Bundan tashqari, ijtimoiy psixologiyada referent guruh tushunchasi ham bor. Bu tushuncha fanga birinchi marta amerikalik tadqiqotchi G. Xaymen tomonidan 1942 yilda kiritilgan edi. U o‘z tadqiqotlarida shuni isbot qildiki, ma’lum bo‘lishicha, guruh a’zolari uchun shu guruh ichida yoki boshqa doiralarda shunday shaxslar guruhi mavjud bo‘lar ekanki, u o‘z hatti-harakatlari, fikrlari va yo‘nalishlarida o‘sha guruh a’zolariga ergashish, ularning fikrlarini tanqidsiz qabul qilishga moyil hamda tayyor bo‘lar ekan. SHunday shaxslar guruhi referent guruh nomini oldi. O‘quvchi uchun bunday guruh rolini maktabdagi bir necha o‘qituvchilar, otasi yoki onasi, yaqin do‘sti yoki qarindoshlaridan kimdir o‘ynashi mumkin.
Psixologiya tilida guruh emas, agregatsiya (olomon) deb atashadi. Haqiqiy guruh uchun o‘sha odamlarning barchasiga aloqador umumiy faoliyat va hamkorlik qilish, bir - birlariga ta’sir ko‘rsatish imkoniyati bo‘lishi kerak.
Psixologiya tilida guruh emas, agregatsiya (olomon) deb atashadi. Haqiqiy guruh uchun o‘sha odamlarning barchasiga aloqador umumiy faoliyat va hamkorlik qilish, bir - birlariga ta’sir ko‘rsatish imkoniyati bo‘lishi kerak.
Amerikalik psixolog Ch. Kulihamkorlikning darajasi mezoniga ko‘ra guruhlarni birlamchi va ikkilamchi turlarga bo‘lib o‘rganishni taklif etgan edi.
Birlamchi guruhda shaxslararo o‘zaro ta’sir «yuzma - yuz, bevosita» ro‘y beradi. Masalan, oila davrasidagi, sinfdagi, hisobchilar xonasida o‘tirganlar birlamchi guruhga misoldir.
Ikkilamchi guruhlardahar doim ham odamlarning bevosita muloqotda bo‘lish imkoniyatlari bo‘lmaydi. Ular o‘rtasidagi munosabat va o‘zaro ta’sir bilvosita bo‘ladi. Masalan, yirik bir tashkilotdagi tizimlar orqali muloqot, kasaba uyushmasiga birlashgan odamlar, XDPartiyasi a’zolarining bog‘liqligi ikkilamchi guruhga misol. Ularda ham umumiylik bo‘ladi, masalan, o‘sha partiyani oladigan bo‘lsak, ular Qashqadaryoda bo‘ladimi, Farg‘onadami, baribir umumiy g‘oya atrofida birlashishadi, a’zolik badallarini vaqtida to‘lab turishadi, saylov oldi kompaniyalarida bir - birlarini qo‘llab - quvvatlab turadilar.