Mavzu qobilyat va pedagogik qobiliyati haqida tushuncha
Ta’limda didaktik, tashkilotchilik, bilish, anglash, konstruktiv, kommunokativ qobiliyatlar. Didaktik qobiliyatlar quyidagilarda namoyon bo„ladi: a) tushuntirish qobiliyati, ya’ni talabalarni ko„zi bilan ko„rishi va eshitishi, tushunarsiz atamalarni tushunarli, sodda va hammabop qila olishi; b) akademik qobiliyatlar, boshqacha aytganda predmet, fan sohasini bilishi, eruditsiyasi, dunyoqarashni keng bo„lishi o„z ustida ishlash natijasi sifatida qaraladi; v) nutq qobiliyatlari, o„z fikri va his tuyg„ularini nutq shaklida aniq va ravshan namoyon qilish qobiliyati, nutqni muloqotning noverbal vositalar, ya’ni mimika va pantomimika bilan birga qo„shib olib borishi. Bundan predmetni bilish, o„zi bayon qilayotgan so„zlarga ishonishi murakkab frazeologik iboralardan voz kechish, qo„llanayotgan atama va tushunchalarni izohlash, nutq sur’ati va balandligi. Tashkiliy - kommunikativ qobiliyatlar quyidagi sifatlar bilan tavsiflanadi: tashkiliy qobiliyatlar, bunda faoliyatning 2 yo„nalishini belgilash zarur - birinchidan, ta’lim oluvchilar jamoasini tashkil qilish, ikkinchidan, o„z ishini to„g„ri tashkillashtirish, rejalashtirish va o„z - o„zini nazorat qilish, o„quv jarayonining vaqt jihatdan chegaralanganligini ijobatga olgan holda, bilimlarni etkazish uchun o„qituvchidan maksimum kuch talab etiladi;
kommunikativ qobiliyatlar - ta’lim oluvchilar jamoa, alohida shaxs bilan ularni individual va yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, to„g„ri o„zaro munosabat o„rnatish; buni ikki chegaraning o„rtasida - sovuq begonalik va familyar munosabatlardan bilish lozim;
S) pedagogik kuzatuv yoki a.s. Makarenko aytganidek, “YUzaga qarab o„qish qobiliyati ”, ya’ni ta’lim oluvchining ichki dunyosiga kira olish, ziyraklik, talaba shaxsini tushunish va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini anglash. Bularga, albatta, tashqi omillar, talabaning xulq-atvori hamda pedagogik tajriba ham ta’sir ko„rsatadi; pedagogik taktika - ya’ni talabalarga ta’sir ko„rsatishning maqsadga muvofiq choralarni topish qobiliyati, ularning individual va boshqa xususiyatlarini inobatga olgan holda, konkret vaziyatdan kelib chiqib, inson shaxsiyatiga tegmagan holda;
suggestiv qobiliyat - talabalarga emotsional - irodaviy ta’sir ko„rsatish qobiliyati, talab qo„yish va ularni bajarilishi, hech qanday bosim va zo„rlashsiz, shu bilan birga yumshoqlik va irodasizlik;
pedagogik xayol, o„z harakatlarining oqibatlarini oldindan ko„ra olish qobiliyati, ta’lim oluvchilar shaxsini tarbiyaviy loyihalash, ta’lim oluvchining u yoki bu sifatlarini rivojlantirish oldindan ko„rish qobiliyati;
diqqatni taqsimlash, o„z diqqatini bir nechta ob’ekt va faoliyatlar orasida taqsimlash, ya’ni materialni bayon qilish, fikr rivojlanishini kuzatish, yuzaga kelgan savollarga o„z vaqtida javob berish, ta’lim oluvchilar jamoasi xulq - atvorini nazorat qilish.
Pedagogik texnologiya pedagoglarning professional ahamiyatli mahoratlari tizimini aniqlab beradi. Ta’lim oluvchiga ta’sir ko„rsatishni tashkil qilish bo„yicha pedagogik faoliyatni texnologikligini anglash uslublarini taklif etadi. Har bir pedagog ta’lim oluvchiga ta’sir ko„rsatishni ko„pgina parametrlarga ko„ra tuzadi. Emotsional - ruhiy holat, yoshga oid va madaniy rivojlanishning umumiy darajasi, munosabatlarnining shakllanganligi, ma’naviy va intellektual rivojlanish va boshqalar. YAkunida tashqi namoyon asosida talaba shaxsi har bir birlamchi tasavvurda shakllanadi. Pedagogik ta’sir Xarakterini ko„p jihatdan aniqlab beradi. Pedagogik texnologiya nuqtai nazaridan pedagogika bilan prinsipial talablarni olimlar pedagogik ta’sir uslubini qo„llashning umumiy qoidalarini belgilashdi: Talabalarga nisbatan talab va hurmatning uyg„unligi. Har qanday pedagogik ta’sirning tayyorlanganligi. Ushbu ta’sirni oxirigacha etkazish. Ta’lim natijasi uchun mas’uliyatni his qilish qobiliyati. Ushbu har bir nizomni olib chiqib, ta’kidlash joizki, ularning hammasi ta’lim oluvchilarning bilish faoliyati hamda predmet va natijasiga qiziqishni rivojlantirishiga yo„naltirilgan. SHuni unutmaslik joizki, ta’lim muvafaqqiyati pedagog, uning yuqori professional mahorati, uning shaxsiy xususiyatlariga ko„p jihatdan bog„liq.