Keramika (qadimgi yunoncha: κέραμος [keramos] — tuproq) — tuproq (gil, kaolin) yoki anorganik moddalarni yuqori temperaturalarda pishirish yoʻli bilan olinadigan nometall materiallar va buyumlar. Barcha sohalarda: uy-roʻzgʻorda (idish-tovoqlar), qurilishda (gʻisht, cherepitsa, quvurlar, koshinlar, devorlarni bezash buyumlari), texnikada (radiotexnika, elektrotexnika, kosmonavtika), temir yoʻlda, suv va havo transportida, haykaltaroshlik va amaliy sanʼatda K. keng tarqalgan. Tuzilishiga koʻra, dagʻal (notekis tarqalgan yirik zarralardan tashkil topgan, gʻovakligi 5 — 30%) va nafis (tekis tarqalgan mayda zarralardan tashkil topgan, gʻovakligi 5% gacha) turlarga boʻlinadi. D agʻal K.gakoʻpchilik qurilish materiallari, mas, gʻisht va koshin, nozik K.ga sopol, chinni, fayans, pyezo va segnetokeramika, ferritlar, kermetlar, baʼzi olovbardosh materiallar, yarim chinni va mayolika kiradi. Kimyoviy tarkibiga koʻra, K. oksid, karbid, nitrid, silitsid, optik va b. turlarga boʻlinadi.
Oksid K. elektr qarshiligi yuqoriligi (10" — 1013 Om-sm), qisilishga mustahkamligi (5 GPa gacha) va yuqori temperaturada oksidlovchi muhitda barqarorligi bilan tavsiflanadi; baʼzilari, mas, ittriy-bariyli K. yuqori temperaturalarda oʻta oʻtkazuvchanlik xossalarini namoyon qiladi (qarang Ittriy). Chinni, fayans, kulollik buyumlari, kaolin paxta, izolyasiya materiallari, raketa, kosmik apparatlar, yadro reaktorlarining qismlari, radiotexnika detallari, xotira qurilmalarining qismlari va b. tayyorlashda keng qoʻllanadi. Karbid K.ga karborund (SiC) asosida olingan karborund K., shuningdek, titan, (Ti), niobiy (Nb), volfram (W) karbidlari asosida olingan materiallar kiradi. Karbid K.ning elektr va issiqlik oʻtkazuvchanligi yuqori, kislorodsiz muhitga chidamli (karborund K. oksidlovchi muhitda 1500° gacha barkaror). Konstruksion materiallar, elektr pech qizdirgichlari, olovbardosh materiallar va b. tayyorlashda qoʻllaniladi. Nitrid K.ga bor nitrid (BN), alyuminiy nitrid (A1N), kremniy nitrid (Si3N4), (U, Pu) N asosida, shuningdek, tarkibida kremniy (Si), alyuminiy (A1), kislorod (O), azot (N) yoki ittriy (Y), sirkoniy (Zr), O va N boʻlgan birikmalarni qizdirish yoʻli bilan olingan materiallar kiradi. Bunday K. kukun holidagi modda yoki birikmalarni azot atmosferasida 100 MPa bosim ostida yuqori temperaturalarda (1700—1900°) qizdirib, issiq holatda presslab olinadi. Nitrid K. dielektrik xossalarining barqarorligi, mexaniq mustahkamligi, issiqbardoshligi, turli muhitlarda kimyoviy mustahkamligi va b. xossalari bilan tavsiflanadi. Metall i. ch. sanoati uchun asbob-uskunalar, baʼzi yarimoʻtkazgich materiallarni eritish uchun tigellar, izolyatorlar va b. i. ch.da qoʻllaniladi. Si3N4 ga kobalt (So), nikel (Ni), xrom (Sg), temir (Gʻe) lar qoʻshib tayyorlanadigan K. issiqbardosh qotishmalar oʻrniga ishlatiladi. Silitsid K.ning eng koʻp tarqalgan turi molibden disilitsid (MoSi2) asosida olingan K.dir.U elektr qarshiligining pastligi (170—200 mkOmsm), oksidlovchi muhitlarga (1650° gacha), metall eritmalari va tuzlar taʼsiriga chidamliligi bilan tavsiflanadi. Oksidlovchi muhitlarda ishlatiladigan elektr qizdirgichlar tayyorlashda qoʻllaniladi. Baʼzi metallarning ftoridlari, sulfidlari, fosfidlari va arsenidlaridan tayyorlangan optik K. infraqizil texnikada ishlatiladi.
Maktabda kimyoviy ishlab chiqarishning ilmiy asoslarini o’rganish- o’quvchilarga politexnik tayyorgarlik berish vazifasini hal qilish uchun eng mugim vositalardan biridir. Kimyo ishlab chiqarishni o’rganish nazariyasi bilan amaliyotni bog’laydi, bilimlarni konkretlashtiradi, chuqurlashtiradi va puxtalaydi, yoshlarimizni maktabni tugatgandan keyin erkin ravishda kasb tanlab olishlariga va mustaqil davlatimizning aktiv ishtiroklari bo’lib, erishishlariga yordam beradi.
Kimyo o’qituvchilari kimyo darslarida kimyoning amaliy turmushda qo’llanilishiga e’tiborni jalb qiladilar, o’quvchilarni eng muhim kimyoviy ishlab chiqarish bilan tanishtiradilar, mahalliy sanoatga ekskursiya o’tkazadilar, texnologik sxemalar, jadvallar, modellar, diapozitivlar, kinofilmlar va boshqa ko’rgazmali qo’llanmalardan foydalanadilar.
O’quvchilarni kimyoviy ishlab- chiqarishlar bilan tanishtirish jarayonida o’qituvchi oldida bir qancha masalalar turadi: jumladan, kimyoviy ishlab chiqarishni tanlash, kimyoviy ishlab-chiqarish to’g’risidagi beriladigan bilimlar me’yori, kimyoviy ishlab chiqarishlar bilan tanishtirishning metodik prinsiplari, ishlab chiqarishlarini o’rganish rejasi va boshqalar.
Umumiy o’rta ta’lim maktabi kimyo darslarida xalq xo’jaligi jihatdan muhum ahamiyatga ega bo’lgan, o’quvchilar yaxshi tushunadigan va eng tipik, kimyoviy nazariya hamda qonuniyatlarini amaliy hayotda qo’llanishini aks ettiruvchi kimyoviy ishlab chiqarishlargina o’rganilishi lozim.
O’rta maktablarning quyidagi siniflarda ishlab chiqarish mavzulari alohida o’rganib boriladi. Masalan: 8-sinfda suvni tozalash, ohak ishlab chiqarish, xlorid kislotani sentiz usulda olish, sulfat kislotasi ishlab chiqarish , (kontakt usulda ) .
9-sinfda ammiak va nitrat kislota ishlab chiqarish, azotli o’g’itlar ishlab chiqarish, superfosfat ishlab chiqarish .
10-sinfda alyuminiy ishlab chiqarish, chuyan va po’lat ishlab chiqarish, neftni qayta ishlash, toshko’mirni koksga aylantirish va boshqalar .
11-sinfda organik moddalarni sentiz qilib olish va boshqalar .
Maktab atrofida joylashgan mahalliy ishlab chiqarishlardan o’quv dasturida nazarda tutilgan talablar me’yoridagina o’quv maqsadlari uchun foydalaniladi.
Eng muhum ishlab chiqarishlar misolida o’quvchilar hozirgi zamon kimyoviy ishlab chiqarishlari uchun umumiy, tipik bo’lgan ilmiy prinsiplar va ishlab chiqarish asboblari bilan tanishadilar.
Hozigi zamon kimyoviy ishlab chiqarishlarining umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’rganilishi lozim bo’lgan umumiy ilmiy prinsiplarga quydagilar kiradi.
1. Reaksiyaga kirishuvchi moddalarning sifatini oshirish .
2. Issiq, almashinish.
3. Qarshi oqim;
4. Reaksiyaga kirishuvchi moddalarning sirkulyasiyasi;
5. Kimyoviy reaksiya tezligini va yunalishini o’zgartirish (katalizator, optimal temperatura, bosim va konsentrasiyadan foydalanish).
Kimyoviy ishlab chiqarishlarni ratsional uyushtirish prinsiplariga quydagilar kiradi:
1. Ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligi va fazalarga bo’linishi:
2. Mexanizasiya va avtomatizasiya.
3. Elektrdan foydalanish;
4. Ishlab chiqarishni kombinirlash;
5. Mehnatni muhofaza qilish;
6. Ishchilarning mehnat unumdorligini oshirish metodlari;
O’rta maktab kimyo kursiga kiritilgan ishlab chiqarish materiali kimyo nazariy asoslarining normal o’zlashtirilishi jarayoniga xalaqit bermasdan, aksincha, bunga yordam berishi kerak.
Ishlab chqarishning ilmiy prinsiplari bilan o’quvchilarni asta-sekin va ma’lum tartibda tanishtirish zarur.
O’qituvchi kimyoviy ishlab- chiqarish texnologiyasini yetarli darajada to’liq va ravshan bilmasa, o’quvchilarga beriladigan politexnik tayyorgarlik, albatta, abstrakt, yuzaki bo’lib qoladi.
Kimyoviy ishlab chiqarishni muvaffaqiyatli chiqishi uchun o’qituvchi bilan birgalikda o’quvchi ham tayyorgalik ko’rishi kerak.
Bularninig hammasi ishlab chiqarishning o’rganish rejasi asosida olib boriladi.
Mustaqil taraqqiyot yo’lini bosib o’tayotgan mamlakatimizning kelajak vorislari- yosh avlodning bilim darajasini oshirishda umumiy o’rta ta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litsiylarda o’tiladigan fanlar qatorida kimyo fanining ham munosib o’rni bor albatta. Kimyoviy bilimlar berish jarayonida o’quv dasturlarida ko’rsatilgan mavzularni turmush bilan bog’lab o’rganish, mahalliy materiallardan kengroq foydalanish, O’zbekiston zaminida mavjud bo’lgan elementlarva ularning birikmalari to’g’risidagi ma’lumotlar bilan boyitgan holda bayon etish- yosh avlodni milliy mafkura talablariga mos tarzda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun samarali xizmat qiladi. Bu vazifalarni amalga oshirishda, bizning fikrimizcha, O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimovning «O’zbekiston buyuk kelajak sari» nomli kitobida yoritilgan ma’lumotlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Kimyo darslarida O’zbekiston zamini ega bo’lgan tabiiy boyliklar to’g’risidagi ma’lumotlardan foydalanishga oid misollar keltiramiz.
«Kimyo fanining xalq xo’jaligidagi ahamiyati» mavzusida quyidagi ma’lumotlardan foydalanish lozim bo’ladi: “O’zbekiston o’z yer osti boyliklari bilan haqli suratda faxrlanadi. Bu hududda Mendeleev davriy sistemasidagi deyarli barcha elementlar uchraydi. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma’dan suvlari bor bo’lgan” istiqbolli joylar aniqlangan.
Ular yuzga yaqin mineral xom-ashyo turlarini o’z ichiga oladi. Shundan oltmishdan ortig’I ishlab chiqarishga jalb etilgan. 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo’lib, ularning tasdiqlangan zahiralari 970 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Bu xom ashyolarni qayta ishlab xalq xo’jaligi uchun zarur mahsulotlor tayyorlashda kimyo fani va sanoatining katta hissasi borligi ta’kiqlanadi.
Metallarning umumiy tavsifiga oid ma’lumotlar berilganda, metallarning tabiatda tarqalishi mavzusi asosida quyidagi materiallardan foydalanish mumkin.
O’zbekiston dunyodagi juda katta oltin, kumush va boshqa qimmatbaho hamda yer bag’rida kam uchraydigan metallar zahiralariga ega bo’lgan davlatlar qatoriga kiradi. Hozirgi vaqtda 40 ta qimmatbaho metall konlari mavjud. Oltinning asosiy zahiralari oltin konlarining o’zida- Markaziy Qizilqumda joylashgan bo’lib, tasdiqlangan zahiralar bo’yicha Respublikamizni dunyoda to’rtinchi o’ringa olib chiqadi. Oltinni tozalash uchun O’zbekiston- Amerika qo’shma korxonasi tashkil etilgan va unda sof metall olish jarayonining zamonaviy texnologiyasi joriy etildi.
O’quvchilar diqqatini O’zbekiston rangli metallar –mis, qo’rg’oshin, rux, volfram va shu guruhga kiruvchi boshqa metallarning 15 dan ortiq turi mavjud ekanligi va ularning qazib olinishi katta ahamiyatga ega. Bu rangli metallar rudalarining zahiralari asosan Olmaliq ruda maydonida joylashganligini Qalmiqqir koni noyob konlardan bo’lib, bu konning rudasini O’zbekistondagi eng yirik korxonalardan biri bo’lgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida qayta sof metallar olinayotganligini ko’rsatib o’tish lozim.
Ishqoriy metallarning tabiatda uchrashi o’rganilayotganda respublikamiz tosh tuzi konlariga boyligi, aniqlangan 5 ta tosh tuzi koni –Xo’jaikon, Tubakat, Borsakelmas, Boybichakon va Oqalla konlarida taxminan 90 milliard tonna xomashyo borligi, hozirgi vaqtda Borsakelmas konining tuzlaridan kimyoviy usulda soda ishlab chiqaradigan korxona Qo’ng’irotda qurilayotganligi to’g’risidagi ma’lumotlar o’quvchilarga yetkaziladi.
Barpo etilayotgan soda ishlab chiqarish korxonasida tabiiy osh tuzining konsentrlangan eritmasi sovitib turgan holda ammiak bilan to’yintiriladi, so’ngra bu aralashma orqali bosim ostida karbonat angidrid o’tkaziladi. Bunda, ammiak, karbonat angidrid va suvning o’zaro ta’sirlashuvidan ammoniy gidrokarbonat hosil bo’ladi:
NH3 +CO2 +H2O = NH4HCO3 Ammoniy gidrokarbonat osh tuzi bilan almashinish reaksiyasiga kirishib, natriy gidrokarbonat va ammoniy xlorid hosil qiladi:
NH4HCO3 + NaCI = NaHCO3 + NH4CI
Reaksiyaning borishiga sovuq suvda qiyin eruvchan natriy gidrokarbonatning hosil bo’lishi va cho’kmaga tushishi imkon beradi, uni filtrlab ajratib olish mumkin. Ajratib olingan natriy gidrokarbonat angidridga parchalanadi:
2NaHCO3 = Na2CO3 +CO2 +H2O
Ajralib chiqayotgan CO2 ni ishlab chiqarishda yana foydalaniladi.
Ammoniy xlorid bor bo’lgan eritmani Ca(OH)2 qo’shib qizdirilsa, ammiak hosil bo’ladi va uni ishlab chiqarishda qo’llash mumkin.
2NH4CI + Ca(OH)2 = 2NH3 + CaCI2 + 2H2O
Ammiakli usul (Solve usuli) da olingan soda tarkibida kristallizasiya suvi bo’lmaydi. Soda ishlab chiqarish uchun kerak bo’ladigan ammiak va karbonat angidridni Respublikamiz korxonalarida ishlab chiqariladi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar, o’quvchilarni O’zbekistonning ulkan mineral xom ashyo zahiralaridan unumli foydalanish va mamlakatimizni dunyodagi eng boy mamlakatlar qatoriga olib chiqadi, degan xulosa chiqarishga asos bo’ladi.
Asosiy adabiyotlar
1. И.А.Каримов. Ызбекистон XXI аср быса\асида: хавфсизликка тахдид, бар=арорлик шартлари ва тара==иёт кафолатлари.T.: Ызбекистон, 1997
2. И.А.Каримов. “Баркамол авлод Ызбекистон тара==иётининг пойдевори”. T. Ызбекистон, 1997
3. Умумий ырта таълим давлат таълим стандарти ва ы=ув дастури. Тошкент, 1999, 3-сoн
4. И. Н. Борисов. Химия ы=итиш методикаси. Тошкент, 1958.
5. З.Азимова. “Кимё дарсларида ы=увчиларга экологик таълим-тарбия бериш” Т.: 1995.
6. “Хал= таълими журнали” Т.1998-2005 й.
7. Х.Т.Омонов., М.Н.Мирвохидова. “Кимё ы=итиш методикаси” маърузалар матни. 2001
8. В.Н.Верховский. “Мактабда химия эксперименти
техникаси ва методикаси” 1-2 том. Т. Ы=итувчи, 1964
9. И. Мирзаев. “Дарс тащлили” Т. Ы=итувчи,1980
10. Л.Н. Глинка. Умумий химия Т.1968
11. Г.Щакимов. “Химиядан олимпиада масалаларини ечиш”.Т.1992.
12. Ёш химик энциклопедик лу\ати – Т. 1990
13. Т.Гулбоев. Таълим жараёнининг таянч билимлари. Т. Фан, 1996
14. www.ziyonet.uz
15. www.nur.uz