Mavzu: kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlar



Yüklə 130,26 Kb.
səhifə2/12
tarix23.11.2022
ölçüsü130,26 Kb.
#70102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mavzu kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatl

shuni bajarishim kerak" motivi ustunlik qila boshlaydi. Maktabda birinchi sinfga kelgan har bir o‘quvchida psixik zo‘riqish kuchayadi. Bu nafaqat uning jismoniy salomatligida, balki xatti- harakatida ham, masalan, ma’lum darajada qo‘rqo‘vni kuchayishi, irodaviy faollikning susayishida namoyon bo‘ladi.
Bolaning ijtimoiy munosabatlar tizimi va faoliyatidagi kardinal o‘zgarishlar uning organizmidagi barcha tizimlar va funksiyalaridagi o‘zgarishlarga to‘g‘ri kelib boladan kuchli zo‘riqish va o‘z ichki imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish zaruriyatini taqazo etadi. Maktabga tayyor bo‘lgan boladagi ushbu o‘zgarishlar salbiy oqibatlarni olib kelmay, aksincha uning yangi sharoitlarga muvaffaqiyatli moslashuviga yordam beradi. O‘qituvchining munosabat uslubi o‘quvchining faolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Kichik maktab Yoshidagi bolalar tez chalg‘iydilar, uzoq vaqt diqqatlarini bir narsaga qarata olmaydilar, ta’sirchan hamda emotsional bo‘ladilar. Maktabda o‘qishning boshlanishi 7 Yoshda bo‘ladigan ikkinchi fiziologik inqiroz bilan mos keladi (bola organizmida jadal bo‘yning o‘sishi, ichki organlarning kattalashuvi, vegetativ o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan keskin endokrin o‘zgarishlar ro‘y beradi). Bolaning ijtimoiy munosabatlar tizimi va faoliyatidagi kardinal o‘zgarishlar uning organizmidagi barcha tizimlar va funksiyalaridagi o‘zgarishlarga to‘g‘ri kelib, boladan kuchli zo‘riqish va o‘z ichki imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish zaruriyatini taqozo etadi. Ushbu Yoshdagi o‘zgarishlar salbiy oqibatlarni olib kelmay, aksincha uning yangi sharoitlarga muvaffaqiyatli moslashuviga yordam beradi. O‘qituvchining munosabat uslubi o‘quvchining faolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchi faolligining asosan uch xil ko‘rinishi mavjud bo‘lib, bular: jismoniy, psixik va ijtimoiy faollikdir. Jismoniy faollik - sog‘lom organizmning harakat qilishga bo‘lgan turli mavjud to‘siqlarni engishdagi tabiiy ehtiyojidir. Bu Yoshdagi bolalar nihoyatda serharakat bo‘ladilar. Bu jismoniy harakat bolaning atrofdagi narsalarga qiziqish bilan qarayotganligi, ularni o‘rganishga intilayotgani bilan ham bog‘liqdir. Bolaning jismoniy va psixik faolligi o‘zaro bog‘liqdir. CHunki, psixik sog‘lom bola harakatchan bo‘ladi, charchagan, siqilgan bola esa deyarli hech narsa bilan qiziqmaydi. Psixik faollik - bu normal rivojlanayotgan bolaning atrof olamdagi predmetlarni, insoniy munosabatlarni bilishga nisbatan qiziqishdir. Psixik faollik deganda, bolani o‘zini bilishga nisbatan
ehtiyoji ham tushuniladi. Maktabga birinchi bor kelgan bolada qator qiyinchiliklar yuzaga keladi. Ularning, avvalo, bir qancha maktab qoidalariga bo‘ysunishi qiyin kechadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi uchun eng qiyin qoida bu dars vaqtida jim o‘tirishdir. O‘qituvchilar o‘quvchilarning doimo jim o‘tirishlariga harakat qilishadi, lekin kamharakatli, passiv, quvvati kam bo‘lgan o‘quvchigina dars jarayonida uzoq vaqt jim o‘tira oladi.
Birinchi sinfning birinchi kunlaridan boshlab bola engishi kerak bo‘lgan bir qancha
qiyinchiliklarga uchraydi. Bu qiyinchiliklar: maktab hayotini o‘zlashtirish, yangi kun tartibini yaratish va unga moslashish, u uchun yangi bo‘lgan sinf jamoasiga qo‘shilish, xatti- harakatlarini chegaralovchi qoidalarni qabul qilish, o‘qituvchi bilan munosabatlarni o‘rnatish, oilaviy munosabatlarni qabul qilish v.h. Bunday vaziyatlarda kattalar, ya’ni ustoz va ota-onalar bolalarga albatta yordam berishlari zarur.
Birinchi bor maktabga kelgan bola hali o‘zini to‘liq anglashi va o‘z xatti-harakatlarini
aniq bilishi qiyin. Faqat o‘qituvchigina bolaga me’yorlar qo‘yishi, ularning xatti- harakatlarini baholashi, o‘z xatti-harakatlarini boshqalar bilan moslashtirishga sharoit yaratishi mumkin. Boshlang‘ich sinfda o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan qo‘yiladigan yangi talablar va shartlarni qabul qiladilar, Shuningdek ularning qoidalariga to‘la amal qilishga harakat qiladilar.
O‘g‘il bolalar va qizlar rivojlanish tempidagi o‘zgarishlar saqlanib qoladi. Qiz bolalar
hamma tomondan rivojlanishda o‘g‘il bolalardan oldinga o‘tib oladilar. Kichik maktab Yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o‘qish hisoblanadi. Bolaning maktabga borishi, uning psixologik rivojlanishi va xulq-atvoridagi o‘rni nihoyatda katta. Bu davrda axlokiy xatti-harakat koidalari o‘zlashtiriladi, shaxsning ijtimoiy yo‘nalishi tarkib topa boshlaydi.
Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarning axlokiy onglari I va IV sinfdagi o‘qish
mobaynida muhim o‘zgarishlarga uchraydi va axlokiy sifatlar, bilim va tasavvurlar sezilarli darajada boyiydi.
Bola o‘quv faoliyatida o‘qituvchi rahbarligida insoniy an’analar asosida harakat qilishga o‘rganadi, o‘z irodasini o‘quv maqsadlariga erishish uchun mashq qildiradi.
O‘quv faoliyati boladan nutq, diqqat, xotira, tasavvur va tafakkurini kerakli darajada rivojlanishini talab etgan holda, bola xulq-atvorining rivojlanishi uchun yangi sharoitlarni
yaratadi. Kichik maktab davri bu anglanilgan va ixtiyoriy xatti-harakatlarga o‘tish davridir. Bola faol ravishda o‘zini o‘zi boshqarishga, qo‘yilgan maqsadlarga ko‘ra o‘zining faoliyatini tashkil
etishga o‘rganish davridir. Kichik maktab davrida xatti-harakatlarning yangi shakllarini paydo bo‘lishi bevosita o‘quv faoliyati bilan bog‘liqdir. Hech bir o‘qituvchi maktabga birinchi bor
kelgan boladan o‘zi o‘rgatmagan arifmetik misol va masalalarni echishni talab etmaydi, lekin afsuski, juda ko‘p o‘qituvchilar ulardan qunt bilan o‘qishni, uyushqoqlikni, ma’suliyatlilikni,
tartibga aniq rioya etishni talab etadilar. Vaholanki, ushbu ko‘nikmalar o‘qituvchi tomonidan ma’lum odat va malakalarga o‘rgatilinganidan so‘nggina paydo bo‘ladi.
Ixtiyoriy ravishda harakat qilish layoqati butun kichik maktab davri davomida shakllanadi. Psixik faoliyatning oliy shakli singari ixtiyoriy xatti-harakatlar ularning shakllanishini asosiy
qonuniga bo‘ysunadi. Unga ko‘ra yangi xatti-harakatlar avvalo kattalar bilan bo‘lgan umumiy faoliyatda yuzaga kelib, bola shunday xatti-harakatlarni tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganadi
va shundan keyingina u bolaning individual xatti-harakat usuliga aylanadi. Kattalar bolalarni amaliy jihatdan o‘z vaqtlarini to‘g‘ri taqsimlash borasida yaxshi
o‘qish, o‘ynash, sayr qilish va boshqa narsalar bilan shug‘ullanish qoidalariga o‘rgatadilar. Demak, oilada bola u bilan hisoblashadigan, maslahatlashadigan yangi
bir o‘rinni egallaydi. Kichik maktab davri bu ijobiy o‘zgarishlar va yangilanishlar davridir. Shuning uchun ham rivojlanishning shu bosqichida har bir bola erishgan muvafaqqiyatlar
darajasi nihoyatda muhim hisoblanadi.Agar shu Yoshda bola bilish, o‘rganish quvonchini his etmasa,o‘qish malakalarini egallay olmasa, do‘stlashishni bilmasa, o‘ziga nisbatan, o‘z
imkoniyat va layoqatlariga nisbatan ishonchli bo‘la olmasa, bu ishlarni kelgusida amalga oshirish qiyinroq bo‘lib, boladan yuqori ruhiy va jismoniy zo‘riqishni talab etadi.
Bu davrda bolaning "Men shuni xohlayman” motividan "Men shuni bajarishim

Yüklə 130,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin