Mavzu: Kasb egallash va ishga joylashishga doir shaxsiy reja tuzish Reja


O‘quvchilar o‘z-o‘zini chuqur o‘rganishiga quyidagi talablar qo‘yiladi



Yüklə 18,27 Kb.
səhifə2/9
tarix02.01.2022
ölçüsü18,27 Kb.
#42591
1   2   3   4   5   6   7   8   9
mustaqil ish

O‘quvchilar o‘z-o‘zini chuqur o‘rganishiga quyidagi talablar qo‘yiladi:

- o‘z qiziqishlqrini to‘liq (nima imidj sifatida qiziqish va nima kelgusidagi kasb sifatida qiziqish ekanligini), intilish va o‘z xarakteridagi o‘ziga xos tomonlarini, jismoniy imkoniyatlarini taxlil qilishi va aniqlashi;

- o‘zining kuchli va zaif tomonlarini, asosiy va ikkinchi darajali sifatlarini taxlil qilishi va aniqlashi;

- o‘z qiziqish va qobilyatlariga mos keluvchi kasblarni aniqlash va ular to‘g‘risida to‘liqroq ma’lumot va bilimlarga ega bo‘lish maqsadida jurnal maqolalari va adabiyotlarni mutaola qilish;

- tahminiy (dastlabki) tanlangan kasb va unga turdosh bo‘lgan kasblarni belgilash;

- tanlangan kasb egalari bilan yaqindan suxbatlashish, bu mutaxassislik ish joylariga tashrif buyurib, ish jarayoni va sharoitlari bilan tanishish;

- bu kasbda qachon va qaerda o‘z kuch va imkoniyatlarini amaliyotda sinab ko‘rishligini o‘ylash;

- tanlagan kasbni egallash mumkin bo‘lgan ta’lim muassasasi bilan tanishish;

- o‘z shaxsiy sifat va imkoniyatlarini o‘zi tanlagan kasbi talablari bilan solishtirib ko‘rish;

- uchrashi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar oldida chekinmaslikka qaror qilish, ko‘zlangan maqsadga erishishda qarorida qatiy turish.

Shundan kelib chiqqan xolda o‘quvchilarning shaxsiy kasbga doir rejasini tuzishda quyidagilarni xisobga olish zarur.

1.Asosiy maqsad (kelajakda kim bo‘lishi, qanday bo‘lishi, nimalarga erishishi, xayot va faoliyati mazmuni na’munasi nima bo‘lishini bilishi) .

2.Faoliyatning yaqin kelajakdagi tarkibiy qismlari (zanjiri) va birmuncha alohida aniq maqsadlar(nimaga va qaerda o‘qishni davom ettirishi, malaka oshirish istiqbollari).

3.Yaqin maqsadlarga erishish yo‘li va vositalari (insonlar bilan suhbat, muloqat, o‘z kuchini sinab ko‘rish, mustaqil ta’lim olish, tayyorlov kurslari, ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish).

4.Maqsadga erishishning tashqi shartlari (qiyinchiliqlar, mavjud qarshiliqlar,u yoki bu shaxslarning qrshiliq ko‘rsatishlari).

5.Ichki shartlar(o‘z imkoniyatlari: sog‘ligi, kasb-faoliyatni nazariy yoki amaliy o‘rganish qobilyatlari, o‘z fikrida qatiy turishi, sabr-toqati, shaxsiy fazilatlari, tanlagan kasbi bo‘yicha ishlay olishi).

6.Tanlagan asosiy variant (kasbi)da faoliyat yuritishida salbiy, nomuofiqliq, to‘g‘ri kelmaslik xolatlari yuzaga kelganda maqsadning altirnativ variantlari va unga erishish yo‘llari.


Yüklə 18,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin