Mavzu: Jismoniy tarbiya va sportni boshqarishda ishtirok etuvchi davlat idoralari. Reja


Mudofaa vazirligi tizimida jismoniy tarbiya va sport ishlari



Yüklə 27,51 Kb.
səhifə4/6
tarix01.04.2023
ölçüsü27,51 Kb.
#92249
1   2   3   4   5   6
Mavzu Jismoniy tarbiya va sportni boshqarishda ishtirok etuvchi

Mudofaa vazirligi tizimida jismoniy tarbiya va sport ishlari
Mudofaa vazirligi tizimida zobitlar (ofitserlar) va shaxsmy tarkibdagi harbiylarni jismoniy, harbiy-jis-moniy hamda texnik jihatdan chiniqtirish, tarbiyalash asosiy faoliyatlar tarkibiga kiradi. SHu jihatdan har-biy Akademiya, havo, tank, avtomobil va boshqa sohalar-dagi Oliy hamda o’rta bilim yurtlarida jismoniy tarbiya bo’yicha mashg’ulotlar muntazam o’tkazilib, sport mashg’u-lotlari va musobaqalar tashkil etiladi. Harbiy qism-lardagi sport tadbirlari, harbiylarning jismoniy tarbiya mashg’ulotlari maxsus yo’riqnomalar (instruktsiyalar) asosida olib boriladi.
Mudofaa vazirligi tarkibida mavjud bo’lgan Marka-ziy harbiy sport klubi (MHSK) zobitlarning harbiy jiemoniy tayyorgarligini oshirish va sport mashg’ulotla-rini tashkil etish uchun xizmat qiladi. Klub terma jamoa-lar tuzib, harbiy tashkilotlar respublika va boshqa sport musobaqalarida ularning qatnashishini ta’minlaydi.

Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tizimida jismoniy tarbiya va sport ishlari
Yuqorida ta’kidlanganidek, o’quv yurtlariga ega bo’lgan barcha vazirliklar, Davlat qo’mitalari o’z sohalarida jis-moniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qiladilar. Un-dan tashqari, o’z ixtisosliklarida faoliyat ko’rsatayotgan mehnat jamoalari, muassasalar va tashkilotlardagi aholi-ning jismoniy jihatdan sog’lom bo’lishini ta’minlash ularning muhim vazifalariga kiradi.
Ma’lumki, qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tizi-mida ham ko’pgina o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari mav-juddir. Ularning o’quv rejalari va dasturlarida jismo-niy tarbiya darslari hamda ommaviy sport tadbirlari asosiy faoliyatlar tarkibidan o’rin egallagan. CHunki mu-taxassislarni jismonan baquvvat qilib tarbiyalash umum-davlat ahamiyatga molik bo’lgan pedagogik jarayon hisob-lanadi.
Mehnatkash yoshlarning ish qobiliyatlarini, mehnat unumdorligini oshirish va ularning jismonan tetik bo’li-shida jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari muhim omillardan biridir. SHu sababli ishlab chiqarish korxo-nalari, ularning sport majmualarida sport klublar fao-liyat ko’rsatadi. Unda yetakchi murabbiylar, tajribali us-lubiyatchilar mehnat qilishadi.



Yüklə 27,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin