Mavzu: Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati faning predmeti. Maqsad va vazifalari. Asosiy tushunchalari Reja


Jismoniy madaniyatdan inson hayotining turli davrlarda



Yüklə 343,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix07.04.2023
ölçüsü343,97 Kb.
#94567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1.JTSN va U 2-III-1

Jismoniy madaniyatdan inson hayotining turli davrlarda 
foydalanishning ilmiy amaliy asoslari. Mazkur bo‘limda jismoniy madaniyatni 
maqsadga muvofiq ravishda qo‘llash masalasi “yosh jihatidan” ko‘riladi. Shu bilan 
birga insonning faoliyat davomida shart-sharoitlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq 
bo‘lgan xususiyatlari xarakterlanadi. 
Shunday qilib, jismoniy madaniyat nazariyasi kursi jismoniy madaniyat va 
sport bo‘yicha mutaxassislarni kasb ta’limotining bazasiga kiruvchi kengaytirilgan 
bilimlar majmuasini o‘z ichiga oladi. U bo‘lg‘usi jismoniy madaniyat sohasidagi 
mutaxassisga kasb faoliyati mazmunini to‘liq tushunishga imkoniyat yaratadi, 
dunyo qarashini kengaytiradi, jismoniy madaniyat sohasidagi boshqa ishchilarini 
umumiy ishlari bilan bog‘laydi va shu bilan birga mutaxassis egallashi zarur 
bo‘lgan keng kasbga yo‘naltirilgan dunyo qarashni shakllantirishga yordam beradi. 


U yoki bu kasb egalari o‘zaro muloqot davomida o‘z kasbi va hunariga oid 
ma’lum tushunchalar va iboralardan foydalanadilar. Fanning ma’lum sohasini 
o‘rganish va uni o‘zlashtirish ana shu etakchi tushunchalarning mazmuniga 
bog‘liq. Ularning mazmuni vahajmini aniqlamay turib, jismoniy tarbiya nazariyasi 
va amaliyotining ko‘pdan-ko‘p hodisalari va masalalarini to‘g‘ri tushunib olish 
qiyinlashadi, jismoniy tarbiya nazariyasi fanini muvaffaqiyatli egallash 
murakkablashadi. 
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatida qo‘llaniladigan etakchi 
tushunchalarga quyidagilar kiradi: jismoniy rivojlanish, jismonan tayyorgarlik, 
jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat, sporti, jismoniy kamolot, jismoniy 
madaniyat xarakati. Nima uchun yuqorida sanab o‘tilgan tushunchalar asosiy 
tushunchalar deyiladiyu, boshqalari, masalan, jismoniy mashq, jismoniy sifatlar, 
jismoniy bilimlar tushunchalari asosiy tushuncha deb hisoblanmaydi? Tegishli 
faoliyatni to‘g‘ri aks ettiradigan barcha tushunchalar o‘z ahamiyati jihatidan birdek 
muhimdir, bular to‘g‘risida darslikning tegishli boblarida to‘xtalamiz. Biz esa 
inson jismi tarbiyasining asosiy, eng muhim sifatlari umumlashtirilib ko‘rsatilgan 
tushunchalariga to‘xtaldik xolos. 

Yüklə 343,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin