Mavzu: Jismoniy tarbiya darslarida oʻquvchilar faoliyatini tashkil etish shakllari Reja


Aylanib yurib shugʻullanish usuli



Yüklə 350,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix02.06.2023
ölçüsü350,84 Kb.
#123986
1   2   3   4   5
4.JTN va U=2-(IV)-4 (2)

Aylanib yurib shugʻullanish usuli- darsning ma’lum bir vaqtida 
oʻquvchilar 4-8 kishilik bir necha guruhga boʻlinib, oʻqituvchi koʻrsatmasiga 
binoan turli snaryad yoniga yoki mashgʻulot joyiga boradilar va oʻqituvchi signali 


boʻyicha mashqlarni mustakil bajara boshlaydilar. Ma’lum bir vaqt oʻtgach (30-40 
sek), oʻqituvchi yangi signal beradi va oʻquvchilar boshqa snaryad yoki mashgʻulot 
urniga uyushgan xolda oʻtadilar. Barcha oʻquvchilar dars rejasida kuzda tutilgan 
ham ma mashqlar bilan shugʻullanib boʻlmagunlaricha shu tarzda davom etaveradi.
Oʻquvchilar bir snaryaddan ikkinchisiga utib va barcha mashqlarni bajarib, 
guyo mashqlar doirasini tugallaganlari uchun bu usul aylanma usul deyiladi. Bu 
usulni shuning uchun ham trenirovka deb ataydilarki, uning asosiy maqsadga 
yunalganligi shugʻullanuvchilarning jismoniy sifatlari rivojlanish darajasini 
oshirish va organizmning funksional imkoniyatlarini takomillashtirishdan 
iboratdir. Bunga mashqlarni muayyan izchillikda, ixtiyoriy yoki berilgan sur’atda, 
muayyan vaqtda yoki ma’lum mikdorda koʻp martalab takrorlash orqali erishiladi. 
Oqimli usulda oʻquvchilar bitta mashqni navbat bilan, ketma- ket tuxtovsiz 
oqim tarzida bajaradilar. Bunday oqimlar sharoitga qarab ikkita, uchta boʻlishi 
mumkin.
Ikki yoki uch oqimda dars zichligi, binobarin ogʻirligi ham oshadi. Oqim 
usuli akrobatika mashqlari, uzun argʻamchi bilan bajariladigan mashqlar, 
skameyka va gimnastika devoriga tirmashishda, uni oshib utishda, muvozanat 
sakqashda, tayanib sakrash, uzunlikka hamda balandlikka sakrashda qulaydir. 
Oqim usulining bir turi shuki, oʻquvchilar bir necha xil mashqni navbat bilan 
bajaradilar. Masalan, oʻquvchilar dastlab skameykada yuradilar, soʻng yogʻochdan 
oshiboʻtadilar, undan keyin plankadan sakraydilar. Bu usul oʻqituvchiga 
oʻquvchilar tomonidan bajarilayotgan barcha mashqlarni kuzatish imkonini 
bermaydi, shuning uchun u juda zarur boʻlgan joyda turadi. 
Oqim usuli koʻprok malaka va kunikmalarni takomillashtirish maqsadidagi 
mashqlarni utishda, shuningdek ogʻirlikni oshirishda qoʻllaniladi. 
Darsda oʻquvchilar faoliyatini tashkil qilish usullari qoʻyilgan vazifalar, 
sharoit, oʻquvchilar soni va ularning tayyorgarligiga bogʻliq. Bundan tashqari turli 
usullarning qoʻllanishi oʻquvching darsga boʻlgan qiziqishini va darsning 
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. 

Yüklə 350,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin