Insonning kasb tanlash va u jarayonni boshqarish tamoyillari.
Onglilik tamoyili. Quyidagi xolatlarni ongli mushohada amalga oshirgan insongin kasbni to‘g‘ri tanlashi mumkin:
- u o’zi nimani xoxlashini (o‘z maqsadini, hayotiy rejalarini, g‘oyalarini va natijaviy mo‘ljalga intilishni to‘g‘ri anglashini);
- u o’zi aslida kim (o‘z shaxsiy va jismoniy xususiyatlarini);
- u o’zi nimaga qodir (o‘z hohish-istak, qobilyat va kamchiliklarini bilishini);
- ishda va mehnat jamoasida undan nima talab qilinishini.
Mos kelish tamoyili.Tanlangan kasb insonning qiziqishlari, intilishi, xoxishi, qobilyatlari, sog‘ligi shu bilan birga jamiyatning shu kasb egalariga bo‘lgan eg‘tiyojlarining bir-biriga mos kelishi.
Faollik tamoyili. Kasbni shaxs-o‘quvchining o‘zi faol izlashi, topishi va tanlashi kerak. Bu jarayonda o‘quvchilarning o‘zini to‘garaklar, seksiya, fakultativ va shu kabi darsdan tashqari tadbirlardagi amaliy sinab ko‘rish faoliyati, adabiyotlarni mutaola qilishi, ekskursiyalar, mutaxassislar bilan tashkil etiladigan uchrashuvlar, “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlarida ta’lim muasasasiga tashrif buyurish, psixolog va kasbiy maslaxatchidan olgan mustaqil maslaxatlari katta rol o‘ynaydi.
Dostları ilə paylaş: |