Mavzu kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatl
kerak" motivi ustunlik qila boshlaydi. Maktabda birinchi sinfga kelgan har bir o‘quvchida psixik zo‘riqish kuchayadi. Bu nafaqat uning jismoniy salomatligida, balki xatti-harakatida ham, ya’ni ma’lum darajada qo‘rqo‘vni kuchayishi, irodaviy faollikning susayishida namoyon bo‘ladi.
Bu davrga kelib bola atrofidagilar bilan o‘zaro munosabatda ma’lum bir natijalarga erishgan, o‘zi xohlayotgan narsalarni hamda, o‘z sinfi va oilasida o‘zi egallagan o‘rnini aniq biladigan bo‘ladi. Shuningdek, u o‘zini-o‘zi boshqarish malakasiga ega bo‘ladi, vaziyat va holatga qarab ish yurita oladi. Bu Yoshdagi bolalar xatti-harakatlari va motivlari ularning o‘zlariga beradigan baholariga qarab ''Men yaxshi bolaman” emas, balki bu xatti-harakatlar o‘zgalar ko‘z o‘ngida qanday namoyon bo‘lishiga qarab baholanishini tushuna boshlaydilar. Bola maktabda noaniqlikka duch kelsa, kattalarning xatti-harakatlari ma’nosini tushunmasa unda taqlidchanlik rivojlanadi. Bolaning taqlidchanligi ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo‘lishi mumkin. Ixtiyorsiz taqlidchanlik ustozi va sinfdoshlarining xatti-harakatlarini o‘zlashtirishga olib keladi. Bunda xatti-harakatlarni anglamagan ravishda egallaydi. SHuni hamisha yodda saqlash lozimki, bola ixtiyorsiz ravishda nafaqat chiroyli va kerakli narsalarga balki turli salbiy ko‘rinish va holatlarga ham taqlid qilishi mumkin. Ixtiyoriy taqlidchanlik irodaviy zo‘riqishni talab etadi. Bunday vaziyatlarda bola maqsadga yo‘naltirilgan ravishda u – yoki bu xatti-harakatni amalga oshiradi, bu xatti-harakatlarini qoida, namuna etalonga moslashtirishga intiladi. O‘qituvchi boladagi ixtiyoriy taqlidchanlik xususiyati orqali ularda samarali ijtimoiy odat va hislatlarni rivojlatirishi mumkin. Har qanday xatti-harakat va faoliyatda o‘qituvchi bolani baholaydi, o‘quvchi shu baholash asosida esa o‘z-o‘zini baholashga o‘rganib boradi.
Bolaning ustoziga bo‘lgan munosabati yomon baho olib xafa bo‘lgan taqdirda ham
ijobiy bo‘lib, unga ishonch bilan qarashi saqlanib qolaveradi. 3-4 sinflarda o‘quvchilarda o‘rtoqlari va sinfdoshlari o‘rtasida mavqeli bir o‘rinni egallashga harakat yuzaga kelib, o‘rtoqlari fikrlariga asoslanish paydo bo‘ladi.
O‘qishning ijtimoiy ahamiyatini tushunish (2- 3 sinflarda) o‘qish mazmunini va
bilimlarni egallash yo‘llariga qiziqishning yuzaga keltirilishi bilan mustahkamlanishi mumkin. Bunday holda kichik maktab davrining oxirlarga borib o‘qishga nisbatan motivatsiyaning pasayishi ko‘zga tashlanmaydi. Kichik maktab davrida maqsadni qo‘yish shu bilan xarakterlanadiki, o‘quvchi o‘qituvchi tomonidan berilgan maqsadlarni qabul qilishga tayyor bo‘ladi. Kichik maktab davrida o‘quvchining o‘z xatti-harakatlarini o‘qituvchi qo‘ygan maqsad va vazifalarga moslashtirishi sinfdan-sinfga ko‘tarilgan sari kuchayib boradi. Bu o‘quvchining maktab qoidalariga amal qilishida, sinfdagi vazifalarini bajarishida ko‘rinadi. O‘quvchi darsdagi va darsdan tashqari o‘z vaqtini mustaqil tashkil etish borasidagi maqsadlarining ahamiyatini belgilashni o‘rganib boradi. Bu uy vazifalarini bajarish tartibiga amal qilishda ko‘rinadi. Mustaqil ravishda o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan maqsadlardagi oraliq maqsadlari tizimini masalan, masalani echishning o‘z yo‘llari va bosqichlarini mustaqil aytib bera oladi, Shuningdek, oraliq maqsadlarga erishish vositalarini belgilay oladi. Kichik maktab davrida maqsad qo‘yishning murakkab xarakteri birinchi sinf o‘quvchisining irodaviy xatti-harakatlari bilan bog‘liqligi tadqiq etilgan.(Kotirlo V.K.Razvitie volevogo povedeniya u doshkolnikov. Kiev,1971, S.179-182.). YUqorida ko‘rsatib o‘tilganlar kichik maktab davridagi o‘quvchilarning motivatsion sohasi o‘zgarib borishini, maktabgacha davrda bo‘lgan umumiy bilish va motivlarning ijtimoiy yo‘nalganligi aniqlashib, “o‘quvchi mavqei”ni egallashiga, ya’ni maktabga borishga intilish, bu pozitsiya qondirilganidan so‘ng esa yangi munosabatlarning – o‘quv motivlari va bir qadar murakkab shaklda bo‘lgan ijtimoiy motivlarning yuzaga kelishidan dalolat beradi. Kichik maktab davrining oxirlariga kelib o‘quvchilarda o‘quv-bilish motivlari, ya’ni faqat yangi bilimlarnigina emas, hatto umumiy qonuniyatlarni emas, balki yangi bilimlarni topishning aynan biron bir yo‘llarini egallashga qiziqish shakllantirilgan bo‘lishi
lozim. Ushbu motivlarning shakllantirilishi kichik maktab Yoshidagi bolalarning o‘rta maktabga tayyorgarligining zaruriy jihati hisoblanadi.