Mavzu: Kasb-hunar kollejlarida fizika o`qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə34/67
tarix01.02.2022
ölçüsü0,77 Mb.
#51929
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   67
kasb-hunar kollejlarida fizika oqitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish

1.4. Pedagogik texnologiyaning umumiy tuzilmasi

Pedagogik texnologiya, o'z tamoyillariga binoan, pedagogik qobiliyatga va yetarli o'qituvchilik ish tajribasiga ega bo'lgan yetuk pedagoglar tomonidan loyihalanadi. Pedagogik texnologiyaning tamoyillari, qayta takrorlanadigan o'rgatuvchi sikl sifatida ro'yobga chiqariladigan o'quv jarayonini yaratishga imkon beradi.

o'ta aniqlashtirilgan o'quv maqsadlarini ishlab chiqish.


Ularni o'lchash va baholash mezonlarini o'rnatish;

  • o'quv maqsadlariga erishishga yo'naltirilgan o'quv jarayonini ishlab chiqish va aniq tasvirlash;

  • butun o'quv jarayonini o'qitish natijalariga kafolatli erishishga qaratish;

Pedagogik texnologiyani yaratish amaliyoti shuni ко 'rsatadiki, o'ta aniqlashtirilgan o'quv maqsadlarini ishlab chiqish uchun amerikalik olim B.Blum taksonomiyasidan foydaianish maqsadga muvofiq bo'ladi. O'lchov mezonlarini o'rnatish va ularni baholash ishlab chiqilgan diagnostik testlar yordamida bajariladi.

Bunda, har bir o'quv materialining yetarli o'zlashtirilish darajasini belgilash muhim ahamiyatga ega. Butun o'quv jarayoni unga qaratilgan taqdirdagina, o'quv maqsadlariga erishish mumkin bo'ladi.



O'quv jarayonini o'quv maqsadlariga erishishga yo'naltirish o'quv rejasini ishlab chiqishdan boshlanadi. Birinchi navbatda o'quv rejadagi har bir o'quv fanning mutaxassis tayyorlashdagi o'rni va ahamiyatini aniq o'rnatish zarur. Bu esa, Davlat ta'lim standartlari va mutaxassis faoliyatining chuqur tahlili asosida bajariladi. O'quv fanining mutaxassis tayyorlashdagi roliga ko'ra, mashg'ulotlar turlari - ma'ruza, amaliy (seminar), laboratoriya, mustaqil ishlar orasidagi nisbatlar o'rnatiladi.

Umumkasbiy va ixtisoslik fanlari uchun amaliy va laboratoriya mashg'ulotlariga ajratilgan o'quv soatlari ma'ruza soatlardan ko'p bo'lishi kerak, chunki bu yerda olingan bilimlarni qoilash, tahlil etish, sintez, baholash darajasida bo'lishi muhimdir. Ya'ni, mutaxassis faoliyati uchun zarur bo'lgan malakalarga ega bo'lishi lozim. Boshqa turdagi o'quv fanlari uchun mashg'ulotlar turlari orasidagi nisbat o'zgacha nisbatlarda rejalashtiriladi va ma'lum darajada ta'lim yo'nalishiga bog'liq bo'ladi.



Shu bilan bir qatorda, Oliy maktab o'quv jarayonini tashkil etish samaradorligiga auditoriya soatlari va mustaqil ish uchun ajratilgan

soatlar orasidagi nisbatlarni maqbullashtirish ta'sir ko'rsatadi.

Ta'lim bosqichi oshishi bilan mustaqil ishlash malakalari va zaruriyati oshib boradi. Zero, ta'lim bosqichi oshishi bilan, malakalarni shakllantirish mutaxassis kasbiy faoliyati bilan bog'liq bo'lgan ishlarni bajarish talablari oshib boradi.

O'quv jarayonini tashkil etish samaradorligiga ta'sir etuvchi keyingi omil o'quv grafigini maqbullashtirish hisoblanadi. O'qitish jarayonining samaradorligi nuqtayi nazaridan, bir haftaga ajratilgan auditoriya mashg'ulot soatlarning eng kam miqdori to'rt soatni tashkil etishi kerak. Haftalik auditoriya soatlari bundan kam bo'lgan fanlar uchun o'quv jarayonini blokli tashkil etish tavsiya etiladi. Chunki darslarning oraliq vaqti 3-7 kundan ortiq bo'lsa o'quv materialni o'zlashtirish uzviyligi yetarli bo'lmaydi, eslash darajasi keskin kamayadi Shuning uchun haftada kamida ikkita dars o'tkazish maqsadga muvofiqdir.


Ko'rish + eshitish + shu to'g'risida gapirish






Vaqt, soat

3 72



3- rasm. Darsda o'tilgan o'quv materialarni eslab qolish darajasiga vaqt o'tishining ta'siri.

O'quv maqsadlariga erishishda, o'quv jarayonining muhim tarkibiy elementi sifatida, o'qitish jarayonini samarali tashkil etishga alohida o'rin ajratiladi. Shaxsga yo'naltirilgan o'qitish texnologiyalari samarali hisoblanadi. O'qitishning ushbu texnologiyalari talabaning tabiiy qobiliyati darajasida fanlarni o'zlashtirishi uchun sharoit yaratadi, shaxs rivojiga imkoniyat tug'diradi.



O'qitishning rejalashtirilgan natijalariga kafolatli erishish o'qitish jarayonini texnologik tashkil etish va boshqaruvchanligi orqali ta'minlanadi.

O'qitish jarayoni sifati olingan bilim va malakalarning muntazam joriy tashxis testlarini o'tkazish, o'qitish jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalar vosita va usullari yordamida tuzatishlar kiritish orqali ta'minlanadi. Rejalashtirilgan natijalarga erishilganlik yakuniy nazorat orqali baholanadi.



Pedagogik texnologiya ishlab chiqarish-texnikaviy sohaning jarayonlariga xos barcha texnologik belgilarga ega. Shu jumladan, uning qayta takrorlanish belgisi tuzilgan pedagogik-texnologik xaritalarni qo'llash orqali ta'minlanadi. Shuning uchun pedagogik texnologiyada o'qitish natijalarini rejalashtirish va unga kafolatli erishishni ta'minlash imkoniyati mavjud.

Pedagogik texnologiyaning farqli xususiyatlari va afzalliklari quyidagilardan i bo rat:

  • o'quvjarayonning qayta takrorlanish imkoniyati;

  • uzluksiz teskari aloqani ta'minlash, o'qitish jarayoniga tuzatishlar kiritish, takrorlanadigan o'rgatuvchi sikUaruing mavjudligi;

•o'qitish natijalarini rejalashtirish va unga erishish ning kafolatlanishi


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin