Mavzu: kasbiy faoliyat va qobiliyat haqida tushuncha



Yüklə 38,01 Kb.
səhifə3/8
tarix20.09.2023
ölçüsü38,01 Kb.
#145813
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu qobilyat va pedagogik qobiliyati haqida tushuncha

Pedagog qobiliyati - bu bolalar bilan ishlashga ishtiyoq, bolalarga nisbatan muhabbat, ular bilan bo„lgan muloqotdan mamnun bo„lish bilan ifoda bo„ladigan shaxs sifatlari. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo„ladi va rivojlanadi. Qobiliyat malaka va uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq, o„qish natijasi hisoblansa, qobiliyatning rivojlanishi uchun esa yana iste’dod layoqat va zexn, ya’ni inson asab tizimida anatomik - fiziologik xususiyat bo„lishi zarur.
Qobiliyat turlari
Qobiliyatning quyidagi turkumlari mavjud: 1. Tashkiliy -


o„qituvchining o„quvchilarni jipslashtirish, ularni band qilish, vazifalar bo„lib

Илмий

hni rejalash, qilingan ishlarni jamlash, mahoratida namoyon bo„ladi.



  1. Didaktikaga oid - oquv material, korgazmali qurollar, vositalarni yigib tayyorlab qoyish, oquv materialini aniq, ifodali va izchil bayon qilish, organishga bolgan qiziqish va manaviy, hissiy istaklarni ragbatlantirish, oquv bilimini orttirish, faollashtirish mahoratida namoyon boladi. 3. Perseptiv - tarbiyalanuvchilarning ma’naviy dunyosiga singib, ularning emotsional holatini baholash, ruhiy xususiyatlarini aniqlash mahoratida namoyon bo„ladi. 4. Kommunikativ - o„qituvchining o„quvchilar, ularning ota-onalari, hamkasblari, ta’lim muassasalari rahbarlari bilan pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq munosabatlar qurish mahoratida namoyon bo„ladi. 5. Suggestiv - o„quvchilarga emotsional ta’sir ko„rsatishda namoyon bo„ladi. 6. Tadqiqiy - pedagogik vaziyat va jarayonlarni o„rganish va ob’ektiv baholash mahoratida namoyon bo„ladi. 7. Ilmiy - o„rganish qobiliyatlari - tanlangan sohada ilmiy bilimlarni o„zlashtirish qobiliyatidan iborat.

Pedagogik faoliyatning samarali bo„lishi uchun o„qituvchida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo„lmog„i va tarbiyalab etishtirilmog„i lozim:
Bilish qobiliyati - fanning tegishli sohalariga oid qobiliyatlar. Bunday qobiliyatga ega bo„lgan o„qituvchi fanni o„quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq biladi. O„z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi.
Tushuntira olish qobiliyati - o„quv materialini o„quvchilarga tushunarli qilib bayon eta olish, o„quvchilarda mustaqil ravishda faol fikrlashga qiziqish uyg„otish qobiliyati.
Kuzatuvchanlik qobiliyati - o„quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira bilish qobiliyati, o„quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy xolatini juda yaxshi tushuna bilish bilan bog„liq bo„lgan psixologik ko zatuvchanlikdir.
Nutq qobiliyati - nutq yordamida, shuningdek, imo - ishora vositasida o„z fikr va tuyg„ularini aniq ifodalash qobiliyati. Bu o„qituvchilik kasbi uchun juda muhim.
Tashkilotchilik qobiliyati - birinchidan, o„quvchilar jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirishni, ikkinchidan, o„z ishini to„g„ri uyushtirishni nazarda tutadi.
Obro‘ orttira olish qobiliyati - o„quvchilarga bevosita emotsional - irodaviy ta’sir ko„rsatish va shu asosda obro„ qozona olish. Obro„ faqat shu asosdagina emas, balki o„qituvchining fanni yaxshi bilishi, mehribonligi, nazokatliligi va hokazo.
To‘g‘ri muomala qila bilish qobiliyati - bolalarga yaqinlasha olish, ular bilan pedagogik nuqtai nazaridan juda samarali o„zaro munosabatlar o„rnata bilish, pedagogik nazokatning mavjudligini bildiradi.
Kelajakni ko‘ra bilish qobiliyati - o„z harakatlari oqibatini ko„ra bilishda, o„quvchining kelgusida qanday odam bo„lishini tasavvur qila olishida, tarbiyalanuvchilarda qanday fazilatlarni taraqqiy ettirish lozimligini oldindan ayta olish.
Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati - o„qituvchi uchun diqqatning barcha xususiyatlari - hajmi, kuchi, ko„chuvchanligi, idora qilina olishi, safarbarligi kabilarning taraqqiy etishi bilan izohlanadi.
Pedagogining amaliy faoliyatida barcha qobiliyatlar bir xil muhimlikka egamikan? Ma’lum bo„lishicha, unday emas. So„nggi yillarda o„tkazilgan tadqiqotlar “etakchi” va “yordamchi” qobiliyatlarni ma’lum qiladi. Etakchi qobiliyatlar - pedagoglar orasida o„tkazilgan ko„p sonli so„roqlarga ko„ra, pedagogik ziyraklik (kuzatuvchanlik), didaktik, tashkiliy, ekspressiv qobiliyatlardan iborat. Qolgan qobiliyatlar yordamchi qobiliyatlar qatoriga kiradi.
O„qituvchi yuqorida ko„rsatilgan qobiliyatlardan tashqari, bir qancha kasbiy sifatlarga - aniq maqsadni ko„zlash, qat’iylik, mehnatsevarlik, kamtarlik kabi sifatlarga ega bo„lishi kerak. Bunday xususiyatlar bo„lmasa, o„rta pedagogik darajasidan yuqoriga ko„tarila olmaydi.
E’tiqod, odob, fuqarolik burchini anglash - o„qituvchining asosiy sifatlaridan birir. O„quvchilarga mehr - muhabbat o„qituvchining eng muhim fazilati. Bu o„quvchilarning hamma qilmishlarini kechirish, ularga hushomadgo„ylik qilish emas, balki talabchanlik va qattiqqo„llik, adolatlilik bilan qo„shilgan mehr - muhabbat bo„lib, ana shu sifatga ega bo„lgan shaxs o„zining ko„p vaqtini va kuchini o„quvchilar tarbiyasiga bag„ishlaydi.
Ijtimoiy faollik va fuqarolik burchini anglash o„qituvchi shaxsiga xos sifat. Zero haqiqiy pedagog to„la ma’nodagi jamoatchi bo„lib, bolalarga hayotda ijtimoiy faol xolatda turishning amaliy namunasini ko„rsatadi.
O„qituvchining muhim fazilati - kishilar bilan tez kirisha olish, ko„pchilikka aralasha bilish, ulfatijonlik, dilkashli bo„lib, bu unda muomala madaniyatining yuksakligini ifodalaydi. CHunki o„qituvchiga hamisha odamlar bilan aloqa qilishga ular bilan ishlashga to„g„ri keladi.
Hozirgi sharoitdan kelib chiqqan holda, o„quv - tarbiya jarayonida qulay munosabatlar yuritish uchun kasbiy jihatdan ahamiyatli asoslar bo„luvchi pedagogning insoniy xislatlari muhim ahamiyatga ega bo„lmoqda. O„qituvchi uchun muhim hislat - insonparvarlik, ya’ni o„sayotgan insonga oliy qadriyat kabi munosabatda bo„lish lozim. Insoniy munosabatlar o„qituvchining shaxsiga qiziqish, o„quvchiga nisbatan xayrixohlik, unga yordam berish, ularning gapiga quloq solmoq, uning o„quvchilik faoliyatiga yuksak talabchanlik, o„quvchi shaxsi rivojlanishiga tashvish qilishdan iborat.
O„qituvchi doim faol, ijodkor shaxs. U o„quvchilarning kundalik hayotini uyushtiruvchi odam. O„quvchilarning qiziqishini uyg„otish, ularni o„zi bilan etaklab yurish faqat yuksak irodali kishi qo„lidan keladi. Sinf, auditoriya, o„quvchilar jamoasi kabi murakkab organlarga pedagogik rahbarlik qilish tarbiyachidan topqir, zehni o„tkir, savodli, har qanday vaziyatlarni mustaqil echishga doim tayyor bo„lishligini talab qiladi. Pedagog - o„quvchilarga o„rnak, o„z orqasidan yurishga unday oladigan odam.
O„qituvchiga kasbiy jihatdan kerakli xislatlardan biri bu sabr-toqat va dadillik. O„qituvchining har qanday sarosimaga tushganini, nochorligini o„quvchilar sezishi va ko„rishi zarur emas. Bu borada A.S.Makarenko - “tormozsiz o„qituvchi - bu buzuq, haydab bo„lmaydigan mashina” - deb qayd qilgan. Buni hamisha esda tutish kerak, o„z harakati va axloqini nazorat qilishi lozim. O„quvchilar tubanlashmasligi, arzimagan narsalarga asabiylashmasligik kerak.
O„qituvchi Xarakterida qalbdan mehribonlik - o„quvchilar ruhiy holatini, ularning kayfiyatini sezishga imkoniyat beradigan va vaqtida yordamga kelish imkoniyatini beradigan o„ziga xos barometr. O„z tarbiyalanuvchilarining bugungi kun kelajaklari uchun xavotirlik - bu pedagogning tabiiy o„zining shaxsiy mas’uliyatini anglash.
O„qituvchi - talabchan bo„lishi shart. Bu uning muvafaqqiyatli ishlashining birinchi sharti. Dastlabki eng yuksak talablarni o„qituvchi o„ziga taqdim qilishi kerak, chunki o„zingda yo„q narsani birovlardan talab qila olmaysan. Pedagog talabchanligi bilan birga oqilona tarbiyachi ham bo„lishi lozim. Pedagogik jarayonlarda bo„lib turadigan keskinliklarni xolis qilish uchun tarbiyachiga xazil mutoyiba tuyg„usi yordam beradi. “Quvnoq pedagog xo„mrayganidan ko„ra, yaxshiroq o„qitadi” deb, bekorga aytilmagan. Uning ko„lamida tayyor hazil, maqol, yaxshi, do„stona piching - ijobiy emotsional xolat yaratishga yordam beradi va o„quvchilarni o„zga vaziyatga kulgili tomondan qarashga imkoniyat beradi.
Alohida pedagogning kasbiy nazokati haqida aytib o„tish joiz. Pedagogik nazokat - bu o„quvchilar bilan bo„lgan muloqotda me’yorni (chegarani) bilish. Nazokat bu tarbiyachining bir joyga to‘plagan aqli, tuyg‘usi va umumiy madaniyati. Pedagog nazokatining mag„zi bu tarbiyalanuvchilarning shaxsiga bo„lgan hurmat. Tarbiyalanuvchilarni tushunish - o„qituvchilarni nazokatsiz muomalalardan saqlab qoladi va unga aniq vaziyatlarda ta’sir etadi, tadbirlar tanlashda yordam beradi.
Pedagogik etikada yaxshilik tushunchasi o„qituvchilik faoliyati bilan bog„liq holda aniqlashtiriladi. Unda o„qituvchi va o„quvchilar jamoasi manfaatlarining birligi, o„qituvchi va o„quvchi maqsadining birligi, ta’lim - tarbiya samarasi uchun kurashining birligi aks etadi.
SHaxs axloqini Xarakterlaydigan belgilardan biri - mas’uliyat. O„qituvchi mas’uliyati -mas’uliyat tushunchasining butun mazmunini saqlagani holda, o„qituvchining faoliyati va ta’lim-tarbiya jarayonining aniq vazifalarini o„z ichiga oladi. O„qituvchi shaxs zimmasiga bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish mas’uliyati yuklanadi. O„qituvchi - o„quvchiga chuqur nazariy bilim berishi, uni hayotga, mehnatga tayyorlashi lozim. SHu bilan birga u o„quvchidagi mavjud layoqat va qobiliyatlarni payqab, individual munosabatda bo„lishi, unda mavjud bo„lgan ijobiy-axloqiy sifatlarni avaylab o„stirishi darkor.
SHunday qilib, pedagogik odobga ega bo„lgan o„qituvchi o„quvchilar orasida obro„ qozonadi. O„qituvchi qanchalik ko„proq obro„ qozonsa, ta’lim va tarbiya mohiyatan shunchalik muvafaqqiyatliroq bo„ladi. Aksincha, o„qituvchi obro„yi qanchalik past bo„lsa, uning bolalarga ta’siri shuncha bo„sh va o„quvchilarni voyaga etkazish jarayoni ham shuncha zaif bo„ladi.
Ijodiy ishlaydigan o„qituvchi faqatgina bolalarni muvafaqqiyatli o„qitish va tarbiyalash, ilg„or o„qituvchilar ish tajribalarini o„rganish bilangina cheklanib qolmasdan, tadqiqotchilik ko„nikma va malakalariga ham ega bo„lishi zarur. Hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti o„qituvchining ijodkor bo„lishini, fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olishi, fan yutuqlarini o„quvchilarga etkaza olishi, nihoyat o„quvchilarni ham ijodiy fikrlashga tadqiqot ishlariga o„rgata olishni talab qiladi. SHuning uchun o„qituvchi, eng avvalo, tadqiqotchilik malakalarini egallashi zarur. O„qituvchi ilmiy tadqiqot ishlari olib borish davomida omillarni to„playdi, tahlil qiladi, ular asosida xulosalar chiqaradi. U fan xulosalaridan o„zining amaliy faoliyatida foydalanish jarayonida hozirgi zamon o„qituvchisi uchun zarur bo„lgan juda muhim fazilatlarni egallaydi.
O„qituvchi qobiliyatida pedagogik qobiliyat o„rni va ahamiyatini umumiylashgan holda, o„qituvchilar shaxsiga qo„yiladigan asosiy talablar asosida tushunib olish mumkin. Ular kasbiy bilimdonlik, intelegentlik, ma’naviy barkamollik.
Hozirgi davrda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish keskin kuchaygani uchun ham o„qituvchiga va o„quvchiga turli-tuman axborot texnologiyalari bilan ishlashga to„g„ri kelganligidan ularning asosiylarini yuqori bilim va aql-idrok bilan ajratib olish zarur. SHuning uchun o„qituvchilar mehnati va bilimini tashkil qilish uchun quyidagilar zarur.
Pedagogning birgina axborot texnologiyalari muhitida ishlashga tayyorgarligini tashkil etish. Bu muammoni axborot texnologiyalarini bilish va ulardan o„quv jarayonida foydalanish ma’nosida qarash mumkin.
Pedagogning fikrini jamlash, vaqtini tejash hamda o„qitish metodikasini tashkil etishga imkon beruvchi yagona axborot tizimiga yaqinlashtirish.
Axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta’lim berishga tayyorlanish va o„tish. Bunday o„tish o„quv kurslarini axborotli telekompyuterli holatga o„tkazishni ko„zda tutadi.
Birlashgan axborot hajmidagi o„quv jarayonining dasturiy-uslubiy ta’minlashini tayyorlash.
SHunday qilib, universitetning bo„lajak pedagoglari aniq fanlarni o„qitishda kompyuterdan foydalanish malakalarini oshirishi va bilishi zarur.
Ta’limdagi xalqaro tendensiyalarning, xususan, kasbiy pedagogikadagi tahlili o„qituvchining ham kasbga oid va ham shaxsiy sifatiga nisbatan talablarning keskin ortishiga olib kelmoqda: A) ta’lim sifatining o„qituvchi kasbiy bilimdonligi yuqorilashib borishi zarurligini ko„rsatadi; B) o„qituvchilarga ko„plab ilmiy va ijodiy masalalarni qo„yish va echishlarga to„g„ri kelmoqda, bu esa o„qituvchi ilmiy va ijodiy xususiyatlarining ortib borishiga olib keladi. SHunday qilib, kelajak o„qituvchining uzluksiz ijodiy shaxsga aylanishi zarurligini ko„rsatadi; V) murakkablashib borayotgan tarbiya o„qituvchidan yuqori darajadagi intelegentlikni va ruhiy - ma’naviy xulqning ortib borishiga talabqilmoqda. G) XXI asr o„qituvchidan o„qitish va tarbiyaning ilg„or texnologiyalaridan va ajdodlarimiz bitiklaridan doimo foydalana borishini talab qilmoqda.

Yüklə 38,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin