi o’yinlar ham harxil turkumlarga bo’linadi. Ularga quyidagilarni namuna qilib ko’rsatsa bo’ladi, ya’ni: Tezlikka doir o’yinlar: “Qopqon”, “Kim oldin”, “Insiz quyon”, “To’rt oyoqlab yugurish” (emaklab yugurish), “Hakkalagan qushchalar”, “Uchinchisi ortiqcha”,

turli estafetalar va boshqalar.
Kuchga doir o’yinlar: “Oq suyak”, “Chillik”, “Elkada ko’pkari”, “Eshak mindi”, “Arqon tortishish”, “Bilak kuchini sinash”, “Qo’llarda tortinish” va boshqalar.
Chidamlilikka doir o’yinlar: “Oq terakmi-ko’k terak”, “Davradan chiqar”, “Olamon poyga”, “Dorboz”, “Oqsoq qarg’a”, “Oshiq” (gardkam), “Qilichbozlar”, “Besh tosh”, “To’qqiz tosh”, “Orqang kuydi”, “Bo’ta soldi”, “Tortishmachoq”, “Ko’z bog’lash”, “Bekinmachoq”, “Kim keldi”, “Dorboz”, “Zuv-zuv” va h.k.
Yuqorida nomlari keltirilgan murakkab va oddiy (sodda) O’zbek xalq milliy o’yinlari barcha yoshdagilarning jismoniy sifatlarini tarbiyalash bilan birgalikda insoniy fazilatlarni ham shakllantirish va ularni yanada takomillashtirishda bevosita xizmat qiladi.
Bolalarga xos bo’lgan epchillik, ixchamlik, abjirlik, uddaburonlik qayishqoqlik kabi xususiyatlarni rivojlantirishda faqat jismoniy tarbiya darslaridagi harakatli o’yinlar bilan chegaralanib qolmaslik lozim. Ularning bo’sh vaqtlarida hovli, ko’cha, maydonlarda erkin ravishda shug’ullanishlari va bunda sport o’yinlari, gimnastika, engil atletika, kurash kabi sport turlarining qismlari (elementlari) bilan shug’ullanishlarini ham ta’minlash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Xulosa shundan iboratki, xilma-xil turkumlarga bo’linadigan harakatli o’yinlarni o’z vaqtida maqsadli qo’llash zarurdir.

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin