METODIKA KABINETINI JIHOZLASH. Metodika kabinetida dastlab tarbiyachilarning kitob va boshqa materiallar ustida mustaqil ishlashi uchun sharoitlar yaratiladi. Buning uchun jismoniy tarbiya masalalariga oid nazariy xamda metodik adabiyotlar-kitoblar, jurnallar, maqolalar, xarakatli o`yinlar va jismoniy mashqlarning to`plamlari, ma’lumotnomalar, lug’atlar tanlanadi; tavsiya etilayotgan adabiyotlar, kartotekalarning ro`yxati tuziladi. «Uchinchi mingyillikning bolasi» tayanch dasturiga muvofiq bo`lgan jismoniy tarbiya bo`yicha istiqbolli va kundalik ish rejalarining namunalari; shuningdek, yosh gruxlari bo`yicha olib boriladigan ish xisobi; jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining reja va konspektlari, tarbiyachining bolalar bilan olib boradigan individual ishi, kundaliklari, turli fotosuratlar, bayram, tadbirlarning namunalari bo`lishi shart. Metod xonada ilmiy-amaliy konferensiya va pedagogik o`qishlarda jismoniy tarbiya masalalari bo`yicha qilingan ma’ruzalar saqlanadi.
Tarbiyachilar ta’limning zamonaviy texnika vositalari bilan tanishish imkoniyatlariga ega bo`lishlari uchun, metod xonada kinofilmlar, diafilmlar, slaydalar bo`lishi lozim.
Kabinetda doimiy jismoniy tarbiya jihozlarining ko`rgazmasi, turli xil chizmalar, mashg’ulotlarda foydalaniladigan manbalar va qo’llanmalar sport o`yinlari – voleybol, basketbol, gorodki, hokkey, stol tennesi... uchun zarur jihozlar ham bo`lishi lozim.
Metodik xonalar tarbiyachilarning nazariy-metodik bilimlarini mustahkamlashga shuningdek, bolalarda jismoniy tarbiya malaka va ko`nikmalarini xosil qilish metodikasini takomillashtirishga xizmat qiladi.
OILADA BOLALAR JISMONIY TARBIYASINI TASHKIL ETISH 2000 yilda qabul qilingan «Sog’lom avlod dasturida» sog’lom, inoq, mustaxkam oilalarga katta e’tibor qaratilgan. Chunki sog’lom, tinch, o`zaro hurmatda bo`lgan oilalardagina har tomonlama sog’lom, baquvvat farzandlar tug’iladi.
Oila – ta’lim-tarbiya o`chog’idir. Har bir oila farzandlarini jismonan sog’lom, aqlan yetuk, ma’naviy barkamol inson bo`lib yetishishi uchun ma’suldir.
Oilada jismoniy tarbiyani to`g’ri amalga oshirish uchun ota-onalar bolalarining maktabgacha tarbiya muassasalarida, shuningdek bolalarining sport maktablari va seksiyalarida qanday jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishlarini va kun hamda butun hafta davomida qanday jismoniy yuklama bajarayotganligini bilishlari zarur.
Bolalar bog’chalari ota-onalarga bolalarning jismoniy tarbiyasi haqida bilimlarni egallashlarida katta yordam ko`rsatishlari mumkin. Buning uchun bolalar bog’chasida ota-onalar burchagi tashkil etiladi, ochiq mashg’ulotlar, suhbatlar, konsultatsiyalar o`tkaziladi, tarbiyachilar ota-onalarga bolalarning jismoniy tarbiyasi bo’yicha maxsus adabiyotlarni tavsiya etadilar.
Oilada ham maktabgacha tarbiya muassasalaridagidek, jismoniy tarbiya vositalarini mujassam qo’llash muximdir. Eng qulay gigiyena sharoitlarini yaratish, tabiatning omillari (quyosh, havo, suv) dan, xilma-xil jismoniy mashqlardan foydalanish muhimdir, bolalarning jismoniy mehnatni kuchlari yetadigan turlari bilan shug’ullanishlarini kuzatib berish lozimdir.
Oilada jismoniy mashqlar har xil: zaryadka, mashg’ulotlar, harakatli o`yinlar, chiniqtiruvchi protseduralar, jismoniy daqiqalar, sayr va boshqalar shaklida o`tkaziladi.
Ota-onalar o’z bolalari bilan jismoniy mashqlarni bajarsalar, konkilar, chenalarda uchsalar, badminton, shaxarcha, tennis o’ynasa, suzsa va boshqalarni birgalikda bajarsa, musobaqalarda ishtirok etsalar, ularning namunasi ularga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Ota-onalar o`z bolalariga jismoniy tarbiya xaqida bilimlar beradilar, jismoniy mashqlarni to`g’ri bajarishga (tushuntira-dilar, ko`rsatadilar) ularni o’rgatadilar. Bunda zarur malakalarni tarbiyalash va mustahkamlash uchun aloxida yaxshi psixologik iqlim yuzaga keladi.