Mavzu: “Jismoniy madaniyat ta`lim tarbiya tizimida harakatli o`yinlarning tizimi”


Harakatli o’yinlar bolani har tomonlama tarbiyalash vositasi sifatidagi ahamiyati



Yüklə 1,15 Mb.
səhifə4/14
tarix16.05.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#114319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Dars jaroyonida sport va harakatli oyinlarni tashkil etish

Harakatli o’yinlar bolani har tomonlama tarbiyalash vositasi sifatidagi ahamiyati.


O’yin faoliyati qaysi formada ifodalanmasin bolani quvontiradi, harakatli o’yin favqulodda xursandchilikning xilma-xil momentlari bilan, aynisa ijobiy hislar o’yg’otinishiga xizmat qiladi. Ulkan tarbiyaviy kuch ana shu quvonchli
emostiyalar manbaidir. O’yinlarning maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning tarbiyasidagi katta ahamiyati haqida N. K. Krupskaya qayta-qayta gapirgan edi.
«Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun o’yin katta ahamiyatga ega: o’yin ular uchun tarbiyaning jiddiy formasidir». N. K. Krupskaya fikrlarida o’yinning jismoniy kamolatdagi ahamiyati haqida ham gapiriladi. «Jismoniy chiniqtiradigan mehnat ko’nikmalarini rivojlantiradigan» ko’z mo’ljalini yaxshilaydigan, chaqqonlikni o’stiradigan ko’plab milliy o’yinlar mavjud. Chaqqonlik kuchini nishonga tekkizishni o’stiradigan va mehnatga ulkan ahamiyatga ega bo’lgan shunga o’xshash barcha narsalarni maktabgacha tarbiya muassalarida qo’llash favuqlotda muhimdir.Milliy harakatli o’yinlar rolining muhumligi ular tematikasining mazmunini sinchiklab analiz qilish va shunga muvofiq turli yoshdagi bolalar uchun tanlashni talab etadi.
Har qanday o’yin hoh u ijodiy didaktik musiqani shuningdek bo’lmasini bolalarning atrof muhitni bilishda o’ziga xos vosita bo’lib hisoblanadi. Harakatli o’yinlar mazmunida bola dunyo qarashini kengaytiruvchi va tasavvurini aniqlashtiruvchi ko’plab bilish materiali mavjud. Syujetli o’yinlar tematikasini odamlar hayoti tabiat hodisalari hayvonlar odatlariga oid ayrim epizodlar tashkil etadi. Bularning hammasi bolalar tomonidan o’ziga xos shartli o’yin formasida aks ettiriladi. («Sayohatchilar», «Uchuvchilar», «G’ozlar oqqushlar» «Lochin va kurk tovuq» va boshqalar) biroq bola tashqi dunyoni to’g’ri idrok qilishi uchun (o’yinning barcha shartlariga rioya qilgan holda) obzorning to’g’ri xarakateristikasi va haqqoniyligi o’yin vaziyatini bilishi zarur. Bu pedagogik tomonidan o’yinni tushuntirishda emostional tarzda bayon etiladi. Xalq o’yinlarni buning ajoyib namunasi hisoblanadi. Ulardagi o’yin vaziyati bolalarni qizitiradi va tarbiyalaydi, ba’zi o’yinlarda uchraydigan biologlar personajlar va ular harakatlarini bevosita xarakterlaydi. («Lochin va kurk tovuq», «G’ozlar oqqushlar» va boshqalar) syujetga ega bo’lmagan va faqat muayyan o’yin topshiriqlaridan tuzilgan o’yinlarda ham bolaning sensor qobiliyatini tafakkurini mo’ljal olinishi rivojlantirishning yordam beruvchi ko’plab bilish meteriali mavjud. «Kim o’zar»,
«To’p maktabi» va boshqalar. Qoidalar tarbiyaviy ahamiyatga molik ular o’yinning borishini belgilaydi. Bolalar harakat faoliyatini ularning hatti harakati o’zaro munosabatalarining yo’lga soladi. Axloqiy-irodaviy sifatlarini tarbiyalashga yordam beradi. Bunda bola o’yinga tegishli rahbarlik qilinganda o’ziga hosil qilingan sifatlarni namoyon qilmasdan turolmaydi. Masalan bolalar «ayyor tulki» o’yinda faqat tulki «Men shu erdaman» deganidan so’nggina doiradan chiqib turli tomonlarga qochishlar mumkin. Bu qoida bolalarda diqqatni o’zini tuta bilishini, chidamlikni, berilgan signalga tezkor reakstiyani fazoda mo’ljal olishni hosil qiladi. Qoidalarni og’ishmay bajarishni talab qilishni maqsadga erishishdagi egaistik emulstiyalar engishga yordam beradi. «Qoida bola hatti harakatini jamoa talabiga muvofiq boshqaradigan va yo’naltiradigan birinchi sostilar stimul hisoblanadi. O’yinlarda teran xissiyot o’rtoqlik va mehr-muxabbatning dastlabki nishonalari paydo bo’ladi. kichik guruhlarda foydaliroq bolalar tomonidan o’yin rivojlanishi davomida yuzaga keladigan majburiy zarur javob harakati sifatida idrok qilinadi. (quyonchalar ayiq paydo bo’lishi bilan bo’talar orasiga qochib ketadilar, chumchuqlar avtomobil ko’rinishi bilan yo’ldan uchib qochadilar) bolalar uyin qoidalari bilan hali «qonun» sifatilarini anglamasdan turib hozir javoblikka o’rganadilar bir tomonidan o’yin syujetiga ko’ra (quyonchalar ayiqdan qo’rqadilar) ikkinchi tomonidan muayan signalaga nisbatan hosil qilingan shartli refleksga ko’ra xarakat qiladilar.L.F.Artemova ma’lumotlariga qaraganda katta guruhlarga va ularni bajarishgan ongli munosabat bolalarda asta sekin hosil buladi. Bolalar dastlab qoidalarni pedagogik raxbarligida, keyinchalik bolalar jamoaining qoidalarining ijtimoiy ahamiyatini anglatadigan ayrim a’zolari ta’siri ostida asta- sekin va turli vaqtda hosil bo’ladi. Bolalar dastlab qoidalarni pedagog rahbarligida keyinchalik bolalar jamoaining qoidalarining ijtimoiy axamiyatini angalagan ayrim a’zolari ta’siri ostida bajaradilar. Nihoyat qoidalar bolalarning ijtimoiy xulqi-atvori normalarini bevosita belgilovchi omilgan aylanadilar.Dastlab bolalar ayrim vazifalarini tezroq bajarish payida bo’lib qoidalari unitib qo’yadilar. Bundan tashqari yutuqqa va bunga eng oson yo’l bilan erishishga intilish ham qoidani
buzishga sabab bo’ladi. Bu o’z navbatida o’yinchilarda norozilik uyg’otadi, ziddiyat tug’diradi va bolalar o’rtasidagi munosabatni yomonlashtiradi.
Har bir bolaning o’yin qoidasini anglashi va unga rioya qilishida kattalarni talabi hal qiluvchi ahamiyatgan ega bo’ladi. Asta-sekin tarbiyaviy ta’sir qilish tufayli bolalarning o’yin jarayonida munosabati o’zgara boshlaydi. O’yin harakatlari va qoidalarni bir muncha aniq bajarishga qiziqish va intilish paydo bo’ladi. O’yin qoidalarni bajarmaslik sabablari xam o’zgaradi endi bolalar ularni atayin emas tasodifan buzadilar va shu zahoti yo’l qo’yilgan xatoni tuzatishga harakat qiladigan bo’ladilar. Bolalarni qoidalarni ijtimoiy ahamiyatini anglashga sistemali chidam bilan tayyorlaydigan tarbiyachi rahbarligida ular halollik adolatlik, botirlik o’zini tuta bilash qatiyatlik, iroda kabi yaxshi sifatlarni shakkllantirishning samaralari vositasiga aylanadi. «Bola tomonidan asta sekin o’zlashtiradigan bunday hayotiy muhim axloqiy sifatlar bola shaxsining ichki ma’naviy mulkiga aylanadi». Bularning hammasi qoidalarai o’yinlarning bolalarni axloqiy tarbiyalashni ta’sirchan vositalarning biri sifatida belgilashga asos bo’lib xizmat qiladi.O’yin faoliyatida diqqatni, idrokni rivojlantirish mavjud tafakkur tushuncha va mo’ljal olishni aniqlashtirish uchun qulay sharoit yaratiladi o’yinlar ijodiy hayot xayol, xotira topqirlik fikr yuritish faolligini rivojlantirishga yordam beradi. shunday qilib milliy harakatli o’yinlar bolalarning aqliy rivojlanishiga yordam beradi.
Bolalarning psixik jarayonlarni takomillashtirishda obrazli emostional metodika katta ahamiyat kasb etadi. U bolalarda qiziqish uyg’otadi xayolni jalb qiladi. qiyin harakatalarni ijodiy bajarishga undaydi. Psixologlar tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki bola uyin faoliyati tufayli fazo va predmet voqeyligini amalga o’zlashtiradi. Shu bilan birga fazoni idrok etish mexanizimining o’zi ham juda takomillashadi. O’yinda fazoni idrok etish o’zining asosiy shakllarida namoyon bo’ladi. Bevosita xissiy bilish sensor (xissiy-obrazli) va bilvosita (mantiqiy tafakkur, tushuncha) masalan bola tomonidan xarakat yo’nalishini mustaqil tanlash va harakatni o’yin qoidasida qat’iy belgilangan yo’nalishda bajarish bir tomondan
o’yin vaziyatini (bevosita idrok qiladigan) va ko’rish motoreakstiyasini (o’yin harakatlarini) darhol baholashni ikkinchi tomonidan o’z harakatlarni fazo o’yin muhitidan anglash va tasavvur qilish hamda o’sha ko’rish reakstiyasini namoyon etishni talab qiladi. Harakatli o’yinda bu ikki komponent o’zaro harakatda bo’ladi. Pedagog tomonidan ishlab chiqilgan o’yin qoidalari bola harakati uchun fazoda oldindan mo’ljal olishning zarur imkoniyatini yaratadi. Ayni paytda o’yin vaziyatidagi to’satdan bo’ladigan o’zgarishlar (boshlovchi harakati yoki signallar) harakat rejasini buzadi. Juda murakkab bolalarning tezkor reakstiyasi hamda fazoda mo’ljal olishini talab qiladi. “Ikki ayoz”, “Sehrli tayoqcha”, “Jasur bolalar”, “Maymunlar va ovchilar” va hakoza o’yinlar.Bunday reakstiya bolalardagi o’z faoliyatini va harakatalarni muayyan muhitga moslash qobilyatining rivojlanganlik darajasi bilan belgilanadi. Bunda bolaga tarbiyachi yordam berishim lozim. Bunda tarbiyachi bolani asta sekin o’yin vaziyati va qo’yilgan vazifaga erishish zaruriyatini hisobga olib bir muncha muvaffiqiyatli harakat usulini topishga o’rgatadi. Masalan aynan bir o’yinni va cheklarga fazoda o’tkazganda bola boshlovchidan tez va uzoqqa qochish usulidan foydalandi unga yaqin joyda turib chaqqonlik va abjirlik ko’rsatidi. “Tuzoq”, “Ayyor tulki” va hakoza. Atrof muhitda mo’ljal olishga o’yin vazifasini bajarish yo’lida atayin yaratilgan tusiqlar ham yordam beradi. “Chambarchakdan o’tib bayroqga tomon yugurish”, “Bo’ri jo’rlikda”, “Jasur bolalar” va hakoza. Bu bolalarda maqul harakat usulini etarlicha rivojlangan kuz bilan baxolash va harakatlarni bajarish va harakatlarni bajarish vaqtini hisobga olishga tayangan holda mustaqil tanlash qobilyatini xosil qiladi.Bolaning tarqalgan holda tez harakat qilayotgan bolalar orasida mo’ljal ola bilishi juda muhim hisoblanadi. U tinimsiz o’zgarib turadigan o’yin vaziyatiga nisbatan tezkor reakstiya ko’rsatish zaruriyatiga ko’ra bir muncha murakkabdir. Biror katta guruh bolalari o’yinlarni takrorlash jarayonida bu ko’nikmani muvofaqqiyatli egallaydilar “Tuzoq”, “Ayyor tulki”, “Quvlashmachoq” va hakozalar. Bolalar milliy o’yinda predmetlarning odamlarning yaqin uzoqligini aniqlashni mashq qiladi. Shu tufayli unda ko’z bilan baholash shuningdek fazoviy eshitish mo’ljali rivojlanadi. “Uzoq yaqin”, “Goh u erda goh bu erda”, “Ko’z
bog’lash o’yini” va boshqalar. E.Ya.Stepanenkova tadqiqotida bolalarning predmetlararo fazoviy munosabatlar oldinda, orqada, o’rtada, chapda, ustida, ostida, oraliq yonda, qarama–qarshida, ketma-ket va hakoza haqidagi tushunchalarni aniqlashtiruvchi o’yinlar ko’rsatilgan. (tezroq yur), (to’qish) (kim tezroq), (chambarak orqali bayrocha tomon yugurish), (lochin va kurk tovuq)
«to’pni kengliklararo dumalatish» va hakoza.

Milliy harakatli o’yinlar bolalarda oddiy vaqt mo’ljalini shakllantiradi. Ular uyidagilarda ifodalanadi. O’yin harakatlarining izchilligini tushunib olishlarida avval, so’ng bundan keyin, shundan oldin, barini bir vaqtda va hakoza kabi o’yin topshiriqlarini signalga ko’ra, bolalar uchun belgilangan muddat doirasida tez bajarishda, masalan, “Men beshgacha sanagunimcha siz bayroqchalardan bitta naqsh yasashingiz kerak”, “Kim uch marta chapak chalguncha saflana oladi?” va boshqalar. Bu o’yinlarda bola fazoda mo’ljal olishni, harakatlar izchilligi va ularga vaqt davomida amal qilishni mashq qiladi. O’yinlar mazmunini, butun o’yin vaziyatini uning qoidalarini, personajlar harakatini mustaqil, tushuntirish bolalarning joylashishi o’rnini o’yin artibutlarini va harakat yo’nalishlarini fazoviy terminlarni ishlayotgan olda ko’rsatish o’tkazilgan o’yinga baho berish bolalarning aqliy rivojlanishiga xizmat qiladi. Harakatli milliy o’yinlar bog’cha yoshdagi katta bolalarda ijodiylikni rivojlantirishi uchun qulaylik yaratadi. L.M.Kogovina ma’lumotlariga ko’ra, 5-6 yoshli bolalarga tegishlicha rahbarlik qilinsa o’zlariga tegishli o’yinning variantlarini o’ylab topishlari, uning mazmunini murakkablashtirishlari qoidalarini to’ldirishlari mumkin. Keyinchalik bolalar adabiy asarlar ertaklar, syujetli asosida kichik o’yinlar o’ylab topishlari, aqliy va ijodiy kamolotning yuqori darajasida erishganlarida esa, o’zlari ijod qilgan syujetlari asosida harakatli o’yinlar yaratishlari mumkin. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar ijodiy faolligini rivojlantirish jarayoni barcha yosh guruhlardagi tarbiyalanuvchilarning topshiriqlarga va ularni amalga oshirishga emostional munosabati bilan harakatlanadi. bunda tarbiyachi rahbarligining umumiy ijodiy yo’nalganligi uning bolalar izlanishlariga hayrihohlik munosabati katta ahamiyatga


ega. Milliy o’yinlar o’z mazmunini va formasiga ko’ra estetik faoliyat hisoblanadi. O’yin harakatlarning rang – barangligi ular bolalar aniq chaqqonlik bilan o’ziga xos ifodali bajarishlarida xarakterlanadi. bolalardagi ko’tarinkilik o’yin faoliyatiga emostional tus bergan holda haraktlarni juda sifatli bajarida namoyon bo’ladi va ularda harakat jarayonining o’zidan qoniqish hissini uyg’otadi. Bir yoki bir necha doirada sheringa kalonnaga «Figura bo’lib» turish kabi xilma – xil saflanishlar harakatlarning aniqligini xushomadlilikni talab qiladi va bolalarda estetik hisni o’stiradi. o’yin ko’rinishning guzalligi eng avvalo qatnashuvchilarning o’zlari etadigan fizkultura formasining bir xil bo’lishi bilan ifodalanadi. Musiqa bilan juda katta estetik ta’sir ko’rsatadi. U bolalarni chiroyliroq harakat qilishga undaydi. Musiqani harakatli o’yinlarga qo’llash avvalo uning estetik – tarbiyaviy rolini aniqlash lozim, bunda bolalarning musiqa asoslari harakati va formasiga muvofiq harakat qilishlari muhimdir. Shuni hisobga olib, musiqani o’yinning faqat ayrim qismlariga joriy etish lozim.
Masalan, “Quvlashmachoq” o’yinda barcha bolalar dastlab o’z harakatlarini musiqaga moslagan holda osongina tarqab chopib ketishlari mumkin. Musiqani asosining oxiri vaqt u bilan bog’liq ravishda uning tinishi quvlash harakatining boshlanishi uchun o’ziga xos signal bo’lib xizmat qiladi. Buni maqsadga muvofiq deb hisoblash kerak, chunki bolalar ushlab olish vaqtida musiqani idrok qilmaydilar. Agar o’yin chog’ida “Ushla” degan og’zaki signal berilsa, shunday paytda harakat muzmunining tinishiga aniq mos kelishi lozim.Harakatli qoidali o’yinlarga syujetli va syujetsiz o’yinlar esa voleybol, basketbol, badminton gorodki, stol tennisi, futbol, xokkey kiradi. Shunday qilib milliy harakatli o’yinlarda mujassamlashgan emostional sog’lomlashtirish, bilish va tarbiyaviy komponentlarning butun kompelksidan foydalanish bolalarni har tomonlama tarbiyalash vazifalarini amalga oshirishga yordam beradi.




    1. Yüklə 1,15 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin