ifodalangan, asosiy ijtimoiy funksiyalari va jismoniy madaniyat shakllariga tizimli
xarakteristika
berilgan,
jamiyatda
uning
rivojlanish
oqimlari
kuzatilib
umumlashtirilgan.
2.
Jismoniy tarbiyaning umumiy asoslari. Bu bo‘limning mazmuni
jismoniy tarbiya to‘g‘risidagi fanda asosiy oqim bo‘lib qoladi.
Bu erda jismoniy
tarbiyaning asosiy belgilari va qonun qoidalari ta’lim va tarbiyaviy maqsadlaridan
jismoniy madaniyat foydalaniladigan jarayoni,
bunda hal etiladigan asosiy
vazifalar, ularni hal qilish uchun qo‘llaniladigan vositalar va uslublar,
mashg‘ulotlarning tuzilish usullari va shu kabilar sifatida ko‘rib chiqiladi.
3.
Jismoniy madaniyatdan foydalanishning tipik yo‘nalishlari va
shakllarining tasnifi. Bu bo‘limda
jismoniy madaniyat jamiyatda, inson hayoti
tarkibida, ayniqsa, hayotiy faoliyatining asosiy sohalarida
foydalanuvchi turli
yig‘ilishlar va unga mos shakllarining xususiyatlari o‘rganiladi. Aniqrog‘i bu
bo‘limda jismoniy madaniyat umumiy ta’lim hamda kasb-amaliy tayyorlash
tizimda mehnatni ilmiy tashkil etish tizimidagi
va kundalik turmushdagi
xususiyatlarini o‘rganib boradi. Shuningdek, sport jismoniy madaniyatning asosiy
komponentlaridan biri hamda sport faoliyatining maxsus shakli sifatida (sport
trenirovkasi, musobaqalar) tahlil qilinadi.
4.
Dostları ilə paylaş: