Microsoft Word Economic theory lecture 7



Yüklə 163,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix30.09.2023
ölçüsü163,3 Kb.
#151223
1   2   3   4   5   6   7   8
Economic theory - lecture 7

Taklif qonuni. 
 
Ma’lum vaqt oralig‘idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki 
sotuvchilar tomonidan ma’lum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori 
taklif deyiladi. Narx o‘zgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham o‘zgarishi 
sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bo‘ladi. Alohida ishlab 
chiqaruvchi hamda bozor taklifini ifodalovchi misol 7.2-jadvalda ko‘rsatilgan. 
7.2-jadval
Narx va taklif miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik 
 
Bir kilogramm piyoz narxi, 
so‘m 
Piyozning yakka taklifi 
miqdori, bir oyda kilogramm 
Piyozning bozor taklifi 
miqdori, bir oyda tonna 
700 
600 
500 
400 
300 
60 
50 
30 
20 
10 
60 
50 
30 
20 
10 
Taklif narxlarning turli darajasida qancha miqdordagi mahsulotning sotishga chiqarilishini 
ko‘rsatadi. 
Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi 
miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Narxning o‘zgarishi bilan 
taklif etilayotgan tovar miqdorining to‘g‘ri bog‘liqlikdagi o‘zgarishi taklif qonuni deyiladi.
Iste’molchi uchun narxning oshishi to‘siq ro‘lini o‘ynasa, ishlab chiqaruvchi uchun 
rag‘batlantirish vazifasini bajaradi. 
Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari bir qator omillar ham ta’sir 
qiladi. Bu omillarning asosiylari quyidagilar. 
1. Resurslarning narxi. Ishlab chiqarish xarajatlari va taklif o‘rtasida mustahkam o‘zaro 
bog‘liqlik mavjud. Resurs narxlarining pasayishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va 
taklifni oshiradi. Aksincha, resurslarga narxning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi 
va taklifni qisqartiradi. Masalan, mineral o‘g‘itlar narxining pasayishi bug‘doy taklifini 
oshiradi, tomchilatib sug‘orish xarajatlarining oshishi makkajo‘xori doni taklifini qisqartiradi. 
2. Ishlab chiqarish texnologiyasi. Texnologiyalarning takomillashuvi mahsulot birligini 
ancha samarali ishlab chiqarishga imkon beradi. Resurslarning mavjud narxida ishlab chiqarish 
xarajatlari kamayadi va taklif ko‘payadi. Masalan, paxta zararkunandalariga qarshi ancha 


samarali biologik usullarning yaratilishi paxta tolasining miqdorini va sifatini, binobarin 
taklifini oshiradi. 
3. Soliqlar va subsidiyalar darajasi. Ko‘pchilik soliqlar ishlab chiqarish xarajatlari 
tarkibiga kiradi. Shu sababli soliqlarning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va 
taklifni qisqartiradi. Masalan, import tovarlarga boj to‘lovlarining oshishi uning taklifini 
qisqartiradi. Aksincha, davlat qandaydir tovar ishlab chiqarish yoki biror sohaga subsidiya 
bersa, bu amalda xarajatlarni kamaytiradi va uning taklifini oshiradi. 
4. Boshqa tovar narxi. Boshqa tovarlar narxlarining o‘zgarishi ham mazkur tovar taklifini 
o‘zgartiradi. Masalan, qo‘y go‘shti narxining pasayishi mol go‘shti taklifini oshiradi. Aksincha, 
mol go‘shti narxining tushishi qo‘y go‘shti taklifini oshiradi. 
5. Narx o‘zgarishining kutilishi. Kelgusida mahsulot narxining o‘zgarishining kutilishi 
ham ishlab chiqaruvchining bugungi kundagi bozorga mahsulot yetkazib berish xohishiga ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin. Masalan, kelajakda neft narxining keskin pasayishining kutilishi neftning 
taklifini pasaytiradi. 
6. Ishlab chiqaruvchilar yoki sotuvchilar soni. Tovar ishlab chiqaruvchilar qanchalik ko‘p 
bo‘lsa, taklif qilinadigan mahsulot miqdori shunchalik ko‘p bo‘ladi. Tarmoqdagi ishlab 
chiqaruvchilar soni ortib borishi taklifni ko‘paytiradi, chunki tovar ishlab chiqarish ko‘payadi. 
Narx darajasi va taklif miqdori o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni ko‘rsatuvchi 
ma’lumotlarni grafikda ifodalab, taklif egri chizig‘ini tasvirlash mumkin (7.3-rasm). 
R, so‘m
700 S 
600 
500
400
300 S 
200 
100 
0
10 20 30 40 50 60
Q, tonna

Yüklə 163,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin