Pedagogik faoliyatning ikkinchi turi, shu bilan tavsiflanadiki, unda o'qitish tajribasi umumlashtiriladi, tizimlashtiriladi va ilmiy an ko'rinishini oladi. Bunga kitob chop etishning paydo bo'lishi, pedagogik mehnatning bo'linishi va ixtisoslashuvi sabab bo'ldi. Bu yerda pedagogik jarayon oqilona tashkil etilgan, o'qitish ma'lum qoidalar bo'yicha amalga oshiriladi. Ushbu sharoitlar bilimni obyektivlashtirish imkonini berdi. O'qituvchi sanoatlashgan (industrial) jamiyatning ishlab chiqarish xodimiga o'xshab, sanoatlashgan (industrial) turdagi xodimga aylanadi.