1. Xarakatli o’yinlarni qisqacha tarixi, tushunchasi, davrlari va pedagogik ahamiyati.
Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda ibtidoiy ovchilar hayotida ovchilik o’yinlari muhim o’rin tutgan. Ba’zi manbalarda ular ovdan oldin o’tkazilishi yozilgan bo’lsa, boshqalarida ovdan so’nggi o’yinlar haqida fikrlar bayon etilgan. Agar bu ma’lumotlarni chuqurroq tahlil etadigan bo’lsak, unda ovchilik o’yinlari ovdan oldin ham, undan so’ng ham o’tkazilgan, deyish mumkin. Ovdan oldingi o’yinlar-avvalda mashq (ovga tayyorgarlikni tekshirish, ovga ruhiy va jismoniy tayyorgarlik) vazifasini o’tagan hamda jiddiy o’ziga xos kichik ibtidoiy odamlar o’ljani osongina qo’lga tushirish, unga yaqinlashishni o’rganishgan, buning uchun niqob kiyib, hayvon qiyofasiga kirish, uning yurish-turishlari va tovush chiqarishlarini mashq qilishgan. aynan ana shunday o’yinlar jarayonida yoshlarni ham ov qilishga o’rgatishgan. Shu boisdan ham u o’ziga xos maktab vazifasini o’tab, bir tomondan, ovchilar mahoratini o’stirishga yordam bergan bo’lsa, ikkinchi tomondan esa, ularda taqlid san’atini shakllantirgan va rivojlantirgan.Ovdan so’nggi o’yinlar ov muvaffaqiyatli tugagandagina uyushtirilgan deb tahlil qilish mumkin. Chunki o’lja bilan qaytish, buziyofat, xursandchilik qilishga, butun jamoaning bayram qilishiga imkon yaratgan.
Xarakatli o’yinlarni qisqacha tarixi va tushunchasi
O’rta Osiyo hududida ibtidoiy odamlar hayotida ham ovchilik o’yinlari bo’lgan. Paleolit davri boysun tog’idagi teshiktosh g’oridan bundan yuz ming burungi pespertol (o’rta paleolit) odam suyagining topilishi, Samarqand- dagi Omonqo’ton qishlog’idagi g’ordan topilgan tosh qurollar, Surxondaryo- ning Zarautsoy kamarida alvon rangdagi suratlar, Xo’jakent qishlog’idagi toshlarga chizilgan kiyik hamda ho’kiz tasviri va boshqa ko’pgina arxeologik topilmalar va ulardagi tasviriy san’atga oid elementlar, jumladan, bola- lar folklor o’yinlarining eng sodda shoxobchalarga ega ekanligidan dalolat beribgina qolmay, balki uning tug’ilishi bosqichlarini aniqlashga ham yordam beradi. Mazkur suratlarda ibtidoiy kishilarning qadimgi ovchiligi, hayvonot olami va tabiat bilan bog’liq marosimlari aks etib, ov vaqtida jonivorlar terisidan niqob kiyib yurishlari, bir tomondan, ov jarayonida yovvoyi hayvonlarni hurkitib yubormaslikni ko’zlasa, ikkinchi jihatdan, ularning tushuncha va e’tiqodlarini etnografiq hamda urf-odatlari, qadriyatlarini ham ifoda etadi. Farg’onaning Soymalitosh tog’i g’orlariga chizilgan rasmlar (eramizdan oldingi II—I asrlar) hayvon terisini yopinib, o’yinga tushayotgan shikor marosimlaridan dalolat beradi. Hayvonlar to’dasiga yaqinlashish uchun ibtidoiy odam hayvon yoki qushlarga aynan taqlid qilish, buning uchun esa ularning o’ziga xos xususiyatlarini, yurishturishlarini, o’t-o’lanlar bilan oziqlanishlarini, bir-birlari bilan olishishlarini, hurkib qochishlarini, hatto tovushlarini ham o’rganishga to’g’ri kelardi. Nihoyat, yovvoyi hayvonlarni ov qilish shart-sharoiti odamning chaqqon va abjir, jasur va toliqmas bo’lishini, buning uchun doim tinimsiz shug’ullana borishini talab qilardi. Bularning hammasini o’z navbatida ibtidoiy odamda jismoniy-ritmik yoki tabiat hodisalariga taqlid qiluvchi pantomima harakat va o’yinlar, qahramonlik raqslarining tug’ilishiga olib kelar edi. tog’ qoyalari va g’orlarda chizilgan suratlardagi o’yin tasviri mazmun-ma’no va shakl-shamoyil jihatdan turli xarakterga ega. Ayrimlari ov va mehnat jarayonini, ba’zilari esa tabiat hodisalariga taqlid shaklida, boshqalari jangovarlikni, afsungarlikni, imo-ishora va pantomima san’atini
eslatadi. Dastlabki paytlarda shovqinli betartib o’yinlar bora-bora musiqaviy ohang
pantomima hamda plastik harakatlar orqali amalga oshirila boshlangan keyingi davrlarda, bunday etnografik talqindagi o’yinlar turli shakllarga ko’chib «Ayiq o’yini», «Dev o’yini», «Maymun o’yini», so’ngra «Pishiq o’yin», «Ot o’yini»,
«Yumronqoziq o’yini», «Echki o’yini», «Bo’ri o’yini», «Kaltak o’yini», «Burgut o’yini», «It o’yini (irillatar o’yini)», «Quyon o’yini», «Tulki o’yini», «Jak-jaku o’yini» qabi ko’pgina o’yinlar, pantomimalari avloddan-avlodga o’tib kelayotgani ma’lum. Ular bevosita yoxud bilvosita bolalar folklor o’yinlariga aloqadordir. Shu tariqa «o’yin» so’zi turkiy xalqlarning o’ynamoq so’zi bilan bog’liq holda (uy, aql, hiqmat ma’nolarini beradi). aql fahmni, harakat va imo-ishoralar vositasida ifoda etmoqlik esa o’yinlarning dunyoga kelishida muhimdir.O’zbek an’anaviy bolalar folklor o’yinlarining mavzu qamrovi va ijro uslublari juda keng. Ijtimoiy hayot, kishilar munosabatlarining biron-bir jabhasi yo’qki, ular o’yinlar nazariga tushmagan bo’lsin. xalqimizning dehqonchilik, chorvachilik, bog’dorchilik, polizchilik madaniyati deysizmi, kasb-hunar va ilm-bilim sohasi deysizmi, falsafiy, estetik, axloqiy yoxud ta’lim-tarbiya, axloq-odob bobidagi qarashlari deysizmi- barchasi an’anaviy o’yinlarga mavzudir. Xususan, o’zbek bolalar folklor o’yinlari boshdan-oyoq ma’naviy, ma’rifiy va axloqiy tushunchalar bilan yo’g’rilgan. Xalqimizning ming-ming yillarda bosib o’tgan tarixiy yo’lida, tajriba-sinovlar dan qayta-qayta o’tib, yaxlit va mukammal holga kelib, bizgacha etib kelgan bolalar folklor o’yinlarining mazmun yo’nalishiga qarab quyidagicha turlarga bo’lish mumkin:
Mavsumiy bolalar folklor o’yinlari: ilk bahor, yoz, qish mavsumlarida o’ynaladigan folklor o’yinlar.
Marosim bolalar folklor o’yinlari: rasm-rusumlar, odatlar, marosimlar, an’anaviy bayramlarda o’ynaladigan o’yinlar.
Mehnat bilan bog’liq bolalar folklor o’yinlari: «erni tobiga kelti- rish, haydash»,
«ekin ekish», «qovun-qovun», «o’rik qoqish», «qovun sayli», «yanchiq», «xo’sh-
xo’sh», «churey-churey», «sigir sog’di», «tuya qaytarish», «ot sug’orish» va boshqalar.
Oilaviy-maishiy bolalar folklor o’yinlari: «mehmon-mehmon», «kelin tushirish»,
«kelin-kuyov», «ona bola», «ovqat pishirish», «uy jihozlash», «qo’g’irchoq o’yini», «non yopish», «er-xotin», «alla-alla», «beshik bezash», «beshikka belash» va boshqalar.
Jismoniy harakatli bolalar folklor o’yinlari: «quvlashmachoq», «kes-kes»,
«ko’rpa yopildi», «ziyrak», «g’oz-g’oz», «koptokni quvib et», «oq suyak», «to’p- tosh», «sinish», «chiqildoq», «chopish», «zuv-zuv», «oq terakmi-ko’k terak»,
«eshak mindi», «lanka», «ot o’yini», «qiz quvdi» va boshqalar.
Mantiqiy bolalar folklor o’yinlari: tez aytishlar, topishmoqni topish o’yinlari, aytishuvlar, savol-javoblar, o’ylab top, xotirani tiklash o’yinlari, chamalashlar va boshqalar.
Hayvonlar va tabiat hodisalari bilan bog’liq bolalar folklor o’yinlari.
Ermak bolalar folklor o’yinlari.
Musiqa o’yinlari.
Xalq o’yinlari, jumladan, bolalar folklor o’yinlari, eng qadim zamonlardan boshlab xalq hayoti tarzini, ma’naviy-ma’rifiy, jismoniy tayyorgarligini, estetik dunyoqarashini mujassamlashtirgan holda shu kungacha rivojlanib, mazmun- maqsadiga ko’ra teranlashib bizga etib kelgandir. Boshqa san’at turlaridan farqli o’laroq, o’yinlarda xalq ruhiyati, psixologiyasi, yosh avlod tarbiyasiga bo’lgan munosabatida yorqin aks etadi.
Tarixiy manbalarga qaraganda, kechki paleolit davrida (taxminan miloddan 40-41 ming yil ilgari) er yuzining shimolida totemga oid mehnat taqsimotining vujudga kelishi munosabati bilan qadimgi odamlarning chorvachilik va dehqonchilikka o’tishi(bu jarayon o’rta osiyoda miloddan oldingi III ming yillik
oxiri II ming yillik boshlariga to’g’ri keladi) ana shu yangi sohaga oid odat, marosim va o’yinlarni vujudga keltira boshladi. Ma’lumki, dehqonlarning hayotida eng quvonchli voqea bu hosilni yig’ish va yangi noz-ne’matlarni totib ko’rish jarayoni bo’lgan. Yil bo’yi kutilgan bunday jarayon, dehqonlarda bayram kayfiyatini vujudga keltirgan. Bunday ko’tarinki kayfiyatni harakatlarda aks ettirish maqsadida kishilar o’yinlar va marosimlarni tashkil qilishgan, “mehnat o’yinlari” yaxshi kayfiyat bilan keng ma’noda aytilganda bayram ruhiyatini vujudga keltirgan. Bronza davrlaridan boshlab o’troq dehqonchilikning vujudga kelishi va uning tez rivojlanishi natijasida bahorda mehnat mavsumiga kirishish, kuzda hosilning yig’ib olish yakuniga bag’ishlangan bayramlar va o’yinlar shu tariqa yuzaga kelib, ular yillar o’tishi bilan an’anaga aylana boshlagan. Demak, insonning «birinchi kasbi»-ovchilik asosida-“ovchilik o’yinlari” vujudga kelgan bo’lsa, uning dehqonchilikka o’tishi va u bilan shug’ullanishi natijasida “mehnat o’yinlari” shakllanib, yangi mehnat o’yinlari va bayramlari uchun zamin yaratgan.
Abu Rayhon Beruniyning «qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asari muhim rol o’ynaydi. Ayniqsa navro’z bayrami kunlarida har xil musobaqalar va o’yinlar «ko’pkari», «kurash», «ekin ekish», «xo’rozlar jangi», poyga bayramning ko’rki sanalgan. Shu bilan birga bedana, xo’roz, qo’chqor urishtirish o’yinlari ham o’tkazilgan.Shuning uchun xalq o’yinlarining dastlabki namunalari insoniyat ongi va tafakkuri bilan bog’liqdir. Uning paydo bo’lishida o’sha davr shart-sharoitlari, odamlarning ov va turmush tajribalari, dunyoqarashi, urf-odat va marosimlari asosiy rol o’ynagan. Avvalo oddiy og’zaki bayonning dastlabki namunalari paydo bo’lgan. Ular nihoyatda sodda bo’lib, turli xildagi undov xitoblar va voqealarning bayonidan iborat bo’lgan. Ov jarayoni hamda tafakkurning rivojlanishi voqea va hodisalar talqinida oddiy bayondan obrazli tasvirlashga olib keldi.Jahonga mashhur bo’lgan olim, tibbiyot ilmining buyuk namoyandalaridan biri Abu ali Ibn Sino tibbiyotda jismoniy mashqlarning roli katta ekanligini ilmiy asoslab, o’sha vaqtlardayoq xalq milliy o’yinlari va milliy kurash haqida qimmatli fikrlarni yozib qoldirgan. masalan, u quyidagi o’yinlarni:«Yoydan o’q otish»,“Kichik qurollar
bilan chavgon o’yinlari”,“Bir oyoqda sakrash”,“Yuqoridagi bir narsaga irg’ib osilish”,“Nayza otish”, “Tosh ko’tarish” va shunga o’xshash o’yinlarni yozib qoldirgan. Unga tevrak-atrofidagi shaxslar sen bilimdon va aqlli, o’zing bolalarga har xil fanlardan bilim berasan-u, yana ular bilan o’ynaysan, deganlar, Ibn Sino bunday tanqidiy mulohazaga: «Inson hayotining har bir davri o’zining go’zalligiga ega. Bolalikning xususiyati esa o’yin, deb javob bergan edi.
Harakatli o’yin haqida asosiy tushuncha.
O’yin - tarixiy tashkil topgan ijtimoiy voqea, mustaqil faoliyat turi, insonga xosdir. O’yin faoliyati juda ham turli-tumandir: o’yinchoqlar bilan o’ynaladigan bolalar o’yinlari, stol o’yini, doira bo’lib o’ynaladigan o’yin, harakatli o’yinlar, sport o’yinlari. O’yin o’z-o’zini bilish vositasi, o’yin-kulgi, dam olish, jismoniy va umumiy ijtimoiy tarbiya vositasi, sport vositasi bo’lishi mumkin.O’yin madaniyati elementi sifatida jamiyatning barcha madaniyati turlari va kishilarning har xil ehtiyojlari bilan rivojlanadi: o’yin-kulgi, dam olishda, ma’naviy, aqliy va jismoniy kuchni rivojlanishida katta o’rin egallaydi.O’yin - juda ham quvnoq jo’shqin faoliyatdir, shuning uchun u yoshlar va bolalar bilan tarbiyaviy ish olib borishda katta boylik kasb etadi. O’yinning turli-tumanligi katta-kichiklar orasida, ayniqsa o’smirlar va bolalar o’rtasida eng keng tarqalgani bu haraqatli o’yinlardir. Ular esa ushbu o’quv qo’llanma fanining asosi hisoblanadi.
Harakatli o’yinlarning o’ziga xos xususiyati uning mazmuni harakatning rolini yorqin ifoda qilish hisoblanadi (yugurish, sakrashlar, uloqtirish, otish, to’pni uzatish va ilib olish, qarshilik ko’rsatish va boshqalar). Bu o’yinlar harakatlanish va uning mazmunini (mavzu, g’oyasi) asoslab beradi. U o’yinda qo’yilgan maqsadga erishish yo’lida, turli-tuman qiyinchiliklarni, to’siqlarni engib o’tishiga yo’naltiriladi.Harakatli o’yinlarning orasida haqiqatan ham (elementar) harakatli o’yinlar va sport o’yinlari bilan farq qiladi. Haqiqatan ham harakatli o’yinlar o’ynovchilarning o’zlarini ixtiyoriy ravishda o’rnatilgan maqsadga shartli ravishda erishishga yo’naltirilgan, o’zida ongli ravishda tashabbuskorlik faoliyatini mujassamlashtirgan bo’ladi. O’ynovchilarning maqsadga erishishida faol
harakatlantiruvchi harakat talab qiladi, uni bajarishi o’ynovchilarni o’zlarining ijod qilishiga va tashabbuskorligiga bog’liqdir (nishonga tezda yugurib borish, nishonga tez otish, raqibia tez va epchillik bilan etib olish yoki undan o’zib ketish va hokazo). Harakatli o’yinlar qoidalar bilan belgilanadi. Sport o’yinlaridan farqli o’laroq, harakatli o’yinlar qoidalariga shart-sharoitdan kelib chiqib kelishilgan holda o’zgartirish qiritish mumkin. O’yin qoidasi maqsadga erishish yo’lida o’yindagi qiyinchiliqlarni va to’siqlarning xarakterini aniqlaydi. Haqiqatan ham harakatli o’yinlar o’yin qatnashchilaridan maxsus tayyorgarlikni talab qilmaydi. Shuning uchun o’yin qoidasi o’yin qatnashchilari va rahbarlarning (o’qituvchilar) o’zlari o’tkazilayotgan o’yinning sharoitiga qarab uni o’zgartirib boradilar. Chunki unda o’ynovchilarning aniq belgilangan soni, maydonning katta-kichikligi belgilanmagan bo’ladi, shuningdek, asbob-anjomlar ham o’zgartirib turiladi (bulava yoqi kegli, voleybol yoki oddiy to’p, kichik koptoklar yoki qum solingan xaltachalar, gimnastika yoki oddiy tayoqchalar va hokazo).Sport o’yinlari - bu harakatli o’yinlarning eng yuqori bosqichidir. Bunda o’yin qoidasi qat’iy belgilangan bo’lib, ularda maxsus maydon va jihozlar talab qilinadi. Sport o’yinining o’ziga xosligi o’yin jarayonida ma’lum taktikada o’zini tutishi va murakkab harakat texnikasi hisoblanadi. ,Bu esa o’yin qatnashchilaridan maxsus tayyorgarlik va mashqni talab qiladi. Har bir sport o’yini belgilangan o’yinchilarning soniga, maydon o’lchamlari va asbob - anjomlariga ega bo’ladi.Ayrim sport o’yinlarida ba’zi o’yinchilarda mutaxassisligi bo’lishi zarurdir (hujumga, himoyaga, darvozabon va b.q). Sport o’yinlarining u yoki bu o’yinida qat’iy qoidaga mos ravishda maxsus hakamlik qilishni talab qiladi. Ayrim sport o’yinlarida o’yin qatnashchilarining tarkibiga qarab bir necha marta (o’quvchilar yoki kattalar, erkaklar yoki o’smir qizlar) o’zgartirilishi mumkin. Sport o’yinlari sport turi hisoblanadi. Bular bo’yicha har xil darajadagi musobaqalar o’tkaziladi. Natijada sport o’yinlari bo’yicha o’tkaziladigan musobaqalarda eng yaxshi o’yinchilarga sport razryadlari va unvonlar beriladi.
Ayrim harakatli o’yinlar (masalan, «Lapta», «Voleybol» va hoqazo) mashg’ulotning maqsadi, ko’rsatmasi va uni tashqil qilish usullariga bog’liq holda, ayrim holatlarda haqiqatan ham o’zining xarakteriga qarab harakatli (elementlari) o’yin deb yuritiladi, boshqalari esa sport o’yinlari sifatida o’tkaziladi. masalan, o’yin qatnashchilari tasodifan yig’ilib qolganda (dam olish o’yinlarida, sayllarda) ular haqiqatan ham harakatli o’yin xarakteriga ega bo’ladi.Harakatli o’yinlardan yoshlar va bolalarning umumiy jismoniy tayyorgarlik vositasi sifatida foydalaniladi, shuningdek, sport o’yinlariga va boshqa sport turlariga hamda
«alpomish» va «barchinoy» test me’yorlarini topshirishga tayyorlash vositasi bo’lib ham hisoblanadi.
Jamoa bo’lib o’ynaladigan (guruh) harakatli o’yinlar alohida pedagogik ahamiyatga ega bo’ladi, chunki ularda o’ynovchi guruhlar, sinflar, zvenolar, bo’limlar va sport sekstiyasida shug’ullanuvchilar qatnashadilar. Jamoa bo’lib o’y naladigan harakatli o’yinlarda har doim musobaqalashish elementi o’ziga xos bo’lib (har bir kishi o’zi uchun yoqi har bir kishi o’z jamoasi uchun), shuningdek, belgilangan maqsadga erishishida, qiziqishni uyg’otishda bir-biriga yordam berish va o’zaro yordamdan iborat bo’ladi. Jamoa o’yinlarining o’ziga xosligi shundan iboratki, o’yinda hamma vaqt holatni o’zgarib turishi, o’yin chilardan tezlik reakstiyasi talab qilinadigan bo’ladi. Shuning uchun o’yin jarayonida o’zaro munosabat har doim o’zgarib turadi: har bir kishi o’zi uchun yoki o’zining jamoasi uchun «raqiblari»ga nisbatan eng qulay holatni yaratishga intiladi.Harakatli o’yinlar bo’yicha musobaqalar o’tkaziladi. Ular alohida o’yinlar bo’yicha o’tkazilishi mumkin, o’yinga qo’yilgan vazifa taxminan bir xil sinflar bir xil yoshdagi o’quvchilarning jismoniy imkoniyatlariga mos kelishi kerak. Biroq haraqatli o’yinlar majmuasi bo’yicha musobaqa o’tkazishning pedagogik ahamiyati shundaki, bunga har xil jismoniy sifat va malakalarni tarbiyalashga yordam beradigan turli-tuman o’yinlar kiritiladi. Harakatli o’yin majmuasi bo’yicha o’tkaziladigan musobaqada har xil yoshdagi bolalar, o’smirlar, yoshlar va kattalar qatnashishlari mumkin, biroq o’yindagi vazifa har xil bo’lishi mumkin.Har bir
harakatli o’yin o’zining mazmuni shakli (tuzilishi) va metodik xususiyatiga egadir. Harakatli o’yinlarning mazmuni quyidagilardan iborat: mavzu yoki mazmun (ifodali yoki shartli o’ylab qo’yilgan ish, o’yin rejasi) maqsadga erishish uchun o’yinga kiradigan harakat va qoidalar. Harakatli o’yinlarning shakli qo’yilgan maqsadga erishish usullarini keng tanlash imkoniyatiga ega bo’lishi, o’yin qatnashchilarining harakatini tashqil qilishdan iborat. O’yin qatnashchilari bir xil o’yinlarda o’zining shaxsiy qiziqishlariga erishish uchun yakka yoqi guruh bo’lib harakat qiladilar, boshqalarida esa o’zlarining jamoalari qiziqishlarini himoya qiladilar. shuningdek, o’yin uchun o’ynovchilar har xil tuzilishda yoki shaklda (sochilib yoki tarqalib, doirada, safda, qatorda) turadilar.
O’yin shakli mazmuni bilan bog’liq ravishda kelib chiqadi. O’yinning metodik jihatdan o’ziga xos xususiyati uning mazmuni va shakliga bog’liqdir. harakatli o’yinlar metodik jihatdan o’ziga xos bo’ladi:
Jonliligi;
Chegaralangan qoida bo’yicha maqsadga erishishda mustaqil harakat qilish;
Qoidaga mos ravishda ijodiy tashabbuskorlik bilan harakat qilish;
O’yindagi alohida rollarni bajarish, uning mazmuni, muvofiqligi, o’yin qatnashchilarini jamoadagi ma’lum darajadagi o’zaro munosabati o’rnatiladi;
To’satdan o’yinda o’zgarib qolish holati, bu esa o’yinchilardan tashabbuskorlikni, tez reakstiyani talab qiladi;
O’yindagi musobaqa elementlari o’yinda jo’shqinliqni (emostionallik) oshiradi va kuchni to’liq sarf qilishni talab qiladi;
O’yinda kelib chiqadigan «kelishmovchiliklar»ni hal etishda qarama-qarshi tomonlarning manfaatlarini bir-biriga zid qo’ymoq esa yuqori darajadagi jo’shqinlik tonusini yaratadi.
O’yin metodi ayniqsa murakkablashgan va o’zgartirilgan sharoitda harakatni kompleks takomillashtirish uchun foydalaniladi.Harakatli o’yinlar jismoniy tarbiya va o’yin metodi vositasi sifatida jismoniy sifatlarni takomillashtirishga hamda tarbiyalashga yordam beradi. Bundan tashqari, harakatli o’yinlarda gimnastika, engil atletika, chang’i va boshqa sport turlari mashg’ulotlarida alohida malaka, ko’nikma hamda tabiiy harakatlarni mustahqamlaydi va takomillashtiradi.
-jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotida
-jismoniy madaniyat va sport harakati hamda
-jismoniy tarbiya vositalarini maxsus tizimlar
-turkumi deb ishlatiladi.jismoniy tarbiya
Tizimining muhim bosqichlaridan biri jismoniy vositalardir. Ularning tarkibiy qismi esa gimnastika, sport turlari, harakatli o’yinlar va tabiatning sog’lomlashtiruvchi quyosh, havo, suv, gigienik omillar ta’sir kuchlaridan iborat. Ko’rinib turibdiki, harakatli o’yinlar jismoniy tarbiya tizimining muhim yo’nalishlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Harakatli o’yinlar mazmun va shakl jihatdan quyidagi turlarga bo’linadi:
Jamoali komanda o’yinlar.
Ommaviy ko’pchilik birgalikda o’ynaydigan o’yinlar.
Yakka yoki juft tartibdagi o’yinlar.
Estafetali o’yinlar.
Jamoali komanda o’yinlari ikki yoki undan ortiq jamoalar guruhlar ishtirok etadi. Masalan:“Oq terakmi, ko’k terak”; “Kartoshka ekish”.Ommaviy harakatli o’yinlarda barcha qatnashchilar baravariga o’yinda ishtirok etadi. masalan: “Yomg’ir”, “Kalhat keldi qoch bolam”, va hokozo.Yakka yoki juft bo’lib o’ynaydigan harakatli o’yinlarda bir yoki ikkita qanashchi ishtirok etadi: masalan: “Mushuk va sichqon” , “Xo’rozlar jangi”, “Elka urishtirish” va hokozo.
Estafetali harakatli o’yinlar ham jamoali, umumiy va yakka juft tartibda bo’lishi mumkin. Masalan: jismoniy tarbiya tizimida mashqlar va harakatli o’yinlarni yoshlarga o’rgatadigan umumiy va maxsus tamoyillar prinstiplar va
usullar mavjud, ya’ni shug’ullanuvchilarning yoshi jismoniy tayyorgarligi va jinsiga qarab o’yinlar turkumi belgilanadi. Umumta’lim maktablarning jismoniy tarbiya dasturida milliy harakatli o’yinlar sinflarga 1-4,5-7,8-9,10-11 qarab aniqlangan. Chunki, ta’kidlanganidek o’yinlar bolalarning yoshiga qarab o’rgatiladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun mo’ljallangan harakatli o’yinlar yuqori sinf o’quvchilari uchun o’ta oson va uncha qiziqarli bo’lmaydi. Yuqori sinflar uchun belgilangan o’yinlar esa quyi sinf o’quvchilari uchun qiyin bo’ladi. Bunday holatlar akademik listeylar, o’rta maxsus kasb-hunar kollejlari va oliy o’quv yurtlarida qo’llanilmasada, lekin o’yinlar ularning bo’lajak kasb-hunarlariga moslashtirilishi lozim. Masalan: qishlok va suv xo’jaligi tizimidagi bo’lajak mutaxassislarga chorva soxasi ham, piyoda ko’pkari, eshak mindi, cho’pon, poda to’p, kurash, piyoda poyga, to’pli estafetalar va shunga o’xshash o’yinlar qo’llanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Ta’kidlash lozimki, jismoniy tarbiya darslari, sport mashg’ulotlari, turli xil sport musobaqalari jarayonlaridagi harakatli o’yinlarni tashkil qilish va o’tkazishga maxsus tayyorgarliklar talab etiladi. Ayniqsa o’qituvchi tashkilotchi, turli xil sport musobaqalari o’yinlarini mukammal bilishi, uning turli variantlarini qo’llashi lozim. Harakatli o’yinlar uchun eng avvalo sharoitlarni vaqt, joy, qizikishini, hisobga olishi zarurdir. Keng va toza joylar maydonlardagi harakatli o’yinlarni uyushtirish ancha qulayliklar yaratadi. Ayniqsa shug’ullanuvchilarning erkin yugurishi, sakrashi va turli harakatlarni mustaqil ravishda bajarishlari, quvnab, xursand bo’lib o’ynashlari uchun imkoniyatlar bo’ladi.Darsdan tashqari katta tanaffus, uy sharoti, ko’cha, maydon va h.k, vaqtlarda tashkil etiladigan harakatli o’yinlarni bajarishda ham yuqorida ta’kidlangan,talabalar amalga oshiriladi. Aks xolda kichik va katta yoshdagi bolalarning aralashib o’ynashlari janjal, yig’i, jaraohatlarni keltirib chiqarishi yoki yuqumli kasalliklarga duchor bo’lish hollari yuzaga kelishi mumkin.
Jismoniy madaniyat va sport harakatida jismoniy tarbiya tizimining tarmoqlari juda ko’p. Aholi istiqomat joylari, dam olish va ko’ngil ochish istirohat bog’lari, yozgi dam olish va sog’lomlashtirish oromgohlari, talabalarning yozgi
sport maskanlari, shifoxonalar va sanatoriyalardagi shular jumlasidan hisoblanadi. E’tirof etish mumkinki, mazkur maskanlarda ommaviy tashkil etiladigan ommaviy sog’lomlashtiruvchi jismoniy madaniyat va sport tadbirlari mazmunida milliy harakatli o’yinlar salmoqli o’rin tutadi.Milliy harakatli o’yinlarsiz bironta ham sport mashg’ulotlari o’tkazilmaydi, deyish mumkin. hatto oliy ligadagi futbolchilar, volleybolchilar va boshqa sport turlarida shug’ullanuvchi mohir sportchilar ham mashg’ulotlarda va yakka tartibda o’zlariga xos bo’lgan harakatli o’yinlarni bajarishadi. Buning boisi shundaki, harakatli o’yinlar gavda mushak chigallarini yozish razminka, ko’ngil ochish, kulish, xursand bo’lish va h.k va jismoniy sifatlarni tayyorlashda maxsus yoki umumiy mashq o’yin sifatida xizmat qiladi.
Jismoniy tarbiya tizimida oila va bog’chalarda harakatli o’yinlarni tashkil qilishga alohida e’tibor berildi. oilada bola tug’ilgan kundan boshlab, uni sog’lom o’sishi uchun bor imkoniyatlar ishga solinadi. Ovozli shaqillovchi o’yinchoqlar va hayvonlar shaklidagi o’yinchoqlar mushuk, qo’y, it bolasi, ayiq turli parrandalar, mashinalar, to’plar va h.k bolalarning harakat qilishi, emaklashi va asta-sekin turib yurishlariga sabab bo’ladi. Yura boshlagan bolalarni to’p bilan o’ynatish ulardagi barcha tabiiy maxsus harakatlarni ixcham, tez bajarishga etaklaydi. Asta-sekin yosh bolalar 3-5 yoshda o’zlari o’rgangan va ko’cha maydonlarida o’ynagan bolalarning harakatlari qiyin va qizikarli o’yinlarini mustaqil ravishda bajarib olishadi. Umuman olganda oila sharoitida o’rgangan harakatli o’yinlar bolalar hayoti va xotirasida uzoq vaqtlar davom etadi, ularni takomillashtiradi.Jismoniy tarbiya, jismoniy ta’lim tizimida maktab yoshigacha bolalar muassasalari mashqlar, harakatli o’yinlar eng zarur va qiziqarli jarayondir.Bog’chalarda jismoniy tarbiya ishlari bo’yicha maxsus dasturlar ishlab chiqilib, bolalarning yoshiga 1-3,4-6 qarab turli mashqlarni o’yin sifatida o’tkaziladi. kichik yoshdagi bolalar uchun asosan sayr, o’yinchoqlar bilan mashg’ulot o’tkazilsa, katta yoshdagi bog’cha bolalari bilan esa, to’p o’yinlari, estafeta, osilib chiqish, oshib tushish kabi o’yinlar ko’p qo’llaniladi.
Harakatli o’yinlarning eng muhim xususiyatlari shundaki, eng kichik yoshdagi bolalar gapirishi, yangi so’zlarni o’rganishi hamda boshlang’ich sinf o’quvchilarining nutqini o’stirishga xizmat kiladi. shuningdek, o’yinlar mazmunida axloqiy tarbiya, musiqani sevish ruhiy xolatlarni yaxshilash, muvozanatlarni saqlash kabi fazilatlar va sifatlar mujassamlashgan bo’ladi. Qaysi yoshdagi bolalar bo’lmasin va kanday o’yinlar qo’llanilmasin ularni mazmun va maqsadlari gavdani to’g’ri o’stirish, harakatchanlik tezlikni tarbiyalash, sog’ o’sish va chiniqishga qaratiladi. Bunday o’yinlar hayotiy ehtiyoj mashqlari yurish, yugurish sakrash, uloqtirish,osilish, suzish va h.k hisoblanib, ularning ko’pchiligi ijodiy fikrlash va amalda qo’llashni talab etadi.
Jismoniy tarbiya tizimida amaliy-kasbiy jismoniy tarbiya muhim o’rin egallaydi. O’t o’chiruvchilar, harbiy xizmatchilar ularning tarkibi va tarmog’i, tez yordam ko’rsatuvchilar hayotida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik muhim omillardan hisoblanadi. ularning kasbiy jismoniy mehnatlari va ish faoliyatlarida harakatli o’yinlar musobaqa shaklida asosiy o’rinda turadi. masalan: suv sepish, o’t o’chirish asboblari , narvon va boshqa zaruriy texnik vositalarni manzilga etkazish, ko’p qavatli uylarga chiqish kabi maxsus harakatlarni o’rgatishda eng avvalo o’yin musobaqa estafeta shaklida o’tkaziladi. O’zbekiston mustakilligi yillari davrida jismoniy madaniyat va sportning tarmoqlari ancha kuchaymoqda. buni nogironlar sporti, davolash muassasalari hamda sog’lomlashtirish markazlaridagi jismoniy tarbiya trenajyorlar misolida ko’rish mumkin. ularning mazmunida maxsus sport turlari, xilma-xil mashqlar, uqalash va boshqa amallar qatorida harakatli o’yinlar ham o’rin olib, ulardan maqsadli foydalanilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |