17. Rossiya imperatori Aleksandr III tomonidan yangi «Turkiston o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizom» qachon tasdiqlandi? J: 1886-yil 12-iyulda
18. 1886-yili Zarafshon okrugi o‘rnida qaysi viloyat tashkil etilgan? J: Samarqand viloyati
19. 1886-yildan e‘tiboran Jizzax uyezdi qaysi ma‘muriy birlik tarkibiga kiritilgan? J: Samarqand viloyati
20. 1892-yil bahor faslining oxirlariga kelib Jizzax uyezdi hududiga qaysi kasallik kirib keldi? J: vabo
21. Jizzax uyezdi hududiga vabo kasalligi qaysi hududdan kirib keldi? J: Afg‘onistondan
22. Afg‘onistonda vabo kasalligi qachon tarqalgan edi? J: 1892-yil martda
23. 1892-yil iyunda vabo kasalligi qaysi hududda qayd etildi? J: Toshkent
24. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Jizzax aholisi, asosan, nima yetishtirishgan? J: don mahsulotlari
25. 1916-yildagi Jizzax qo‘zg‘oloni boshlanishidan oldingi ijtimoiy vaziyatga bir nazar tashlang. Bu davrda aholining ahvoli yomonlashuviga nima sabab bo‘lgan edi? J: ularning yerlari imperiyaning markaziy hududlaridan ko‘chirib keltirilganlarga berib yuborilishi, soliqlarning ko‘payib borishi
26. 1916-yildagi mardikorlikka olish haqidagi farmonga ko‘ra, necha yosh oralig‘idagi erkaklar front orti ishlariga safarbar qilinishi kerak bo‘lgan? J: 19 yoshdan 43 yoshgacha bo‘lgan
27. Mardikorlikka olinadiganlarning tuzilgan ro‘yxatiga muvofiq Samarqand viloyatining Jizzax uyezdidan qancha kishining mardikorlikka olinishi belgilandi? J: 11 ming kishi
28. Rossiya imperatorining mardikorlikka olish haqidagi farmoni Jizzaxda qachon e‘lon qilinadi? J: 1916-yil 3-iyulda
29. Jizzax uyezdida mardikorlikka olishga qarshi dastlabki g‘alayonlar qachon boshlandi? J: 1916-yil 5-iyulda
30. Jizzax uyezdida boshlangan dastlabki g‘alayonlarda aholi nimani talab qiladilar? J: farmonning bekor qilinishini, ro‘yxat tuzishni to‘xtatishni talab qiladi.