Tadqiqotning maqsadi. Jizzax vohasining tarixi va madaniyatini Intellektual shou o‘yinlari orqali yoritish.
Tadqiqotning vazifalari. - Bizgacha etib kelgan yozma manbalardagi Jizzax vohasi tarixi haqidagi ma‘lumotlarni tahlil qilish;
- Jizzax vohasining tabiiy geografik o‘rniga umumiy tavsif berish;
- Jizzax vohasi (Ustrushona)ning qadimgi davr tarixini yoritish;
- Jizzax vohasining o‘rta asrlar davri tarixiga tavsif berish;
- Jizzax vohasining yangi davrdagi tarixini o‘rganish;
- Jizzax vohasining mustaqillik yillaridagi tarixiga nazar tashlash;
- Qadimgi davrdagi Ustrushona xalqlari madaniyatini yoritish;
- Ustrushona hududida shaharsozlik madaniyatining vujudga kelishini o‘rganish;
- Ustrushona xalqlari manaviy diniy hayotini tahlil qilish;
- Jizzax vohasi tarixi bo‘yicha intellektual o‘yinlar o‘tkazish usullarini o‘rganish;
- Umumta‘lim maktablarida Jizzax vohasi tarixi va madaniyati mavzusini interfaol usullarda o‘rganish kabilardan iborat.
BMI ning obekti va predmeti. Tadqiqotning obektini asosan Jizzax vohasi tarixi va madaniyatini yoritish tashkil etadi. Uning predmetini esa o‘rganilgan manbalarni tavsiflash orqali Jizzax vohasi xalqlari tarixi va madaniy hayotining barcha shakllarini tahlil qilish kabilar tashkil etadi.
BMI ning nazariy uslubiy asoslari. Tadqiqot mazmun mohiyatini ochib berishda, tarixiy haqiqat va xolislik nuqtai-nazaridan yondashilgan. Prezident SH.M.Mirziyoevning asarlarida tarixchi olimlar oldiga qoyilgan vazifalar, "O‘zbekiston Arxeologiyasi taraqqiyoti konsepsiyasi”da qayd etilgan amaliy tadbirlardan kelib chiqib mavzu yoritilgan. Bunda jahon va respublikamizdagi taniqli arxeolog olimlarning tadqiqotlari va ularda ilgari surilgan ilmiy farazlarga tayanildi.
BMI ni yoritishning metodlari.Mavzuni o‘rganish va tahlil qilishda tarixiy-falsafiy uslublardan, yani tahlil, taqqoslash, umumlashtirish, qiyosiy solishtirma va xronologik uslublardan foydalanilgan.