Jadval ma’lumotlari tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar miqdorining o‘sishiga
va aksincha, narxning o‘sishi talab miqdorining kamayishiga olib kelishini ko‘rsatadi. Mahsulot
narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o‘zgarishi o‘rtasida bo‘ladigan
teskari yoki qarama-
qarshi bog‘liqlik talab qonuni deyiladi.
Tovar narxi va uning xarid qilinadigan miqdori, ya’ni talabning o‘rtasidagi teskari
bog‘liqlikni oddiy ikki o‘lchamli grafikda ham tasvirlash mumkin:
gorizontal chiziq talab
miqdorini, vertikal chiziq narxni ko‘rsatadi (7.1-rasm).
P,
700
600
500
400
300
200
100
0
so‘m
D
D
10 20 30 40 50 60
Q, tonna
7.1-rasm. Talab egri chizig‘i.
Grafikdagi DD chiziq narx va talab hajmi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni tasviriy aks
ettiradi.
Grafikdagi har bir nuqta tovarning aniq narxi va iste’molchi shu narxda sotib olishi
mumkin bo‘lgan tovar miqdorini ko‘rsatadi.
Narx va talab hajmining o‘zgarishi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni ko‘rsatuvchi bu
chiziq
talab egri chizig‘i deyiladi.
Talab miqdoriga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillar. Talab hajmining o‘zgarishi faqat
tovar narxiga emas, balki boshqa bir qator omillarga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu omillar talabning
narxdan tashqari omillari deyiladi.
Talabga narxdan tashqari quyidagi asosiy omillar ta’sir ko‘rsatadi:
Bu omillarning o‘zgarishi talab hajmining o‘zgarishiga qanday ta’sir ko‘rsatishini qarab
chiqamiz.
1. Iste’molchilarning didlari. Biror mahsulotga iste’molchi dididagi ijobiy o‘zgarish ro‘y
bersa, narxning tegishli darajasida unga bo‘lgan talab ortadi. Iste’molchi didiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadigan holatlar talabning qisqarishiga olib keladi.
2. Bozordagi iste’molchilar soni. O‘z-o‘zidan aniqki, bozorda iste’molchilar soni
ko‘paysa, talab ortadi, iste’molchilarning
soni kamaysa, talab qisqaradi. Masalan, aloqa
vositalarining takomillashuvi xalqaro moliyaviy bozor doirasini, undagi qimmatli qog‘ozlarning
oldi-sotdi jarayonlarida ishtirok etuvchilar sonini mislsiz kengaytiradi hamda aktsiya va
obligatsiya kabi moliyaviy aktivlarga bo‘lgan talabning o‘sishiga olib keladi. Tug‘ilish
darajasining pasayishi bolalar bog‘chasi va maktabga bo‘lgan talabni kamaytiradi.
3. Iste’molchining daromadlari. Pul daromadi o‘zgarishining talab hajmiga ta’siri
boshqa
omillarga qaraganda ancha murakkab. Pul daromadining ortishi juda ko‘p tovarlarga talabni
nisbatan oshiradi, daromadning kamayishi esa bunday tovarlarga talabni kamaytiradi. Daromad
oshsa, uning o‘sishiga qarab iste’molchilar aksariyat hollarda narxi yuqori bo‘lsada, ko‘proq
sifatli tovarlarni xarid qilishga harakat qilishadi. Bunda ular non,
kartoshka, karam kabi
mahsulotlarni kamroq sotib olishlari mumkin. Chunki ortiqcha daromad ularga ancha yuqori
oqsil tarkibiga ega bo‘lgan
oziq-ovqat mahsulotlari, masalan, go‘sht va sut mahsulotlari xarid
qilish imkonini beradi. Daromadning o‘zgarishi bilan talab miqdori to‘g‘ri bog‘liqlikda
o‘zgaradigan tovarlar oliy toifali tovarlar deyiladi.
Daromadlar o‘zgarishi bilan talab miqdori teskari bog‘liqlikda o‘zgaradigan tovarlar past
toifali tovarlar deyiladi.
Iste’molchilar daromadi va ular tomonidan sotib olinadigan tovarlar miqdori o‘rtasidagi
bog‘liqlik nemis iqtisodchisi va statisti Ernst Engel (1821-1896) tomonidan chuqur tadqiq
etilgan. Shunga ko‘ra, iste’molchi daromadi bilan ular tomonidan
sotib olinishi mumkin
bo‘lgan tovarlar miqdori o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik Engel qonuni deyiladi.
Bu qonnunning amal qilishini Engel egri chizig‘i orqali ifodalash mumkin (7.2-rasm). Oliy
toifali yoki normal tovarlar uchun Engel egri chizig‘i o‘suvchan ko‘rinishda bo‘ladi. Haqiqatan
ham, aholi daromadlari o‘sib borishi bilan bu turdagi tovarlar ko‘proq xarid qilinadi. Past toifali
tovarlar uchun Engel egri chizig‘i pasayuvchan ko‘rinishda bo‘lib, daromadlar oshib borishi
bilan iste’molchilar ularni kamroq miqdorda sotib oladilar. Agar tovarning iste’moli daromad
darajasiga bog‘liq bo‘lmasa, u holda Engel egri chizig‘i tik holda bo‘ladi.
Rasmdan ko‘rinadiki, iste’molchining bir oylik daromadi 10 ming so‘mdan 20 ming
so‘mga
oshganda, u sotib olgan mahsulot miqdori 1 donadan 2 donaga, 20 ming so‘mdan 30
ming so‘mga oshganda 2 donadan 4 donaga oshmoqda. Daromadlarning keyingi o‘sishi bilan
tovarlar sotib olish hajmining o‘sishi sekinlashmoqda: 30 ming so‘mdan 40 ming so‘mgacha - 4
donadan 6 donagacha, 40 ming so‘mdan 50 ming so‘mgacha - 6 donadan 7 donagacha.
Daromadning bundan yuqori darajalarida esa sotib olish hajmining o‘sishi butunlay to‘xtagan
(daromadning 60 ming so‘m va undan yuqori darajalarida mazkur tovarning 7
donasi sotib
olinmoqda).
Daromad, ming so‘m
100
90
80
70
60
50
40
30
20
10
0 1 2 3 4 5 6 7 8
Tovar miqdori, dona
Dostları ilə paylaş: