. Fanning o’quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatidan uzviyligi
« Jismоniy madaniyat vа spоrtdа ilmiy tаdqiqotlarini o’tkazish metodlari » fani o’z mohiyatiga ko’ra mutaxassislik bo’yicha talabalar tayyorlash o’quv rejasida ko’rsatilgan fanlar bilan uzviy bog’langan bo’lib, u talabani kelajakdagi ta’lim jarayoniga tayyorlashga xizmat qiladi. Bundan tashqari jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kursida uchraydigan atamalar hamda jismoniy madaniyat sifatlarini, metodlarni, prinsiplarni, mazmunini, jismoniy mashqlar fizologiyasi va biomexanikasi, umumiy psixologiya, gimnastika va uni o’qitish metodikasi, harakatli o’yinlar va uni o’qitish metodikasi, jismoniy madaniyat tarixi va boshqarish, suzish va uni o’qitish metodikasi, sport psixologiyasi, turizm va uni o’qitish metodikasi kabi fanlardan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishni talab etadi.
Fanning ta’limdagi o’rni.
Fanning ta’limdagi o’rni.
« Jismоniy madaniyat vа spоrtdа ilmiy tаdqiqotlarini o’tkazish metodlari » fani ta’lim tizimida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”dan kelib chiqadigan vazifalar, fan, texnika va texnologik taraqqiyotining bugungi darajasi bilan bo’lajak harbiy pedagoglarning kasbiy tayyorgarligi sifatini takomillashtirish, soha bo’yicha uzluksiz ta’lim tizimi bo’g’inlarini malakali kadrlar bilan ta’minlash, o’quv-tarbiyaviy jarayon sifatini xalqaro andozalar darajasiga ko’tarish, talimning yangi prinstiplari uslublarini, ilg’or pedagogik va zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy qilish, yoshlarni milliy tiklanish mafkurasi asosida tarbiyalash va umuminsoniy qadriyatlarni anglatish, Vatanga muhabbat, mustaqillik g’oyasiga sadoqat ruhida o’qitish va tarbiyalash, zamonaviy xorijiy o’quv markazlarida keyngi talim uchun sharoit yaratish, xorijiy mutaxassislar bilan raqobatdosh qori malakali jismoniy madaniyat bo’yicha kadrlar tayyorlash.