Dars jaroyonida sport va harakatli oyinlarni tashkil etish
Umumta’lim maktablarida milliy harakatli o’yinlarni o’tkazishning mazmun – mohiyati.
O’qituvchi har bir darsda bola har tomonlama tasir etib, turli mashq va harakatli o’yinlarni tanlashi, shuningdek, o’yinlarni o’tkazish metodikasini o’zgartirib turishi zarur.Darsda shuningdek turli o’yinlarni o’tkazish jarayonida o’rganinilgan materialning metodik jihatdan izchil bo’lishiga e’tibor berilishi lozim. Bu, birinchidan, darsning ta’lim-tarbiyaviy vazifalarini to’g’ri hal qilish, ikkinchidan, dars materiallarining to’la o’tilishiga erishish, uchinchidan, butun dars davomida har bir mashqni muayyan me’yorda to’g’ri olib borish imkonini beradi.Agar dars boshida yoki o’rtalarida zo’r e’tibor berishni va moslashtirilgan murakkab harakatlar qilishni ta’lab etadigan o’yin va mashqlar o’tkazilgan bo’lsa, dars
oxirida o’quvchilarning charchagan organzmini birmuncha tinch holatga keltirishga yordam beradigan o’yin va mashqlarni o’tkazish kerak. Masalan, dars boshida bolalar diqqatni to’plash uchun “O’ylab top” yoqi “Tezda hamma joy- joyiga” “Man qilingan harakat” singari o’yinlar o’ynalgan bo’lsa, darsning asosiy qismida yanada harakatchanroq o’yinlarni- “Quvnoq bolalar”, “Qoch bola,qalxat keldi” kabi o’yinlarni o’tkazish tavsiya etiladi.O’rta yoshdagi o’quvchilar bilan darsning asosiy qismida “Cho’pon,qo’y va bo’ri”, “Oq tosh”, “Oq ayiqlar” va boshqa o’yinlarni o’tkazish tavsiya qilinadi. Darsning yakunlovchi qismida kam harakatli “Pat”, “Pr-r-r...” (qush uchishini eslatadigan tovush) va boshqa shular kabi o’yinlarni o’tkazish lozim.Agar butun dars davomida faqat o’yin materiallaridan iborat bo’lsa serharakatli o’yinlarni kam harakatli o’yinlar bilan, aksincha bir xil xarakterdagi o’yinni ikkinchi xil xarakterdagi o’yin bilan navbatma-navbat almashtirib o’tkazish kerak.Agar o’qituvchi sport turlaridan biri texnikasining ayrim elementlarini o’yin yordamida bolalarga o’rgatish yuzasidan o’z oldiga muayyan maqsad va vazifalar qo’yiladigan bo’lsa,u o’yin materialining mazmuni va yo’nalishini puxta o’ylab chiqishi zarur.
Masalan: “To’pni onaboshiga berma” yoqi “To’p ilish” o’yinlari yordamida bolalarga to’p uzatish va ilib olishni o’rgatish belgilangan bo’lsa, bu vazifani faqat shu o’yinlarni o’ynash usuli bilangina hal etib bo’lmaydi. Chunki o’ynayotganlarning asosiy e’tibori to’pni tez uzatish va ilib olish bilan band bo’lib, texnika elementlarining to’g’ri bajarishiga rioya qilinmaydi. Agar bu vazifa tegishli metodikko’rsatmalarga amal qilib va ba’zi bir o’zgarishlar kiritib o’tkaziladigan o’yin – estafeta yordamida bajarilsa maqsadga erishish mumkin.
O’ynovchilarni charchatib qo’ymaslik uchun hayajonli va ermak o’yinlarni ko’p o’tkazavermasdan, ularni bolalarning jismoniy tayyorgarlik darajasi va organizmining imkoniyatini hisobga olgan holda boshqa xil o’yin va mashqlar bilan qo’shib olib borish kerak.Xushyor o’qituvchi ayrim bolalardagi charchash belgilarini(rang o’chishini, harakatlardagi sustlik va o’yinni davom ettirishni istamaslik) hamma vaqt osongina sezadi. Jismoniy tarbiya darsining muhim
xususiyatlaridan biri vaqtdan bir me’yordan to’g’ri foydalanishdir. Bunday holat darsni puxta o’tish imkonini beradi. O’qituvchi o’quvchilarni darsda faol qatnashtirish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishi, shuningdek hamma o’quvchilarga beriladigan topshiriqlarning bir me’yorda bo’lishiga erishishi lozim.Bunga har bir o’yin va har bir qatnashchi uchun vaqtni aniq taqsimlash yo’li bilan erishish mumkin. Agar o’yinchilar soni juda ko’p bo’lsa, bir necha guruh yoqi jamoa tuzish, topshiriqni bajarish uchun beriladigan vaqtni qisqartirish lozim. O’yin vaqtida o’yin qoidalarini buzgan qatnashchilarni o’yindan chiqarib yuborishga emas, balki, ularga jarima ochqolari berishga e’tibor qaratish lozim.
O’yinning bo’linib qolishiga yo’l qo’ymaslik uchun unga oldindan yaxshilab tayyorgarlikko’rish zarur.O’yin o’tkaziladigan joy va asbob-uskunalarni oldindan tayyorlab qo’yish lozim.O’qituvchi sport bazasining imkoniyatlarini va o’quvchilarning tayyorgarlik darajasini hisobga olib maqtab dasturida tavsiya etilgan o’yinlarni o’zgartirishi va ularga qo’shimchalar kiritishi mumkin.
Harakatli o’yinlarni o’quv yilining choraklari bo’yicha rejalashtirishda ob- havo sharoitini hisobga olish kerak. Masalan: sharoitida ikkinchi chorakdan boshqa barcha choraklarda mashg’ulotni ochiq havoda o’tkazish mumkin. biroq, yaxshi ob-havo sharoitiga mo’ljallangan “Dasta chiqaldaq”, “Oq tosh”, “Qoziq o’yini”, “Tegissan minasan”, “Boyroq uchun kurashish” singari o’yinlarni rejalashtirganda ehtiyot uchun bu o’yinlar o’rniga binoda o’tkazilishi mumkin bo’lgan o’yinlarni ham mo’ljallab qo’yish kerak.Har bir chorak oxiri uchun belgilangan nazorat mashqlariga bag’lab turli jismoniy mashqlar kompleksidan iborat bo’lgan o’yinlarni kiritish lozim. Bunday o’yinlar o’quvchilarning tayyorgarligini, orttirgan malakasini hamda ular harakatlarining tezligi va uyushqoqligini tekshirishga yordam beradi.O’yin vaziyatida taktik fiqr yuritishni o’stirish uchuno’yin sharoitiga yaqinlashtirilgan holatda bolalarga o’yinning ayrim texnik usullarini o’rgatishda “raqib” o’yinchidan foydalanish kerak.Bolalar uchun harakatli o’yinlarning roli ularda muyayan jismoniy xislatlar hosil qilish va bu xislatlarni o’stirish bilangina chegaralanmaydi. Harakatli o’yinlarda bolalarni intizomli qilib
tarbiyalash va jamoada o’zini to’g’ri tuta bilishga o’rgatish uchun ham fodalanish mumkin. xuddi mana shunday jamoada bolalar birgaliqda harakat qilish va o’z o’rtoqlariga yordam berishga o’rganadilar.
I-IV sinf o’quvchilarida uyushqoqliq bilan bir maqomda yurish ko’nikmalarini hosil qilish uchun jo’r bo’lib o’ynaladigan o’yinlarni (doira bo’lib aylanib o’yinga tushib, ashula aytib o’ynaladigan o’yinlarni) tanlash lozim.Shu maqsadda, “Musiqaga jo’r bo’lib yurish”, “Karusel”, “O’ylab top”, “Kimning ovozi” singari o’yinlardan, shuningdek “O’razan-bo’razan”, “Pat”, “Pr-r-r.”, “Oq terakmi, ko’k terak” kabi milliy o’yinlardan foydalanish mumkin. Bu o’yinlar juda oddiy bo’lib ulardan jismoniy tarbiya darslarida, ayniqsa darsning boshi va oxirida muvaffaqiyatli foydalanilmoqda.Turli xil harakatlar bolalarda ijodiy fikr va mustaqilliqni o’stirishga yaxshi yordam beradigan “Pr-r-r.”, “Pat”, “Kim qeldi” singari syujetli o’yinlarin tanlash va o’tkazish ham juda muhimdir. Agar darsda bir nechta o’yin o’tkazilsa, ular turli yo’sinda bo’lishi, ularga har xil mashqlar va harakatlar kiritilishi lozim. O’qituvchi har bir darsning aniq vazifasini nazarda tutib, ana shu vazifani amalga oshirishda yordam beradigan o’yinlarni tanlashi kerak.