Mavzu: kichik guruhni boshqarish reja


Guruhlardan yana bir jarayon-bu guruhning uyushqoqligi muammosidir



Yüklə 20,1 Kb.
səhifə7/9
tarix08.05.2023
ölçüsü20,1 Kb.
#109842
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu kichik guruhni boshqarish reja

Guruhlardan yana bir jarayon-bu guruhning uyushqoqligi muammosidir. Guruh a’zolarining bir-birlarini yaxshi bilishlari, bir-birlarining dunyoqarashlari, hayotiy prinsiplari, qadriyatlarini yaxshi tasavvur qilishlari bunday uyushqoqlikning birinchi omilidir.

Ikkinchi va asosiy omil — bu o‘sha guruhni birlashtirib turgan faoliyat maqsadlarini, uning yo‘nalishi va mazmunini bilishdagi g‘oyaviy birlikdir. Umuman, eksperimental tadqiqotlarda qayd etilgan guruhga oid fikrlardagi umumiylik uyushqoqlikka ijobiy zamin hisoblanadi.

Guruhning avtonomligi darajasi ham ma’lum ahamiyatga ega omil, chunki har bir a’zo umumiy maqsad asosida birlashgan bo‘lsa ham, ularning har birining o‘z burch va vazifalari bor va shu nuqtai nazardan har odam o‘z imkoniyatlarini o‘zicha ishga solib, o‘zaro munosabatlarga sabab bo‘ladi.

Guruhning avtonomligi darajasi ham ma’lum ahamiyatga ega omil, chunki har bir a’zo umumiy maqsad asosida birlashgan bo‘lsa ham, ularning har birining o‘z burch va vazifalari bor va shu nuqtai nazardan har odam o‘z imkoniyatlarini o‘zicha ishga solib, o‘zaro munosabatlarga sabab bo‘ladi.

Guruhning psixologik tizimga ta’sir etuvchi omillarga yana ularning jinsiy, yosh jihatdan, ma’lumoti va malakasi nuqtai nazaridan farq qiluvchi, uyg‘unlikni tashkil etuvchi omillar ham kiradi.

Guruhlardagi liderlik va umumiy qarorlarga kelish ham dinamik jarayonlarga kiradi.

Konformizmi va nonkorformizm xodisalarining mohiyati

Konformizm - bu real yoki tasavvurlardagi guruhning shaxs e’tiqodi va xulq-atvoriga ta’sirini tushuntiruvchi xodisadir. U ikki xil namoyon bo‘lishi mumkin:

yon berish- qalban qo‘shilmasa-da, tashqi xaraktada ko‘pchilik firiga ergashish;

ma’qullash - e’tiqod va qarashlarning ijtimoiy tayziqqa to‘la mos kelishi

Nonkonformizm-chi? Kimlar o‘zgalar fikriga ergashmaydi? SHunday insonlar toifasi borki, ular ko‘pchilikka, qolaversa, ikkilanuvchilarga ergasholmaydi. Ular hakida ba’zan liderlar termini, ba’zida esa, «qo‘shilmaslar» iborasi ishlatiladi.


Yüklə 20,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin