Mavzu: Karamdoshlar (Brassicaceae), Gulxayridoshlar (Malvaceae) oilasi. Savollar



Yüklə 355,23 Kb.
səhifə3/4
tarix15.05.2023
ölçüsü355,23 Kb.
#113640
1   2   3   4
Mavzu Karamdoshlar (Brassicaceae), Gulxayridoshlar (Malvaceae)

Gulxayri (Althaea) turkumi. Bu turkum vakillari bir yoki ko'p yillik o't o'simliklardan iborat. Barglari panjasimon, 3-5 bo'lakli, chetlari yirik arra tishli. O'rta Osiyoda 6 ta turi, O'zbekistonda esa 8 ta turi tabiiy holda o'sadi.
Dorivor gulxayri - Altheae officinalis ko'p yillik, bo'yi 70 - 150 sm o'simlik. Poyasi tik o'sadi, biroz shoxlangan. Barglari tuxumsimon uchburchak yuraksimon, ba'zan 3 - 5 bo'lakli. lyun- sentabr oylarida gullab, urug' beradi. To'qaylarda va sernam tog'larning pastki qismlarigacha bo'lgan yerlarda o'sadi. Gulxayri ildizining preparatlari o’rab oluvchi,balg’am ko’chiruvchi hamda yallig’lanishga qarshi (ayniqsa, bolalarning nafas yo’llari kasallanganda) dori sifatida ishlatiladi. Dorivor gulxayri o’simligining yerustki qismidan ajratib olingan uglevodlar aralashmasidan mukaltin preparati olinadi. Mukaltin preparati balg’am ko’chiruvchi dori sifatida yuqori nafas yo’llari va o’pka yallig’lanishi kasalliklarida ishlatiladi.
2-rasm. Dorivor gulxayri.
Tugmachagul (Malva) turkumi. Bu turkum vakillari bir va ko'p yillik o't o'simliklardan iborat. Ostki gulkosachalari 2-3-5 ta, erkin, qalami yoki cho'ziq nashtarsimon bargchalardan iborat. Mevasi ko'p urug'li (mevachali) to 'p - mevadan iborat. O'rta Osiyoda 12 turi, O'zbekistonda 6 ta turi o'sadi. Tugmachagul Malva neglecta bir yillik, bo'yi 10-40 sm li o't. Poyasi yer bag'irlab, ba’zan yerdan biroz ko'tarilib o'sadi, shoxlangan. Barglari uzun bandli, 5-7 bo'lakli. Gullari pushti, barg qo'ltig'ida joylashgan. Aprel-sentabr oylarida gullab, urug’ beradi. Sug'oriladigan va bahorikor yerlarda tarqalgan. Begona o’t.
Hibiscus-Boritaroq turkumi, 250 dan ortiq turni o’z ichiga oladi, ularning ko’pchiligi tropic o’lkalarda tarqalgan.Uning daraxtsimon 3 turi manzarali o’simlik sifatida keng ko’lamda ekib kelinmoqda.Ular oddiy bargli gullari yirik xar-xil rangli o’simliklardir.
Hibiscus syriacus
Yüklə 355,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin