Mavzu: Kasb tanlashda ota onalarning tutgan o‘rni



Yüklə 32,79 Kb.
səhifə6/7
tarix26.09.2023
ölçüsü32,79 Kb.
#149240
1   2   3   4   5   6   7
Kasb tanlashda ota onalarning tutgan o‘rni.

6. Zaxira aerodromi. Sizni oʻzingiz xohlagan aniq tanlovingiz boʻlishi bilan birga har holda qoʻshimcha ravishda eʼtiborga olishingiz kerak boʻlgan kasbingiz ham boʻlishi kerak. Hayotni oldindan aytib boʻlmaydi chunki har qanday narsa yuz berishi mumkin. Shu bois, tanlagan universitet va yoʻnalishingizga qobiliyatlaringiz mos kelmaganligi sababli kira olmay koʻnglingizda jarohat hosil boʻladi. Siz shunchalik ertalab uygʻonishingiz mumkin va oʻzingizni tanlovingizdan xafsalangiz pir boʻlib, uni oʻzgartirishga harakat qiling.
7. Qaror faqat mustaqil ravishda amalga oshiriladi. Ota-onangiz tomonidan beriladigan maslahatlar foydali lekin ularni fikri yakuniy qaror boʻlmasligi kerak. Psixologlarning taʼkidlashicha, biz koʻpincha atrof-muhitga, qarindoshlar, oʻqituvchilar, doʻstlarimizga eʼtibor qaratamiz. Odatda bunday vaziyatda ikkita yoʻldan boramiz yaʼni ularning fikriga amal qilamiz yoki aksincha. Oʻzi oʻsmir uchun nima kerak? Masalan, ona butun hayot davomida oʻqituvchilik faoliyati bilan shugʻullandi lekin u bu faoliyatidan allaqachon voz kechish kerak edi. Endi oʻzi xohlagan narsasiga qizi orqali erishishiga harakat qiladi. Bunday vaziyatda qanday yoʻl tutish kerak? Qarorni tinchlik yoʻli bilan qabul qilishga harakat qiling. Masalan, raqs oʻqituvchisi yoki ximiya oʻqituvchiligidan qaysi birini tanlashingiz uchun ota-onangiz va doʻstlaringizning maslahatlariga amal qiling. Baribir yakuniy qarorni oʻzingiz qabul qilishingiz lozim.
8. Kasb tanlashda oilaviy anʼanani davom ettirish shart emas. Siz oʻzingizni ishingiz undagi imkoniyatlar qulayliklar shuning bilan birga farzandingiz uchun muvaffaqiyatli martaba haqida oldindan bashorat qilib gapirishingiz mumkin. Agar farzandingiz sizni yoki otasini kasbini davom ettirmoqchi boʻlsa bu juda yaxshi. Lekin majbur qilishning oʻzi notoʻgʻri. Agar inson oʻzi yoqtirmagan ishi bilan butun hayot davomida shugʻullangandan keyin oʻzini baxtsizdek his qiladi.
Shunday qilib fikrlarimiz asosida quyidagi xulosalarni keltirib oʻtamiz:
- oila aʼzolaringiz va doʻstlaringiz bilan maslahatlashilgan holda ularning fikriga koʻra, siz tanlagan kasbingiz oʻzingizga mos keladi;
- ommaviy axborot vositalari yangi kasb sohalari haqida koʻproq maʼlumot olishga yordam beradi va maxsus manbalar (adabiyotlar internet va boshqalar) sizga jamiyatda ehtiyoji yuqori boʻlgan yoʻnalishlar haqida maʼlumotlar beradi;
- oʻzingizni xohishingiz va hayotingizdagi ustanovkalaringizni esingizga oling;
- olingan materiallarni har tomonlama koʻrib chiqing, yaxshilab tahlil qiling va oʻzingizga “Hayotda menga nima kerak?” degan savolga javob berishga harakat qiling.
- imkoniyatingiz boʻlsa, kasb tanlash boʻyicha malakali mutaxassis bilan maslahatlashishingiz zarur.

O'smirlar bilan kasb -hunarga yo'naltirish ishlarida men ko'pincha ularning mas'uliyatli tanlovi zarurligi haqidagi tashvishlari, noaniqliklari va xavotirlariga duch kelaman. Va bu tabiatdan ham ko'proq!


  • Demak, ota-onaning vazifasi bolaga tayyor qarorni tiqishtirish emas, uning o`zi qaror qabul qilishiga yordam berish ekan, buni qanday amalga oshirish mumkin?

  • 1-qadam. Kasblar ro`yxati va xarakteristikasini bir qog`ozga yozib chiqing. Inson kasb tanlar ekan, nafaqat tirikchilik vositasini, balki hayot tarzi va ijtimoiy muhitni ham tanlaydi. Bola bo`lajak kasbi qaysi talablarga javob berishi kerakligi ustida bosh qotirsin (ko`p pul keltirsinmi, tezroq mansab pillapoyalarida ilgarilash imkoni bo`lsinmi, kasbi elga tanitsinmi va h.k). Bu kelajakdagi maqsadlarni aniqlashga yordam beradi.

  • 2-qadam. Qanday kasblar bor? Qaysi kasb egasi nima ish qiladi, degan savollarga javob izlang. Biz, masalan, shifokor, o`qituvchi, jurnalist, novvoy kabi keng tarqalganlarini bilamiz. Lekin tor ixtisosliklar borki, ularga doim talab mavjud: olaylik, mashina quruvchilari, mikrobiologlar, nanomuhandislar va hokazo. Shular haqida ham qiziqib ko`ring.

  • 3-qadam. Axborot to`plang! Farzandingiz bilan birgalikda mehnat bozori haqida ma`lumot yig`ing. Bunda sizga turli ma`lumotnomalar, ishga taklif e`lonlari yozilgan davriy nashrlar va internet saytlari yordam beradi. Kasblarning istiqbolini ham o`ylang: bugun kerak bo`lgan sohaga 10 yildan so`ng talab tushib ketishi mumkin. Shuni ham hisobga oling.

  • 4-qadam. Gapdan ishga o`ting. Quruq suhbatlar bilan cheklanib qolish yaramaydi. Bilamizki, o`smirlar ota-onasining fikriga doim ham qo`shilaverishmaydi. Bunda ularning o`zi orttirgan tajriba ko`proq foyda beradi. Agar bolani ma`lum yo`nalish qiziqtirgan bo`lsa, biror to`garakda, korxonada ma`lum muddat shu kasb bilan shug`ullanishiga imkon yaratib bering: mayli, mashina tuzatib ko`rsin, biznes-reja tuzsin va hokazo.

  • 5-qadam. Bolani kasb tanlash testlaridan o`tkazing. Hozir maktablarda bunday testlar o`tkaziladi, unda bolaning u yoki bu kasbga layoqati, qobiliyati va fikrlash tarzi tekshirib ko`riladi. Agar bunday testlash o`tkazilmagan bo`lsa, internet yordamga keladi. Ular farzandingizning ichki salohiyatini to`g`ri baholashga yordam beradi.

  • 6-qadam. Ta`lim muassasasiga ekskursiya uyushtiring. Hozirda o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi hamda Oliy ta`lim vazirligi tomonidan turli o`quv yurtlarida ochiq eshiklar kunlari o`tkaziladi. Farzandingizni shu tadbirlarga olib boring. Uning o`zi hal qilsin, bu o`quv yurtida o`qishni istaydimi yoki yo`q.

Yüklə 32,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin