Mavzu: Karamdoshlar (Brassicaceae), Gulxayridoshlar (Malvaceae) oilasi. Savollar



Yüklə 355,23 Kb.
səhifə2/4
tarix15.05.2023
ölçüsü355,23 Kb.
#113640
1   2   3   4
Mavzu Karamdoshlar (Brassicaceae), Gulxayridoshlar (Malvaceae)

Qatron (Crambe) turkumi. Turkum 20 turdan iborat. Ular Yevropa va O'rtayer dengizi atroflarida keng tarqalgan. Gullari oq yoki sariq, mevasi 2 bo'g'imli. O'rta Osiyoda 5 turi, O'zbekistonda 4 turi o'sadi. Qatron (Crambe kotschiana) - ildizi yo'g'on, etli, bo'yi 50- 150 sm oralig'idagi, gullari oq, ko'p yillik o't o'simlik.Cho'ldan tog'larning o'rta qismigacha bo'lgan mayda chag'ir toshli, shag'alli tuproqlarda, yo'l yoqalarida va tashlandiq yerlarda o'sadi.Ycm-xashak, kraxmal va asalshira beruvchi o'simlik.
1-rasm.
Qatron (Crambe kotschiana)
Jag’-jag’ (Capsella) turkumi. Bu turkum 5 ta turni o'z ichiga oladi. O'zbekistonda uning C. bursa pastoris turi dorivor o'simlik sifatida qadrlanadi. U guli oq, qo'zoqchasi uzun bandli, bir yillik o't. Erta bahorda, ya’ni mart-aprel oylarida gullab, may-iyun oylarida mevasi yetiladi. U o'sish uchun joy tanlamaydi. O'zbekistonda keng tarqalgan. Jag’-jag’ o’simligining preparatlari tug’gandankeyin va bachadon kasalliklarida qon oqishini to’xtatish uchun hamda bachadon zaiflashganda uni tonuslovchi vosita sifatida ishlatiladi.


Gulxayridoshlar - Malvaceae
Gulxayrinamolar qabilasi Malvales. Qabila 11 ta oilani o'z ichiga oladi. Ayrim vakillari O'zbekistonda madaniy o'simlik sifatida ekiladi.
Gulxayridoshlar oilasi Malvaceae oilasining 70 turkumga mansub 900 dan ortiq turi tropik va o’rta iqlimida o’sadi. MDH da 12 turkumga mansub 72 turi o’sadi. Bu oila vakillari o't, buta va daraxtlardan iborat.
Barglari oddiy, butun yoki panjasimon o'yilgan. Ketma-ket joylashgan, yonbargli. Gullari yakka yoki to'pgulda joylashgan, aktinomorf, ikki jinsli, gulkosa va gultojbarglari 5 tadan. Gulkosachasi 2 qavatli. Gulkosacha barglari 3-12 tagacha bo'lib, erkin yoki tutashib o'sgan. Gultojibarglari yirik, erkin va rangli. Changchilari ko'p, ikki doirada joylashgan. Poyasi tik, monopodial va simpodial shoxlangan. Barglari oddiy, uzun bandli,yirik, 3 - 6 -7 bo'lakchali, ikkita yonbargchali. Gullari yirik, gultojibarglari och sariq rangli. Gultoji 5 ta, erkin. Changchisi ko’p, ikki doirada joylashgan. Tashqi doiradagi changchilari rcduksiyalangan. Ginetseyi senokarp, tugunchasi ustki, 3-5 uyali. Mevasi 3-5 uyali ko'sak, urug'chi (chigiti)si uzun va qisqa tolalar bilan qoplangan. Bizda g'o'zaning 3 turi va uning har xil navlari ekiladi.
1. Oddiy g'o'za - Gossypium hirsutum gullari och sariq. Ko'saklari yirik, 4-5 uyali, chigiti oq tolalar (tuklar) bilan qalin qoplangan. Vatani Meksika. O'zbekistonda bir nechta navlari ekiladi.
2. Misr g'o'zasi - Gossypium barbadense gullari sariq, tojibarglarining tagi qizil dog'li, ko'saklari 3-5 uyali, chigiti uzun va ingichka ipaksimon tolalar (tuklar) bilan qoplangan. Vatani Janubiy Amerika. Misr g'o'zasi O'zbekistonning janubiy tumanlarida qimmatbaho gazlamalar va texnikada ishlatiladigan to'qimalar uchun ketadigan ingichka va uzun tola olish uchun ekiladi.
3. Jaydari g'o'za - Gossypium hcrbaceum. Ko'saklari mayda,3-5 uyali, tolasi malla rangli, juda qisqa, dag'al o'simlik. Vatani Afrika. Bu turning navlari hozir kam ekiladi.

Yüklə 355,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin