sport haqidagi ilmiy bilimlarni tez to‘planishida o‘z aksini topdi. Sport nazariyasi
hozirgi
kunda
dunyoning
ko‘pgina mamlakatlarida, sport sohasidagi
mutaxassislarni bo‘lajak kasbiga tayyorlashning etukchi predmeti sifatida
shakllangan.
Jismoniy madaniyat nazariyasi fani faqat sportchilarga ta’lim tarbiya
jarayonini nazariy metodik amaliy ta’minlovchi fannigina emas, balki komil
insonni shakllanishini, rivojlanishini ta’minlovchi keng sohalarni ham o‘z ichiga
oladi. Ma’lumki, har qanday ilmiy bilimlar tizimini rivojlanishida har doim ikki
yo‘nalish o‘zaro bog‘liqlikda bo‘ladi:
Tabaqalashgan (ayrim shaxsiy obyektga va yo‘nalishga tegishli bilimlarni
ixtisoslashuvi va bo‘linishi) va integratsiya (ko‘pgina shaxsiy bilimlarni bir
butunlikka birlashtiruvchi umumiy bilimlarni shakllantirish).
Jismoniy madaniyat va u bilan bog‘liq hodisalarni o‘rganuvchi ilmiy fanlarni
shakllanishi, ko‘pgina davrlarda, asosan tabaqalashtirilgan yo‘l bilan amalga
oshirildi. Natijada jismoniy madaniyatni va unga chegaradosh hodisalarni oshirish
tomonlarini aks ettiruvchi ko‘pgina ayrim predmetlarpaydo bo‘ldi. Ularning
ayrimlari jismoniy madaniyat va sport amaliyotining aniq bo‘limlaridan kelib
chiqqan va o‘z tarkibiga, kasbga taalluqli amaliy bilimlarni kiritadi (gimnastika,
o‘yin, yakkama-yakka kurash, engil atletika, suzish va h.k.), ayrimlari esa,
jismoniy madaniyat sohasida yaratilmagan, bilimlar doirasida paydo bo‘lmagan,
lekin o‘zlariningtarmoqlari bilan unga ham tegishli tabiiy va boshqa fanlar yoki
ilmiy-amaliy predmetlar (anatomiya, fiziologiya, bioximiya, gigiena, biomexanika,
psixologiya) ixtisoslashgan soha shaklida namoyon bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: