Mavzu: Kasb tanlashda ota onalarning tutgan o‘rni


Bilimlaringizni kengaytiring



Yüklə 32,79 Kb.
səhifə5/7
tarix26.09.2023
ölçüsü32,79 Kb.
#149240
1   2   3   4   5   6   7
Kasb tanlashda ota onalarning tutgan o‘rni.

2. Bilimlaringizni kengaytiring. Mazkur muammoni biroz osonlashtirish maqsadida siz mehnat faoliyati va undagi yoʻnalishlar, istiqboli mavjud boʻlgan soha va mutaxassisliklar toʻgʻrisida bilimlaringizni mustahkamlashingiz kerak. Har yili oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish boʻyicha kitoblar nashr qilib boriladi. Ularda siz hattoki, maktab oʻquvchilari koʻpincha bilmaydigan kasblar bilan ham tanishishingiz mumkin. Ehtimol ulardan qaysi biridir sizning tanlovingiz boʻlishi mumkin.
3. Kasblar bilan yaxshiroq tanishib chiqing. Maktabni bitirish arafasida oʻspirin kasblar haqida xato va notoʻgʻri tasavvurga ega boʻladilar. Koʻpincha ular tanlagan kasblarini faqat ijobiy tomonlarini yoki aksincha salbiy jihatlarini koʻradilar. Buning uchun ota-onalar farzandlariga koʻp narsalarni aniqlab olishlari uchun yordam berishlari kerak. Shuning uchun 9-sinfdan boshlab asta–sekin oʻzingiz tanlagan yoʻnalishingiz bilan tanishish maqsadida institut va universitetlardagi “Ochiq eshiklar” kuniga tashrif buyurishni unutmagan holda qaror qabul qilishingiz lozim.
4. Oʻz xohishlaringizni tizimlashtiring. Baʼzi soha mutaxassislari maslahat berganidek, oʻzingiz uchun stol tayyorlashingiz mumkin. Sizni yuragingizga yaqin boʻlgan kasblarni vertikal ravishda va faoliyatingizda nimani xohlashingizni gorizontal ravishda joylashtirishga harakat qiling. Jadvalni iloji boricha batafsil toʻldirishingiz kerak. Agar tanlagan kasb sohasi va ishga qoʻyilgan talablar bir-biriga mos keladigan boʻlsa, “+”, agar mos boʻlmasa “-” ishoralarini qoʻyishingiz lozim. Shunday qilib, tanlovni amalga oshirishga yordam beradigan yoki tanlov doirasini va fikrlarni sezilarli darajada aniqlashga qaratilgan tasvir shakllantiriladi.
5. Soʻzdan amalgacha. Shunday qilib, biz biror narsa toʻgʻrisida qaror qildik yoki biror narsani tanladik. Endi siz oʻzingizni sinab koʻrishingiz kerak. Buning uchun turli oʻquv- guruhlari boʻlgan koʻplab ixtisoslashgan maktablar va kurslari mavjud boʻlib, ular sizga transport vositalarini mexanikasidan tortib, tadbirkorlikkacha oʻzingizni sinab koʻrish imkoniyatini beradi. Mazkur taʼlim muassasalarining aksariyat qismida darslar bepul amalga oshiriladi.

Yüklə 32,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin