Shaxsiy kasbga doir rejani shakllantirish bosqichlari.
Shaxsiy kasbga doir reja tuzishda quyidagilar zarur:
- faoliyatntng qaysi turi qiziqarli bo‘lishini aniqlash, “Odam-tabiat”,“Odam-texnika”,“Odam-odam”, “Odam-belgilar tizimi”, “Odam-badiiy obraz” tipidagi kasblar bo‘yicha ishga hohish qay darajada ekanligini tahlil qila olish, qiziqtirgan kasbni tanlash formulasini tuza olish;
- shaxs o‘zi yashayotgan xududdagi mehnat bazorida qaysi kasb egalariga ehtiyoj borligini aniqlashi;
- olingan ma’lumotlarni qiyosiy tahlil qilishi, kasbiy faoltyatning qaysi sohasida ishlashi mumkinligi to‘g‘risida xulosa chiqarish;
- qiziqtirgan kasbi vakillari bilan suxbatlashish, kasb professiogrammasi, maxsus adabiyotlardan foydalanish, ota-onalar bilan maslaxatlashish, shifokordan maslaxatlar olish asosida qiziqtirgan kasbi bilan yaqindan tanishish;
- o‘z shaxsiy xususiyatlarini tanlagan kasbining kasb egasiga qo‘yadigan talablariga moslashtirish;
- qiziqtirgan kasb mazmuni, mehnat sharoiti, kasbning kelajak istiqbollarini bilish;
- kasbni egallashning mavjud yo‘llari bilan tanishish; “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlarida ta’lim muasasasiga tashrif buyurish;
- umumta’lim va kasbiy tayyorgarlik olishning turli yo‘llari va ularning yutuq hamda kamchiliklarini tahlil qilish.
Dostları ilə paylaş: |