59. Qo‘zg‘olonda qatnashganlar qanday jazolarga hukm qilingan?
J: Ularning boshliqlari o‘lim jazosiga, qolganlari qamoq va surgunga hukm qilindi.
60. Mahalliy aholining qo‘zg‘olonda ishtirok etganligi, qo‘zg‘olonchilarga xayrixoh bo‘lganligi va ularni tutishda podsho hukumatiga yordam bermaganligi uchun....
J: o‘z uylaridan cho‘lga haydab yuborildi.
61. Qurol-aslaha ma‘nosinh bildiruvchi so‘zni toping?
J: Jeva
62. Qurol-aslahaxona boshlig‘i nima deb nomlanadi?
J: Jevachi
63. O‘qni tez otadigan avtomatik qurol nima deyiladi?
J: Pulemyot
64. Pulemyot so‘zi qaysi tildan olingan?
J: ruscha
64. Pulemyot so‘zining ma‘nosi nima?
J: O‘q va metall otmoq
65. Nima sababdan Turkiston aholisi 1916-1917-yillar qish oylari uchun g‘amlaydigan oziq-ovqat zaxirasining katta qismidan ayrildi?
J: 1916-yilgi qo‘zg‘olonlar yoz faslida bo‘lib o‘tganligi bois ekinzorlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari nobud bo‘ldi
66. Rossiya imperiyasining butun mustamlakachilik davomida Turkistondagi eng qudratli va uyushgan qo‘zg‘olon qachon bo‘lib o‘tgan?
J: 1916-yil
67. Tarixda «Jizzax fojiasi» degan nom qoldirgan voqea qaysi?
J: 1916-yilgi Jizzax qo‘zg‘oloni
68. «Jizzax qo‘zg‘oloni» nomli doston muallifi kim?
J: Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li
7-sinf uchun namunaviy savollar:
1. Qaysi voqeadan keyin Ilyosxo‘ja hech qanday qarshilikka uchramay, Xo‘jand va Jizzax shaharlarini egallaydi?
J: Loy jangidagi g‘alabadan so‘ng
2. Ilyosxo‘ja Xo‘jand va Jizzax shaharlarini egallagach qayerga yurish qiladi?
J: Samarqand ustiga yuradi.
3. Mirzo Ulug‘bek qayerda "zafarnoma" yozdirgan?
J: Jizzax yaqinida Ilono‘tti darasi ichida
4. Mirzo Ulug‘bek nima sababdan Jizzax yaqinidagi Ilono‘tti darasi ichida o‘ziga xos “zafarnoma” yozdirgan?
J: Mo‘g‘ulistonda bo‘lgan urushda Ulug‘bek qozongan g‘alabaning nishoni tarzida
Dostları ilə paylaş: |