Akademik darslarda, sport trenirovkasi sog‘lomlashtirish va boshqa mashg‘ulotlarda har bir mashq yoki ixtiyoriy harakat ijro texnikasiga ko‘ra turli uslubda bajariladi. Masalan, balandlikka sakrashda sakrash ustunlari orasiga qo‘yiladigan balandlikni o‘lchamiga o‘rnatilgan “planka” ustidan sakrab o‘tish uchun, plankaga nisbatan ung yoki chap yelka bilan yoki uning to‘g‘risidan yugurib kelib, depsinish bilan sakrash mumkin. Aslida shu mashqni yuqorida qayd qilinganidan boshqacharoq - oson, oz energiya sarflab, belgilangan harakatni (vazifani) samarali ijro etish uslubiyatlari mavjud. Buni harakat yoki jismoniy mashq “texnika”si atamasi orqali mazmuni tavsiflanadi. Texnika - grekcha so‘z bo‘lib, “bajarish san’ati” degan ma’noni bildiradi.
Harakat vazifasini oson, samarali hal qilish uchun tanlangan harakat akti (faoliyat)ni - jismoniy mashq texnikasi deb atash qabul qilingan.
Jismoniy mashq texnikasi yoki uning tarkibidagi harakat akti (harakat faoliyatining bir qismi bo‘lagi), harakat faoliyati tarkibidan ikki narsani:
a) bajarilayotgan harakat, uni bajarishdan kelib chiqadigan maqsad;
b) harakat vazifasini hal qilishning usulini farqlash, ajrata bilishni taqazo etadi.
Harakat texnikasi doimiy ravishda takomillashib boradi, ohir oqibat yuqori natijalarga olib kelishi mumkin. Lekin bunga sportchilarning tinimsiz mehnati, ter to‘kishi orqali erishiladi. Sportchining jismoniy tayyorgarlik darajasining yaxshilanishi yoki uning tana tuzilishi (anatomiyasi)dan boshqacha aytganda, jismoniy rivojlanganlik ko‘rsatkichlarining turlicha o‘zgarishlarga (son suyagini kaltaligi yoki uzunligi, yelka suyagi o‘lchamining turli xilligi va h.k.) yuz tutishi sport turi - jismoniy mashqlarni bajarish texnikasining asosini, uning zvenolari yoki detallarining o‘zgarishiga, almashishiga sabab bo‘lishi mumkinligi jismoniy tarbiya, sport amaliyotida isbotlangan holatligini bilishimiz lozim bo‘ladi.
Harakat yoki jismoniy mashq texnikasi o‘zining asosi, zvenolari va detallaridan iborat tarkibga ega bo‘ladi va bu uning mazmuni deb qismlarga ajratiladi. Harakat texnikasining asosi deganda, harakatni bajarish uchun qo‘yilgan vazifani hal qilishda ijroni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan, qo‘llanilgan harakatlar yoki harakat faoliyati tizimidagi o‘zak qism tushuniladi. Harakatni bajarish (ijro etish)da qo‘llanilgan usullar harakat akti tizimining ketma-ketligini, tanamiz qismlari (a’zolarimiz) o‘zaro kelishgan holda faoliyat ko‘rsatishini buzmay, jismoniy sifatlarimiz (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, mushaklar egaluvchanligi va bo‘g‘inlar harakatchanligi)ni zarur bo‘lgan darajada, keragicha namoyon qiladi. Usul samarali bo‘lsa, amaliyotda unumli qo‘llanishi mumkin va uzoq vaqt o‘zining hayotiy - amaliyligini saqlab qoladi. Masalan, balandlikka sakrashning “Fosberi-flop” usuli samarali bo‘lsa ham, hozirgacha sportchilarning ko‘pchiligi “perekidnoy” usulidan foydalanadilar.
Yangi o‘rganuvchilar uchun esa hozirgi kungacha “kadamlab sakrab o‘tish” usulidan foydalanilishi sakrash texnikasini o‘zlashtirishni osonlashtiradi. Harakat texnikasining zvenosi deganda harakatning asosiy mexanizmini bajarishni osonlashtiradigan, unga yordam beradigan, mashq harakat tarkibidagi harakat bo‘laklari tushuniladi. Masalan, sakrashlarda depsinish, uloqtirishlarda final kuch sarflashni bajarish uchun yordam beradigan harakat faoliyati tarkibidagi bo‘laklar tushuniladi.
Texnika to‘g‘risidagi tushunchani pedagogik yoki biomexanik nuqtai nazardan o‘rgansa bo‘ladi. Pedagogik nuqtai nazardan harakat vazifasini oson samarali hal qilish uchun tanlangan harakat faoliyatini- jismoniy mashq texnikasi deb atash qabul qilingan. Samaradorlik o‘quvchilar organizmiga eng oqilona ta’sir o‘tkazish bilan ifodalanadi. Ammo ulardan eng maqbuli texnikaviy bajarilish deb ataladi. Masalan, har xil usullar bilan suzish mumkin (krol, chalqancha va boshqalar), biroq ba’zilar klassik usullarning birortasidan ham foydalanmasdan suzadilar.
Bajarilish usullarining samaradorligi o‘quvchining individual fazilatiga, jismoniy tayyorgarlik darajasiga hamda qo‘yilgan vazifalarga (masalan, agar uncha katta bo‘lmagan balandlikka arqonda tez chiqish kerak bo‘lganda “bir qo‘lda” usulini qo‘llaydilar, qattiq arqonda bitta usulni – kanatni oyoqlar bilan ushlash usulini qo‘llaydilar, yumshog‘ida – boshqasini) bog‘liq.
Jismoniy mashqlar texnikasi muntazam ravishda rivojlanadi: odatlangan texnika takomillashtiriladi, ba’zida esa usullar barham topadi, yangilari tuziladi. Bu jarayon qator sabablar bilan belgilanadi:
1. Sport tayyorligi darajasiga talablarning muntazam o‘sayotganligi.
2. Harakatlar bajarilishining mukammallashgan usullarini uzluksiz izlash, muvofiq tekshirishlar natijasi va rolining oshishi.
3. Yangi sport anjom-jihozlarining yuzaga kelishi.
Jismoniy mashq texnikasi etakchi sportchilarning (muayyan vaqt uchun) harakat bajarish usullarini amaliyotda tekshirish va ilmiy tahlil qilish, izlanish natijasidir. Bunday zamonaviy texnika harakatni bajaruvchilarning barchasi uchun teng darajada eng oqilona asosni aks ettiradi va shu sababli andozali texnika deb ataladi. Andozali texnika bajarilishning ba’zi usullarida individual tuzilishi jihatidan chetga chiqishni istisno qilmaydi.
Texnikani individuallashtirish ikki yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi: individuallashtirishning bir xil andozali yo‘li bo‘yicha, u standart texnika chegarasida ayrim shaxslar guruhlari jismoniy tayyorgarligi va qomatning andozali fazilati bilan muvofiqlikda o‘zgarishlar kiritiladi; insonning shaxsiy fazilatlarini hisobga oluvchi maxsus individuallashtirish yo‘li bo‘yicha sport-texnikaviy ko‘nikma aynan maxsus individuallashtirishning yuqori darajasini ham aks ettiradi (amaliyotda uni “o‘z usuli” deb tavsiflaydilar).
Texnikani individuallashtirishga asosiy e’tiborni bolalarni harakatga o‘rgatayotgan vaqtda qaratish kerak. Andozali texnika faqat harakatning tuzilish asosini aks ettiradi va kattalarning harakatlarini tahlil qilish yo‘li bilan quriladi. Bolalar jismoniy tayyorgarligi va gavdasining tuzilish xususiyatlari bilan muvofiqlikda texnikani individuallashtirish muammosi vujudga keladi. Masalan, kichik maktab yoshidagi bolalar yugurish vaqtida boldir-tovon tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlari sababli tovonning oldingi qismiga bosishda qiynaladi. 21 Texnika- grekcha so‘z bo‘lib, “bajara olish san’ati” degan ma’noni bildiradi. Jismoniy mashq texnikasi doim o‘zgarib turadi va takomillashadi.
Takomillashgan harakat texnikasi yuqori natija ko‘rsatish garovi bo‘lib, unga sportchilarning tinimsiz ter to‘kishi orqali erishiladi. Sportchining jismoniy tayyorgarligini ortishi yoki uning gavdasi tuzilishi, jismoniy rivojlanganlikni ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichlarning turli-tumanligi, sport turi- jismoniy mashqlar bajarish texnikasini asosini, uning zvenolari yoki detallarini o‘zgarishiga, almashishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Harakat faoliyatiga ta’sir etuvchi harakatlarning ahamiyatliligi darajasi bir xil emas. Shuning uchun harakat texnikasi: texnika asosi (negizi), uning asosiy zvenosi va texnika detallari degan qismlarga bo‘linadi.
Texnikaning asosi deganda, harakat orqali qo‘yilgan vazifani bajarish uchun kerak bo‘ladigan harakat faoliyati tizimining o‘zak qismi tushuniladi. Qo‘llangan usullar tananing qismlarini o‘zaro kelishgan holda, harakat faoliyatining ketma-ketligi tizimini buzmay, jismoniy sifatlarining keraklicha namoyon qilinishini taqazo etadi. Usul samarali bo‘lsa, amaliyotda unumli qo‘llanilishi mumkin va uzoq vaqt o‘zining hayotiy-amaliyligini saqlab qoladi. Texnika asosida Yetakchi harakat deb ataladigan negiz ajraladi, ya’ni harakat unga, birinchi navbatda, harakatning natija ko‘rsatishi bilan bog‘liq.