Mavzu: Kasbiy nutq odobi. Sohaga oid (pedagogik) nutqning o‘ziga xosliklari. O‘zbek millatining ko‘pming yillik tarixida keyingi o‘n yillikda erishgan yutuqlarimiz alohida o‘rin tutadi. Mustaqillik necha asrlar davomida yaratilgan boy ma’naviy-ma’rifiy merosimizni nafaqat o‘rganish, balki uni davr talablari asosida qaytadan idrok etish va milliy manfaatimizga xizmat qildirish vazifasini oldimizga qo‘ydi. Boy tajribalarimiz negizida milliy istiqlol mafkurasining yangicha tamoyillari yaratildi. Davr barcha ziyolilar qatori tilshunoslar oldiga ham yangi va ulkan vazifalarni qo‘ydi. Bu vazifalarni lo‘nda qilib, bir tomondan, tilshunoslikning nazariy masalalarini jahon andozalari darajasida tadqiq etish, ikkinchi tomondan, uning amaliy jihatlari, aniqrog‘i, nutqiy madaniyat masalalari bilan shug‘ullanish tarzida tushunish to‘g‘ri bo‘ladi. Darhaqiqat, tilining barcha qatlamlaridagi birliklarni tartibga keltirish, ya’ni adabiy tilimizning qat’iy me’yorlarini belgilash, ularni imlo va talaffuz qoidalari asosida yozish va so‘zlashni xalqimiz orasida ommalashtirish, bu qoidalarni lug‘atlar shaklida mustahkamlash bugunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Bular orasida xalqimizning nutq madaniyatini yuksaltirish muhim bo‘lib qoladi. Chunki milliy istiqlol g‘oyasi yurtdoshlarimizni ma’naviy yangilanish va islohotlar jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish, yoshlarimizni esa erkin, shu bilan birga, odatdagi, an’anaviy usullardan voz kechib, yangicha fikrlashga o‘rgatishni maqsad qilib qo‘yar ekan, bunga til madaniyatisiz erishib bo‘lmaydi. To‘g‘ri, nutq madaniyati muammosi insoniyat sivilizatsiyasining barcha bosqichlarida o‘rtaga qo‘yib kelinganligi ham sir emas
1. O’qituvchi nutq madaniyati kasbiy pedagogik faoliyatning sharti
1. O’qituvchi nutq madaniyati kasbiy pedagogik faoliyatning sharti
Nutq inson aqliy faoliyatining end oliy va asosiy vositasidir. Chunki insonni boshqa jonzotlardan ajratib turadigan ham nutq emasmi?Shunday ekan, inson aqliy faoliyatining eng oliy maxsullari tafakkur mevalari til va nutq orqali ro’yobga chiqadi. Til tafakkur mahsullarining hayotga tadbiq etilishiga vosita bo’luvchi qudratli quroldir.
Qadimgi Sharq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri “Qobusnoma” da ham til va nutqqa alohida etibor berilganki, ular hozir ham o’z ahamiyatini yo’qotmaganini ko’ramiz.Qaykovus hamma hunarlar ichida so’z hunali-notiqlikni a’lo deb biladi: Bilginki, hamma hunardan so’z hunari yaxshi” shuning uchun ham kishi suhandon va notiq bo’lishini ta’kidlaydi. Muallif notiqlikni egallashning yo’lini tinimsiz mehnat va o’rganish deb uqtiradi.

Navoiy til va nutq munosabatlarini shunday izohlaydi: « Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir ». Demak, til har qancha qudrati zo’r bo’lmasin, u nutq uchun qurol sifatida xizmat qilarkan. Uning kuch-qudrati nutq jarayonida namoyon bo’lar ekan.

Agar til o’q bo’lsa, nutq kamondir. O’qning qudrati kamonning qobiliyatiga ham bog’liq.
Nutq madaniyati o’qituvchilarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og’zaki, yozma shakllarda to’g’ri, ravon ifodalash ko’ninikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, til sezgilarini tarbiyalashga xizmat qilmog’i lozim.