Mavzu: Kelajak bilmli yoshlar qo’lida



Yüklə 33,83 Kb.
səhifə2/3
tarix20.09.2023
ölçüsü33,83 Kb.
#146155
1   2   3
Kelajak bilmli yoshlar qo’lida

O’zbek tilida sinonimlar
SINONIMLAR (yun. synonymos — bir nomli) — bir umumiy maʼnoga ega boʻlgan (denotativ maʼnosi bir xil), qoʻshimcha (konnotativ) maʼnosi (ekspressiv, uslubiy va b. munosabat kabilarni ifodalovchi xususiyatlari) b-n oʻzaro farqlanadigan til birliklari — soʻz, ibora, sintaktik birlik va b. Mas, boshqatdan, qayta, qaytadan, yangidan, yana, takror soʻzlari sinonim soʻzlar hisoblanadi.
Til birliklari bir xil maʼnoga ega boʻlish hodisasi sinonimiya deyiladi. Bu hodisa qanday til birliklariga xosligiga qarab, lugaviy (leksik) sinonimiya, frazeologik sinonimiya, sintaktik sinonimiya kabilarga boʻlinadi. Oʻzaro sinonim bulgan suzlar guruhi Sinonimlar l ar qatorch deyiladi. Sinonimlar l ar qatori 2va undan ortiq suzdan tashkil topadi. Mas, buloq — chashma Sinonimlar qatori 2 suzdan, yuz—aft — bashara — bet… S. qatori esa kup suzlardan tuzilgan. Kup maʼnoli suzlar muayyan maʼnosi yoki maʼnolari bilan bir yoki birdan ortiq Sinonimlar qatoriga kirishi mumkin. Mas, bitirmoq soʻzi bir maʼnosi b-n tugatmoq, tugallamoq, tamomlamoq… soʻzlari qatoriga, boshqa maʼnosi bilan ado qilmoq, yoʻqotmoq, yoʻq qilmoq suzlari qatoriga kiradi.
Sinonimlarlar qatoridagi bir suz bosh suz (asosiy suz) hisoblanadi. Bosh soʻz, odatda, hoz. adabiy tilga mansubligi, emotsional boʻyoq, uslubga koʻra betarafligi va sh. k. xususiyatlari bilan shu qatordagi boshqa soʻzlardan farklanadi hamda xuddi shu xususiyatlariga koʻra tilda boshqalariga nisbatan keng quotlanadi. Mas, chiroyli, goʻzal, husnli, husndor, xushroʻy, koʻhli, zebo, suluv, sohibjamol… S. qatorida chiroyli soʻzi shunday belgilarga ega va bosh soʻz hisoblakadi. Qolgan soʻzlar esa har biri oʻziga xos belgixususiyati bilan boshqalaridan farklanadi: goʻzal soʻzi belgini kuchli (yuqori) daraja bilan ifodalaydi; barno, zebo soʻzlari koʻproq kitobiy uslubga ega, suluv soʻzi esa nisbatan kam koʻllanadi va h. k. Nutqda sinonimlarning har biridan ularga xos belgixususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Tilshunoslikda sinonimiya hodisasi chuqur tarixiy ildizlarga ega, juda keng tahlil qilingan hodisa bo’lib, sinonimlar nafaqat tilshunoslikning, balki adabiyotshunoslik, madaniyatshunoslik, psixologiya kabi qator fanlarning ham o’rganish obyektidir. Sinonimiya haqida tilshunoslikda turlicha qarashlar mavjud. Sinonimlarni o’rganish dastlab faqat leksik sathda bo’lib, “..odatda, “bir xil ma’noli so’zlar”, “bir-biriga yaqin ma’noli so’zlar”,”yaqin, yoki bir ma’noli so’zlar”, “uslubiy bo’yoqlari , qo’llanish sathlari bilan farqlanuvchi so’zlar sifatida ta’riflanadi”.1 “O’zbek tilshunosligida sinonimlarga berilgan ta’rifga e’tibor berilsa, ularni belgilashda dastlab leksemalarning ma’no juhatidan bir xilligiga 2 , so’ngra ma’nolarning umumiyligiga, keyinchalik esa ma’noviy o’xshash(aynan)likka 4 asoslanilgani kuzatiladi” .
O’tgan asrning 70-yillariga qadar sinonimlik ma’noning aynan bir xilligi asosida belgilangan bo’lsa, 80-yillarga kelib, so’zning semantik strukturasi bir qancha olimlar tomonidan semik tahlil asosida o’rganila boshlandi (Sh.Rahmatullayev, H.Ne’matov, E.Begmatov, R.Rasulov shular jumlasidan) . Sinonimlarni belgilashga ham semik tahlilning tatbiq etilishi sinonimik qatorlarga birlashtirilayotgan leksik birliklar ma’nolaridagi aynanlik, umumiylik va farqlilikka aniqlik kiritish imkoniyatini yaratdi. Shuning uchun o’zbek tilshunosligida sinonimlarni belgilashda an’anaviy va zamonaviy qarashlar tubdan farq qiladi. Keyingi davrda sinonimlarning leksik ma’nosini semik tahlil qilish keng tus oldi.
Sinonimlarga bunday yondashuv ulardagi aynanlik va farqlilik belgilarini ajratishda muhim ahamiyatga egadir. Til sathi birliklarida kuzatiluvchi aynanlikni ularning ma’nosi, shakli, vazifasi, uslubiy belgisi kabilarning teng kelishida, o’zaro muvofiqligida ko’rish mumkin. Bu kabi aynanliklar farqlanishlar bilan o’zaro aloqada bo’lib, bir-biriga nisbatan belgilanadi. Farqlilik aynanlik doirasidagi ma’no o’zgarishlarining bevosita kuchayib, rivojlanib borishi natijasida nisbiy o’zgachalik xususiyatlarini kasb eta borish holatidir. Zidlilik aynanlikdan sifat o’zgarishlari orqali o’sib chiqar ekan, bu jarayonda yangi mohiyatning yuzaga kelishi sodir bo’ladi. E.N.Miller qarashlariga ko’ra, zidlilik aynanlikning dialektik inkori, aynanlikning noo’xshash ko’rinishidir.
Zidlilik aynanlikdan variantlilik, farqlilik orqali (tadrijiy “sakrash” yo’li bilan) hosil bo’lgan boshqa aynanlikni, ya’ni yangi narsa bo’lib, o’zidan keyingi “zanjirli” jarayonning (aynanlik-farqlilik-zidlilik) dastlabki xalqasini hosil qiladi.7 Ko’rinib turibdiki, aynanlikdan farqlilikka o’tishda zanjirsimon aloqa shakllanadi va bunda aynanlik birinchi tugunni, farqlilik esa so’nggi tugunni aks ettiradi. Keyingi davrlarda tilshunoslikda chuqur tahlil qilinayotgan bu zanjir hodisasi lug’aviy darajalanish — graduonimiya hodisasidir . GRADUAL OPPOZITSIYA (lot. gradus — qadam, bosqich) — Q. Darajali oppozitsiya.8 Graduonimiya sinonimik qatorda farqlilik omiliga asoslangan darajalanishdir. Sinonimlik hodisasi ham dastlab leksik sathda o’rganilgan bo’lsa-da, keyinchalik morfologik va sintaktik sinonimlar ham mavjudligi aniqlandi. Barcha sathlardagi sinonimlarga quyidagi ta’rifni berish mumkin: “Sinonimlar bir umumiy ma’no-mazmunga ega bo’lgan, lekin emotsional-ekspressiv hamda funksional jihatdan farqlanuvchi til birliklaridir ”. Sinonimlik variantlilikdan farqli ravishda fonetik sathda mutlaqo uchramaydi. Leksik sinonimlar semadagi ma’no bo’yog’ining darajalanishi, uslubiy xoslanishi, ba’zan salbiy –ijobiy bo’yoqqa egaligi bilan farqlanadi. Buni matematik koordinatalr o’qi orqali quyidagicha ko’rsatish mumkin.
Sinonimlar morfologik sathda, asosan, ko’makchi morfemalar shaklida namoyon bo’lib, ularni quyidagi turlarga bo’lish mumkin: 1. So’z yasovchi morfemalar sinonimiyasi. 2. Lug’aviy shakl hosil qiluvchi morfemalar sinonimiyasi. 3. Munosabat shakli hosil qiluvchi morfemalar sinonimiyasi. So’z yasovchi qo’shimchalar sinonimiyasi ham o’z o’rnida quyidagi turlarga bo’linishi mumkin: a) Ot yasovchilar: tilchi – tilshunos, chizgi – chiziq; b) Sifat yasovchilar: benomus – nomussiz , baodob – odobli ; c) Ravish yasovchilar: mardona – mardlarcha , tiriklayin – tirigicha; d) Fe’l yasovchilar: senlamoq –sensiramoq, birlashmoq – birikmoq kabi. Lug’aviy shakl hosil qiluvchi morfemalar esa faqat grammatik ma’no hosil qilgani sababli ikki xil holatdagi ma’nodoshlikni hosil qiladi. 1. To’g’ridan to’g’ri ma’nodoshlik: sarg’ish (sariq+ish) – sarg’imtir (sariq+imtir), ko’rildi –solindi . 2. Ma’lum garammatik ma’noni ifodalashdagi ma’nodoshlik: majhul va o’zlik nisbat fe’llari o’timli fe’lni o’timsiz qiladi kabi. Munosabat shakli hosil qiluvchi morfemalar , asosan, ikki xil bo’lib, ular ismga xos munosabat shakllar hamda fe’lga xos munosabat shakllarga bo’linadi. Ismga xos munosabat shakllar sintaktik sinonimiyaning yuzaga kelishiga xizmat qiladi. Masalan: Dala(bosh kelishik) aylandim. Dalani aylandim. Dalada aylandim. Fe’lga xos munosabat shakllar esa to’g’ridan to’g’ri sinonimlik hosil qilishi mumkin. Masalan: keldim – kelyapman (shaxs-son: I shaxs, birlik), bor (0) –borgin (mayl:II shaxs, buyruq mayli). Sinonimlik o’zbek tilshunosligida ma’nodoshlik deb ham yuritiladi. Bu atama ko’proq leksik sinonimlarga nisbatan qo’llangan. Sintaktik sinonimlar uchun mazmundoshlik atamasini taklif etamiz. Sintaktik sathda sinonimlik hozirgacha shakliy sintaksis tamoyillari bilan tasniflangan bo’lib, ularda, asosan, morfologik belgi – ko’rsatkichlar ( ko’makchi morfemalar va yordamchi so’zlar) ma’nodoshligi bosh omil hisoblanadi.
Sintaktik sinonimlar quyidagi turlarga bo’linadi: 1. So’z birikmalari sinonimiyasi. 2. Gaplar sinonimiyasi.10 Sintaktik sinonimlarni tasniflashda turkolog olimlar har xil fikrlarni bildirgan bo’lsa-da (Y.P.Shendels 3 turga 11, V.P.Suxotin hamda V.I.Kononenko 4 turga12 , S.M.Ibragimov esa 9 turga bo’ladi 13 ), lekin asosiy klassifikatsiya yuqorida ko’rsatilgan ikki turni ifodalaydi xolos. Sinonim gaplar oddiy tushunchadagi leksik sinonimlardan quyidagicha farqlanadi: 1.Leksik sinonimlar til birligi hisoblansa, sinonim gaplar nutq birligi sanaladi.
2.Leksik sinonimiya ko‘pincha, bir necha leksik birliklar o‘rtasida kuzatilsa, gap sinonimiyasi, asosan, ikki sintaktik konstruksiya o‘rtasida yuzaga chiqadi. 14 Sintaktik sinonimlar noverbal vositalar bilan qo’llanishi mumkin. “Pantamimo va xareografiyada yuz va tana harakatlari bilan noverbal nutq amalga oshiriladi. Bu harakatlar , ko‘pincha, hamma tillarda so‘zlashuvchilar va har xil madaniyat egalariga bir xilda tushunarli va ta’sirli kechadi. Eslang, kino hali ovozlashtirilmagan davrda tomoshabinlar kadr ostidagi titrdan ko‘ra qahramonlarning yuz ifodasi va harakatlari orqali voqeani yaxshiroq idrok etishgan. Shuning uchun ham jahonning mashhur kinorejissori Charli Chaplin kino ovozlashtirilganda ham undan foydalanmadi. Uning oq-qora tasvirdagi ovozsiz kadrlari hamon hammani hayratga solib kelmoqda. Buning sababi ulardagi mimikaning va harakatlarning verbal vositalardan ko‘ra ko‘proq ma’no ifodalashidadir” .

Yüklə 33,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin