Mavzu. Ketma-ket tebranish konturlarini tadqiq etish



Yüklə 340,72 Kb.
səhifə8/10
tarix19.12.2023
ölçüsü340,72 Kb.
#185483
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-laboratoriya (2)

8-laboratoriya ishi:
Yarimo‘tkazgichli diod parametrlari va xarakteristikalarini tadqiq etish.
Ishning maqsadi: Yarim o‘tkazgichli diodning xossalarini o‘rganish, uning volt-amper xarakteristikalarini olish, amaliyotda qo‘llanilishi bilan tanishish.
Boshlang‘ich ma’lumotlar
Diod bir tomonlama o‘tkazuvchanlikki ega va asosan o‘zgaruvchan tokni to‘g‘rilash uchun ishlatiladi. To‘g‘ri yo‘nalishda ulangan diodda o‘zgarmas kuchlanish tushishi mavjud bo‘ladi, uning qiymati germaniyli diodlar uchun 0,3 V va kremniyli diodlar uchun 0,6 V. Ushbu kuchlanish tushishi diod to‘g‘ri yo‘nalishda ulangandagi kuchlanish tushishi yoki diodning to‘g‘ri kuchlanishi deb ataladi.
Diodning elektr sxemalarda ishlashi uning volt-amper xarakteristikasi (VAX) bilan aniqlanadi.
To‘g‘ri yo‘nalishda ulangan yassi diodning volt-amper xarakteristikalari 1-rasmda ko‘rsatilgan.

8.1-rasm. To‘g‘ri yo‘nalishda ulangan germaniyli va kremniyli diodlarning xarakteristikalari
Siljitish kuchlanishi potensial to‘siqning qiymatidan katta bo‘lganda dioddan o‘tayotgan tok keskin ortadi. Bunda siljitish kuchlanishining kichik o‘zgarishi ham dioddan o‘tayotgan tokning katta o‘zgarishiga olib keladi. Diodning to‘g‘ri kuchlanishidan kachik bo‘lgan kuchlanishlarda dioddan, odatda hisobga olinmaydigan, juda kichik (mikroamperlar) tok o‘tadi.
Teskari yo‘nalishda ulangan yassi diodning xarakteristikasi 2-rasmda ko‘rsatilgan. Teskari ulangan dioddan asosiy bo‘lmagan tashuvchilar hosil qiladigan juda kichik teskari tok o‘tadi (mikroamperlar).

8.2-rasm. Teskari yo‘nalishda ulangan yassi diodning xarakteristikasi
Teskari tokning qiymati kuchlanig p-n-o‘tishning proboy kuchlanishi deb ataluvchi maksimal qiymatga yetguncha amalda o‘zgarishsiz qoladi. Kuchlanish proboy kuchlanishidan katta bo‘lsa proboy yuz beradi va teskari tok keskin ortib diodning ishdan chiqishiga olib keladi. Shuning uchun diod ulanayotgan sxemada diodga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan teskari kuchlanish diodning proboy kuchlanishidan ortib ketmasligi kerak. Teskari ulangan germaniyli diodlarning qarshiligi kremniyli diodlarnikiga nisbatan kachikroq, teskari (silqish) toklari esa kattaroq bo‘ladi.
Laboratoriya ishi Electronics Workbench dasturidan foydalanib bajariladi.

Yüklə 340,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin