Microsoft Word Economic theory lecture 7



Yüklə 163,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix30.09.2023
ölçüsü163,3 Kb.
#151223
  1   2   3   4   5   6   7   8
Economic theory - lecture 7



7-mavzu. TALAB VA TAKLIF NAZARIYASI. BOZOR MUVOZANATI
Bozor iqtisodiyotining amal qilishida talab va taklif qonunlari muhim o‘rin tutadi. Talab 
va taklif narxni shakllantiradi, shu bilan birga narx talab va taklif o‘rtasidagi nisbatni aniqlab 
beradi. Bu mavzuda birinchi navbatda talab va taklifga narx ta’sirining ahamiyatini qarab 
chiqamiz. Keyin talab va taklif ta’sirida muvozanatli narxning o‘rnatilishi tushuntirib beriladi. 
Bu yerda talab va taklif qonunlari, ularning miqdoriga ta’sir etuvchi omillarni, ular o‘rtasidagi 
mutanosiblikni tushuntirishga alohida e’tibor beriladi.
Shuningdek, mavzuning yakunida talabning shakllanishi va amal qilishi, unga ta’sir 
etuvchi omillarni o‘rganishda iqtisodiyot nazariyasida muhim yo‘nalishlardan biriga aylangan 
iste’molchi hatti-harakati nazariyasi bilan tanishib chiqamiz. 
7.1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar.
Talab qonuni. 
 
Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga bo‘lgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya 
sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor 
iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy ko‘rinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, 
mustaqil iqtisodiy kategoriya sifatida amal qiladi. 
Ehtiyojning faqat pul bilan ta’minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab-bu pul 
bilan ta’minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan ta’minlanmasa, u xohish 
vaistak bo‘lib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud bo‘ladi, chunki narx 
o‘zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham o‘zgaradi. Shu bog‘liqlikdan kelib 
chiqib, talabga quyidagicha ta’rif berish mumkin: ma’lum vaqt oralig‘ida, narxlarning mavjud 
darajasida iste’molchilarning tovar va xizmatlar ma’lum turlarini sotib olishga qodir bo‘lgan 
ehtiyoji talab deyiladi.
Talablar turlicha bo‘lib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga bo‘lgan talabning ikki turi 
farq qilinadi: yakka talab va bozor talabi. Har bir iste’molchining, ya’ni alohida shaxs, oila, 
korxona, firmaning tovarning shu turiga bo‘lgan talabi yakka talab deyiladi. Ko‘pchilik 
iste’molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga bo‘lgan talablari yig‘indisi bozor talabi 
deyiladi. 
Yakka talab va bozor talabi miqdor jihatidan aniqlanadi. Lekin bu miqdor har doim ham 
bir xil bo‘lib turmaydi, balki o‘zgaruvchan bo‘ladi. Talab miqdorining o‘zgarishiga bir qancha 
omillar ta’sir qiladi. Ularning ichida eng ko‘p ta’sir qiladigan omil narx omilidir. 
Narx va sotib olinadigan tovarlar miqdori o‘rtasidagi bo‘ladigan bog‘liqlikni quyidagi 7.1-
jadval ma’lumotlari asosida qarab chiqamiz. 

Yüklə 163,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin