Pedagogik faoliyatning uchinchi turi, shu bilan tavsiflanadiki, u pedagogik texnologiya asosida amalga oshiriladi, o'qitovchining holatini zamonaviy kompyuterdan foydalanuvchi holati bilan taqqoslash mumkin. O'qitish texnologiyasi kasbiy yondashuv asosida aniqlanadi. Ular odatda, shaxsga yo'naltirilgan o'qitish texnologiyalari hisoblanadi.
«Pedagogik texnologiya» atamasi, ishlab chiqarish-texnologik sohasidan olingan, o'ziga xos ma'lum qoida va tamoyillarga ega bo'lgan, «texnologiya» tayanch iborasini o'z ichiga oladi. Ishlab chiqarish sohasida, mahsulotni tayyorlash uchun, ishlab chiqarishni tayyorlash talab etiladi, u turli xildagi ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik, texnologik, tashkiliy-rejaviy tadbirlarni qamrab oladi.Oliy malakali mutaxassislarni tayyorlash jarayoni ham shunga o'xshash tadbirlar majmuasini o'z ichiga oladi. Oliy ta'lim sohasida kadrlar tayyorlash bosqichlari va ishlab chiqarishni tayyorlash bosqichlari juda o'xshashdir.
Ishlab chiqarishni tayyoriashning birinchi bosqichida ilmiy-tadqiqotlar natijasi bo'yicha konstruktorlik tayyorgarligi amalga oshiriladi, ta'limda esa davlat ta'lim standartlari (ta'lim sohasi «konstruksiyasi»ni aniqlovchi) tayyorlanadi.
Mamlakatimizda oliy ta'lim sohasi ilmiy-tadqiqot ishlari va davlat ta'lim standartlari loyihalarini ishlab chiqish Oliy va o'rta maxsus ta'limni rivojlantirish Markazi hamda ta'lim yo'nalishlari bo'yicha tayanch oliy ta'lim muassasalari tomonidan bajariladi.