Pedagogik mahorat - bu o„quv jarayonining barcha shakllarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo„naltirish, talabalarda (o„quvchilarda) dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish, ularda jamiyat uchun zarur bo„lgan faoliyatga moyillik uyg’otishdir. Pedagogik mahorat yaxlit tizim sifatida quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo„ladi:
pedagog shaxsini insonparvarlik yo„nalishiga ega bo„lishi, uning qiziqishlari, qadriyat yo„nalishlari va ideallarining oliy maqsad-barkamol avlod tarbiyalashga yo„naltirilganligi;
mutaxassislik fanlari, o„qitish metodikasi, pedagogika-psixologiyadan mukammal bilimga ega bo„lish;
pedagogik qobiliyatga ega bo„lish (muloqotga moyillik, ishchanlik, kelajakni tasavvur qila olish, kasbiy mustaqillik, sensor axborotlarni tezlik bilan anglash (yuzidan uqib olish);
pedagogik texnikani egallash, ya’ni o„z-o„zini boshqara olish, o„zaro ta’sir etish va hamkorlikda ishlashni uddalash.
Pedagogik mahorat o„z ichiga bolalar haqidagi, ularning psixologiyasi to„g’risidagi, maktab haqidagi, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va uning mazmuni, metodlari haqidagi keng bilimlarni qamrab oladi. Bu bilimlar umumiy pedagogik madaniyatni tashkil etadi, o„qituvchi, tarbiyachi bu madaniyatni egallamasa, hech vaqt o„z ishining chinakam ustasi bo„la olmaydi, yomon, eski usuldan, bir qolipdagi tayyor andozalarni ishlatishdan nariga o„tmaydi. Biroq, zamonaviy o„qituvchiga birgina umumiy madaniyatning o„zi kifoya qilmaydi, maxsus bilimlar va malakalar - bolalarni kuzatish, ularning o„sishidagi muhim narsalarni aniqlay olish, ularni rivojlantirish yo„llari va usullarini aniqlash, turli o„zaro ta’sirini chuqur tahlil qilish, pedagogik izlanishlar va yutuqlarni ilmiy jihatdan bir tizimga solish malakalari zarur bo„ladi. Pedagogik faoliyatning o„ziga xosligi quyidagilarda namoyon bo„ladi. Inson tabiatning jonsiz moddasi emas, balki o„zining alohida xususiyatlari, ro„y berayotgan voqealarni idrok qilishi va ularga o„zicha baho beradigan, takrorlanmaydigan faol mavjudotdir. Psixologiyada ta’kidlanganidek, har bir shaxs takrorlanmasdir. U pedagogik jarayonning o„z maqsadi, ishtiyoqi va shaxsiy xulqqa ega bo„lgan ishtirokchisi hamdir.
Pedagog doimo o„sib-o„zgarib boradigan inson bilan ishlaydi. Ularga yondashishda bir xil qolip, shakllanib qolgan xatti-harakatlardan foydalanish mumkin emas. Bu esa pedagogdan doimo ijodiy izlanib turishni talab qiladi.
O„quvchilarga pedagogdan tashqari, atrof-muhit, ota-ona, boshqa fan o„qituvchilari, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy hayot ham ta’sir etadi. Shuning uchun ham pedagog mehnati bir vaqtning o„zida jamiki ta’sirlarga va o„quvchilarning o„zida paydo bo„lgan fikrlarga tuzatishlar kiritib borishni nazarda tutadi.
Pedagogik maqsadning o„ziga xosligini quyidagilarda bilish mumkin: Pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi,
ya’ni pedagog faoliyatining natijasi jamiyat manfaatlari bilan bog’liqdir. Uning mehnati yoshlar shaxsini har tomonlama kamol toptirishga yo„naltirilgan. Pedagogik faoliyat avlodning ijtimoiy uzviyligi (ketma- ketligi)ni ta’minlaydi. Bir avlod tajribasini, ikkinchi avlodga o„tkazadi, ijtimoiy tajriba orttirish uchun insondagi tabiiy imkoniyatlarni ro„yobga chiqaradi. Pedagog faoliyati doimo shaxs faoliyatini boshqarish bilan bog’liq. Bunda pedagogik maqsad o„quvchi maqsadiga aylanishi muhimdir. Pedagog o„z faoliyati maqsadini va unga erishish yo„llarini aniq tasavvur qilishi va bu maqsadga erishish o„quvchilar uchun ham ahamiyatli ekanligini ularga anglata olishi zarur. Gyote ta’kidlaganidek: «Ishonch bilan gapir, ana shunda so„z ham, tinglovchilarni mahliyo qilish ham o„z-o„zidan
л kelaveradi» . Pedagogik (ta’lim-tarbiya) jarayonda o„quvchi faoliyatini boshqarish shuning uchun ham murakkabki, pedagog maqsadi doimo o„quvchi kelajagi tomon yo„naltirilgan bo„ladi. Buni anglagan holda, mohir pedagoglar o„z faoliyatini mantiqan o„quvchilar ehtiyojlariga muvofiq holda loyihalaydilar. Hamkorlik pedagogikasining tub mohiyati ham ana shundan iborat.
Shunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadining o„ziga xosligi o„qituvchidan quyidagilarni talab qiladi:
jamiyatning ijtimoiy vazifalarini to„la anglab, o„z shaxsiga qabul qilishi. Jamiyat maqsadlarini «o„sib» uning pedagogik nuqtai nazariga aylanishi;
muayyan harakat va vazifalarga ijodiy yondoshishi;
o„quvchilar qiziqishlarini e’tiborga olish, ularni pedagogik faoliyatning belgilangan maqsadlariga aylantirish;
O„quvchi shaxsiga doimo ijobiy-axloqiy ta’sir ko„rsata oladigan kishigina haqiqiy tarbiyachidir. Bunga erishish uchun pedagog o„zining axloqiy sifatlarini doimo takomillashtirib borishi zarur. O„quvchilarni mehnat, muloqot, o„yin, o„qish kabi faoliyat turlarida ishtirok etishlari tarbiyaning asosiy vositasi hisoblanadi. Har bir mohir pedagog o„zining individual pedagogik tizimiga ega bo„lishi kerak. Ayrim pedagoglar kasbiy mahorat sirlarini egallash uchun, avvalo ta’lim-tarbiya metodlarini takomillashtirishga intiladilar. Bu tabiiy hol, chunki aynan metodlar yordamida pedagog o„z o„quvchilarini turli o„quv faoliyatiga jalb qiladi. Shu bilan birga o„quvchilarni bilim olishga qiziqtirishda o„qituvchi tomonidan tanlangan metodlar, usullar va topshiriqlardan boshqa sabablar ham ta’sir etadi. Pedagog faoliyatining muvaffaqiyatli kechishi uning shaxsi, xarakteri, o„quvchilar bilan muomalasiga ham ko„p jihatdan bog’liq bo„ladi. Odatda bularning ta’lim-tarbiya jarayoniga ta’siri ahamiyatsizdek tuyuladi. Ammo tajribali pedagog, uning xatti-harakati o„quvchilarga qanday ta’sir ko„rsatayotganligiga ahamiyat berib, unga kerakli tuzatishlar kiritib, takomillashtirib boradi. Shuning uchun ham pedagogik mahoratni o„qituvchi shaxsi sifatlarini majmui sifatida qaralib, uni o„qituvchi yuqori darajada psixologik-pedagogik tayyorgarlikka ega bo„lishi bilan bog’liq bo„lishini unutmaslik lozim. Shunday qilib, pedagog-muallim o„z mahoratiga quyidagi bosqichlarda erishishi mumkin: Pedagogika-psixologiya fanlarini chuqur o„rganish.
Maxsus fanlar, ularni o„qitish metodikasini chuqur bilish.
Pedagogik amaliyotda faol ishtirok etish va uni samarali o„tkazish.
O„z faoliyatini doimo tahlil qilib, unga nisbatan tanqidiy munosabatda bo„lish.
O„z ustida mustaqil ishlash, malaka oshirish kurslarida o„qib borish.
O„qituvchilik - inson jamiyati tarixi boshlangandan e’tiboran davom etib, shu bilan birga hamma vaqt jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tiborga loyiq e’zozlab kelingan kasbdir. . ,O‘qituvchi, - deydi Al Forobiy, - aql-farosatga, chiroylik nutqqa ega bo„lishi va o„quvchilarga aytmoqchi bo„lgan fikrlarini to„la va aniq ifodalay olishni bilmog’i zarur.” U o„z fikrini davom ettirib: “O„qituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga o„xshaydi, shu sababli o„qituvchi eshitgan va ko„rganlarining barchasini eslab qolishi, aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo„lishi, o„quvchilarga aytmoqchi bo„lgan fikrlarini to„la va aniq ifodalab berishni bilmog’i lozim. Shu bilan birga o„z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo„lmog’i lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak ■j darajasiga ega bo„ladi va baxt cho„qqisiga erishadi” ,- deb ta’kidlaydi. Abu Ali ibn Sinoning fikricha “.O„qituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgo„y va bolani tarbiyalash metodlarini, axloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo„lmog’i lozim. O„qituvchi o„quvchining butun ichki va tashqi dunyosini o„rganib, uning aql qatlamlariga kira olmog’i lozim”2. Nosiriddin Tusiy o„zining “O„qituvchilarni tarbiyalash to„g’risida” degan asarida shunday deydi: “.O„qituvchi munozaralarni olib borishni, rad etib bo„lmaydigan darajadagi isbot qilishni bilishi, o„z fikrlarining to„g’riligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan bo„lishi lozim. O„qituvchi nutqi hech qachon va hech qayerda zaharxandali, qo„pol yoki qattiq bo„lishi mumkin emas. Dars paytida o„qituvchining o„zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin.”3 Qoshg’ariy: “.Men a’zolar kasalligini davolashdan oldin odamlarning ruhiyatini davolashni zarur deb topdim. Bunga men o„qituvchilik yo„li bilan erishaman, bunga mening ishonchim komil. Chunki a’zolar kasalligi bilan yuzlarcha, minglarcha odamlar xalok bo„lsalar, nodonlik, bilimsizlik tufayli o„n ming va yuz minglarcha odamlar xalok bo„ladilar. ”. Ulug’ shoirimiz Alisher Navoiy ham o„qituvchi mehnatini xolisona baholab: “Agar shogird podsholikka erishsa ham, unga (muallimga) qulluq qilsa arziydi”, “Haq yo„lida kim senga bir harf o„rgatmish ranj ila” kabi satrlar bitgan. Hozirgi zamon ilm-fan taraqqiyotini buyuk allomalarimiz yaratgan bir necha qimmatli asarlarsiz tasavvur qilib bo„lmaydi. Bu nodir asarlar bir necha asrlar ilgari yaratilgan bo„lsada, o„z qimmatini yo„qotmagan. O„qituvchining o„rni va uning vazifalari o„sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tibor qaratilishining naqadar muhim ahamiyatga egaligi bilan aniqlanadi. Mamlakatimizda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga tatbiq etish jarayonida o„qituvchining yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishda jamiyat oldidagi javobgarligi yanada ortib boraveradi. Zamonaviy maktab o„qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O„qituvchi - sinfdagi o„quv jarayoni tashkilotchisidir. O„qituvchi o„quvchilar uchun dars payti, qo„shimcha darslarda va shu bilan birga darsdan tashqari paytlarda ham kerakli maslahatlar berishda bilimlar manbaidan biridir. Ko„pchilik o„qituvchilar sinf rahbari vazifasini bajarib, tarbiya jarayoni tashkilotchilari bo„lib hisoblanadilar. Zamonaviy o„qituvchi ijtimoiy psixolog bo„lmasligi mumkin emas. Shuning uchun ham u o„quvchilar o„rtasidagi o„zaro munosabatlarni yo„lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarur. Ma’lumki, pedagogik faoliyat - kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir. Jamiyat tomonidan qo„yiladigan talablaridan eng muhimi o„qituvchining shaxsi va uning kasbi bilan bog’liq xislatlarga qaratilgan. O„qituvchining eng muhim shaxsiy xislatlari quyidagilar: -o„qituvchining o„z Vataniga sodiqligi, bolalarni sevishi, ularni insonparvarlik ruhida tarbiyalash istagi, o„z yurti, ona tili, o„z xalqining tarixi va uning madaniyatini sevishi, davlatning mustaqilligi g’oyasida yashashidan iboratdir; -ijtimoiy javobgarlikni yuksak darajada his etishi; -olijanobligi, aql-farosatli, ma’naviy pok - ma’naviyat va ma’rifat bo„yicha yuksak maqsadlarga mos kelishi, bunday xislatlarni jamiyat xohishi bo„yicha bolalarga singdirib borishi;
o„zini qo„lga ola bilishi, sabr-toqatli, bardam, matonatliligidir.
Jamiyatning o„qituvchilik kasbiga qo„yadigan asosiy talablari kuyidagichadir:
shaxsni ma’naviy va ma’rifiy tomondan tarbiyalashning, milliy uyg’onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik g’oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashni bilishi, o„z Vatani, tabiatga va oilasiga bo„lgan muhabbati;
keng bilim saviyasiga ega bo„lishi, turli bilimlardan xabardor
bo„lishi;
yosh pedagogik psixologiya, ijtimoiy psixologiya va pedagogika, yosh fiziologiyasi hamda maktab gigiyenasidan chuqur bilimlarga ega bo„lishi;
o„zi dars beradigan fan bo„yicha mustahkam bilimga ega bo„lib, o„z kasbi, sohasida jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo„lishi;
ta’lim va tarbiya metodikasini egallashi;
o„z ishiga ijodiy yondashishi;
bolalarni bilishi, uning ichki dunyosini tushuna olishi;
pedagogik texnikani (mantiq, nutq, ta’limning ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bo„lishi;
o„qituvchining o„z bilim va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi.
Har bir o„qituvchi ana shu talablarga eng yuqori darajada mos keladigan bo„lishiga intilishi kerak. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: Karimov I.A. O„zbekiston demokratik taraqqiyotning yangi bosqichida. Toshkent: O„zbekiston, 2005.
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008. -176 b. 130-bet
O„zbekiston Respublikasining “Ta’lim to„g’risida”gi Qonuni. Toshkent: Sharq, 1997.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Toshkent: Sharq, 1997.
Abu Ali ibn Sino. Ziynat. Toshkent: Sharq , 1992.
Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. Toshkent: Xalq merosi, 1999. - 224 b.