Mavzu: Jismoniy tarbiya vositalari. Reja: Jismoniy tarbiya vositalari


TABIATNING SOG’LOMLASHTIRISH KUCHI



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə4/7
tarix02.01.2022
ölçüsü1,05 Mb.
#45963
1   2   3   4   5   6   7
Jismoniy tarbiya

TABIATNING SOG’LOMLASHTIRISH KUCHI.

  • TABIATNING SOG’LOMLASHTIRISH KUCHI.
  • Jismoniy tarbiya jarayonida tabiatning sog’lomlashtirish kuchidan ikki yo’nalishda: jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini muvaffaqiyatli tashkil etish va o’tkazish sharti sifatida hamda chiniqishning mustaqil vositasi sifatida foydalaniladi. Tabiat kuchi kishilarning sog’ligini mustahkamlash va ish qobiliyatlarini oshirishning muhim vositasidir.
  • Bevosita jismoniy tarbiya jarayonining o’zida tabiatning sog’lomlashtirish kuchidan harakatlar bilan birgalikda foydalaniladi. (ochiq havoda jismoniy tarbiya mashg’ulotlari, quyosh bilan nurlantirish jismoniy mashqlar va boshqalar). Tabiat kuchining yahshi ta`sir etishi jismoniy mashqlarning kishi organizmiga ijobiy ta`sirini oshiradi

Tabiatning kuchidan mahsus davolash tadbirlari (havo va quyosh manbalari, cho`milish va hokazo) sifatida ham foydalaniladi. Shug’ullanuvchilarga tabiatning sog’lomlashtirish kuchining organizmga ta`siri haqidagi asosiy bilimlarni muntazam ravishda berib borish hamda jismoniy mashqlarga doir mustaqil mashg’ulotlarda va kundalik hayotda ulardan foydalanish malakalarini hosil qilish jismoniy tarbiya vazifalaridan biridir.

Jismoniy tarbiya jarayonida tabiatning sog’lomlashtirish kuchidan foydalanishning asosiy natijasi kishining chiniqishi, ya`ni organizmning sovuq, issiq, quyosh radiatsiyasi kabilarga bardosh berish xususiyatining ortishidir. Bu hol sog’likni mustahkamlash va ish qobiliyatini oshirish imkonini beradi, buni ilk yoshlik chog`idan bolab doimo o’tkazib turish lozim.



Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin